1. Model tushunchasi nima?



Download 129,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi129,83 Kb.
#791574
  1   2   3
Bog'liq
Qoldoshev Bekzod



1.Model tushunchasi nima?
Model (lot. “Modulus” – o‘lchov,
me'yor) – biror ob'ekt yoki ob'ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir.
Masalan, yerning modeli–globus, osmon va undagi yulduzlar modeli–planetariy
ekrani, pasportdagi suratni shu pasport egasining modeli deyish mumkin.
Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan
aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat
tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan
xossalarinigina o‘rganadilar. Masalan, geologlar yerning rivojlanish tarixini, ya'ni
qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganlari, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim
qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida
yordam beradi. Lekin ular yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini
o‘rganishmaydi – bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlar
olish mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash,
jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga xalaqit bermaydi. Ular
asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning
xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.
Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi
olinayotgan natijaning aniqligiga ta'sir etadi.
Modellashtirish tushunchasi nima?
Modellashtirish – bilish ob'ektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish,
mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.
Modellashtirish uslublaridan hozirgi zamon fanlarida keng foydalanilmoqda. U
ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba'zi hollarda esa murakkab ob'ektlarni
o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum, olisda joylashgan ob'ektlar,
juda kichik hajmdagi ob'ektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta.
Modellashtirish uslubidan fizika, astranomiya, biologiya, ijtimoiy fanlarda, iqtisod
fanlarida ob'ektlarning faqat ma'lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham
foydalaniladi.
Uslubiyat sifatidan matematik modellashtirish matematika, fizika, biologiya
va boshqa ilmiy fanlar bilan almashtirib bo‘lmaydi, ular bilan raqobat qilmaydi.
Aksincha uning sintezlash rolini ta'kidlamasdan bo‘lmaydi. Matematik
modellashtirish uchligini yaratish va qo‘llash turli metodlar va yondoshuvlar –
chiziqsiz modellar sifat analizidan tortib zamonaviy dasturlash tillariga asoslanadi
va fanning turli – tuman yo‘nalishlarini qo‘shimcha yangi rag‘batlantiradi.
Masalaga kengroq yondoshgan holda aytish mumkinki, modellashtirish turli
“mutaxassislar” ijodiy faoliyatida uchraydi – tadqiqotchilar va tadbirkorlar,
siyosatchilar va harbiy qo‘mondonlar. Bu sohalarga aniq fanlarning joriy qilinishi
intuitiv “ modellash” ni chegaralab, ratsional metodlar qo‘llanilish maydonini
kengaytirdi. Albatta, matematik modellashtirish samarali bo‘lish uchun u yaxshi
ma'lum bo‘lgan professional talablarga javob berishi kerak: asosiy tushunchalar va


farazlarni aniq for-mulirovkasi, ishlatilayotgan modellar adekvatligining aposterior
analizi, hisoblash algoritmlari to‘g‘riligining kafolatlanishi va h.k.
Agar “inson faktori”, ya'ni murakkab formallashgan ob'ektlar ishtirokida
sistemalarni modellashtirish haqida gap ketganda, yuqoridagi talablardan tashqari
matematik va maishiy atamalarni (bir xil eshitiluvchi, ammo turli ma'noga ega) aniq
farqlash, hodisa va jarayonlarni o‘rganishga tayyor matematik apparatni
ehtiyotkorlik bilan qo‘llash va boshqa bir qator talablar ham qo‘shiladi.
Axborot jamiyati muammolarini hal etishda faqatgina kompyuter qudratiga
va informatikaning boshqa vositalarigagina ishonib qolish unchalik ham to‘g‘ri
emas. Matematik modellashtirish bosqichlarining doimiy mukammallashib borishi
va uning zamonaviy axborot – modellash sistemalariga tadbiq etilishi metodologik
imperativdir. Faqat uning bajarilishigina zaruriy yuqori texnologiyali,
raqobatbardosh va rang-barang moddiy va intellektual mahsulotga ega bo‘lish
mumkin. Atrofimizdagi olam qonunlari o‘zgarmas va tadqiqotlarda bundan samarali
foydalanish mumkin. Bu matematik modellar universalligi xossasida o‘z aksini
topgan.
Shunday qilib, matematik modellashtirish vositalarining imkoniyatlaridan
mexanikadan tortib sotsiologiya fanlarida (ijtimoiy fanlarda) ham samarali
foydalanish mumkin ekan.

Download 129,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish