1-Modul. Psixologiya predmeti 1-mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja



Download 378,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana29.12.2021
Hajmi378,67 Kb.
#82456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-maruza. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi

Ch.Darvin tomonidan 1859 yilda yozilgan "Tabiiy tanlanish yo`li bilan turlarning kelib chiqishi 

to`g`risida  yoki  yashash  uchun  kurashda  qulaylikka  ega  bo`lgan  turlarning  saqlanishi"  kitobida 

bayon  etilgan  evolyusion  g`oyalari  juda  katta  ta`sir  ko`rsatadi.  Bu  g`oyalar  jonli  mavjudotlar 

muhitning  o`zgaruvchan  sharoitlariga  moslashish  jarayonida  psixikaning  rolini  aniqlash,  psixik 

faoliyatning  oliy  shakllari  quyi  ancha  sodda  shakllaridan  kelib  chiqqanligini  anglash  imkonini 

beradi.  Ch.Darvin  butun  jonzotning  evolyusion  g`oyasini  hayvonlarda  sezgining  paydo 

bo`lishiga  nisbatan  qo`llashga  muvaffaq  bo`ladi.  U  biologik  rivojlanish  jarayonida  tananing 

tuzilishidagi  va  uning  ayrim  a`zolaridagi  o`zgarishlarga  olib  keladigan  o`sha  asosiy  omillarni 

ko`rsatib  beradiki,  bu  filogenezdagi  psixik  taraqqiyotning  kuchlari  bo`lib  hisoblanadi. 

Psixologiyada Ch.Darvinning hayvonlar psixikasining  evolyusiyasi  haqidagi  g`oyalari  ko`pgina 




olimlarning  va  eng  avvalo  A.N.Seversov  bilan  V.A.Vangerning  ilmiy  ishlarida  rivojlantirildi. 

Bu hayvonlar psixik faoliyatining turli xil shakllarini, ularning kelib chiqishidan boshlab tadqiq 

etish  imkonini  beradi.  A.N.Seversovning  tasdiqlashicha,  hayvonlarda  organizmlar  tuzilishi 

o`zgarmagan  holda  faqat  ularning  xatti-harakatini  o`zgartirish  yo`li  bilan  muhitga 

moslashtirishning  evolyusiyasi  bir-biriga  qo`shilmaydigan  ikki  yo`ldan  borgan  va  hayvonot 

olamining  ikkita  tipida  o`zining  yuksak  taraqqiyot  darajasiga  erishgan.  Bug`imoyoqlilar  turida 

xatti-harakatning  irsiy  o`zgarishlari  jadal  tarzda  evolyusiyalasha  boshladi,  ularning  yuksak 

taraqqiy  etgan  vakillari  bo`lgan  hashoratlarda  esa  hayot  tarzining  barcha  ikir-chikirlariga 

moslashgan g`oyat murakkab va mukammal instinktiv faoliyatning bu murakkab va mukammal 

apparati  ayni  chog`da  o`ta  qoloq  hamdir,  hayvonlar  muhitning  tez  o`zgarishlariga  moslasha 

olmaydilar.  Xordalilar  turida  evolyusiya  boshqa  yo`ldan  boradi,  instinktiv  faoliyat  juda  katta 

yuksaklikka erishmasa, ham lekin xatti-harakatni individual tarzda o`zgartirish orqali moslashuv 

jadalroq rivojlana boshladi va organizmning o`zgaruvchanligini juda ham oshirib yuboradi. Irsiy 

moslashuvchanlik ustida xatti-harakatning individual tarzda o`zgaruvchanligidan iborat ustqurma 

paydo bo`ladi. 

Shunday  qilib,  evolyusion  ta`limot  xulq-atvorning  irsiyat  bilan  programmalashtirilgan 

instinktiv  shakllarining  ham  hayot  kechirish  davomida  shartli  reflekslar  murakkab  tizimining 

paydo  bo`lishi  natijasida  orttiriladigan  shakllarining  ham  kelib  chiqishini  tushuntirib  berish 

imkonini tug`diradi.  


Download 378,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish