1-modul tilshunoslik va ijtimoiy fanlar kursining nazariy masalalari


TILSHUNOSLIK VA JAMIYaT MUNOSABATI



Download 216,42 Kb.
bet9/19
Sana02.01.2022
Hajmi216,42 Kb.
#306982
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1-maruza (2)

TILSHUNOSLIK VA JAMIYaT MUNOSABATI

XX asrning 90-yillari tariximiz zanjirining oltin xalqasi bo’lib qoldi. Xalqimizning asriy orzu-umidi ro’yobga chiqdi.

SHo’rolar imperiyasi ich-ichidan chiridi va 80- yillarning o’rtalaridan ziyolilarimizda milliy iftixor, o’z-o’zini anglash hissi kuchaya boshladi. Milliy an’analarni, milliy madaniyatni tiklash, milliy til obro’-e’tiborini kuchaytirish muammolari ko’tarila boshlandi. Bunday harakatga sobiq imperiya yon berishga majbur bo’ldi.

1989 yilning 21 oktyabrida o’zbek tilining O’zbekiston Respublikasi Davlat tili sifatida rasmiy e’lon qilinishi o’sha davr uchun katta tarixiy voqea bo’ldi. Ana shu Qonunning chiqishi tilimizning rus tili ta’siri doirasida siqilib, faqat ko’cha-ko’yda va oilada foydalaniladigan ikkinchi darajali bir tilga aylanib qolish xavfiga chek qo’ydi.

O’zbek tili oliy darajadagi davlat anjumanlarida qo’llaniladigan, davlatning rasmiy hujjatlari yuritiladigan, rivojlanish istiqboli qonun bilan belgilangan tilga aylandi.

Ana shu nuqtai nazardan bu Qonunning tarixiy ahamiyati kattadir.

Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilingandan ikki yil vaqt o’tgach, respublikamiz o’z istiqlolini qo’lga kiritdi. Mustaqil respublikamizni bir yuz yigirmaga yaqin davlat tan oldi. Ularning ko’pi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatildi. O’zbekiston Birlashgan Millatlar tashkil toplotiga qabul qilindi. Bularning hammasi jumhuriyatimizning jahon hamjamiyati o’rtasidagi obro’-e’tiborini orttirdi. O’zbek degan millat va uning milliy tili jahon jamoatchiligining diqqatini tortdi. Ana shunday sharoitda mustaqillikni qo’lga kiritgunga qadar qabul qilingan Qonunning ko’p moddalari o’z kuchini yo’qotdi yoki tahrirtalab bo’lib qoldi. SHuning uchun ham mavjud Qonunni isloh qilish zaruriyati tug’ildi. Natijada 1995 yilning 21 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi “Davlat tili haqida”gi Qonunning yangi tahririni qabul qildi.

Yangi tahrirdagi Qonunning muhim jihati shundaki, bunda o’zbek tilining bugungi jahon hamjamiyatidagi mavqei hisobga olindi. Yangi tahrirdagi Qonunda O’zbekiston Respublikasining demokratik, tinchliksevar siyosati aniq o’z ifodasini topgan. O’zbek tili O’zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida tan olinar ekan, bu respublika xududida boshqa tillarning faoliyat ko’rsatishiga, rivojlanishiga, O’zbekistonda yashovchi barcha millatlar va elatlarning o’z ona tillarida aloqa qilishlariga monelik qilmasligi (2-modda), ularning tillarida maktab-maorif va madaniy muassasalar (5-modda), noshirlik, pochta-telegraf, notarial idoralar, televidenie va radio bemalol faoliyat ko’rsatishlari kafolatlangan. Boshqa millat va elatlarning tillariga hurmat bilan munosabatda bo’lish, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (4-modda) ta’kidlanadi.

Boshqa millat vakillari uchun o’z ona tillarida o’rta maktabni bitirgach, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ham o’z tillarida o’qish imkoniyati yaratiladi (6-modda). SHuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkil toplotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritilishi bayon qilingani holda, ishlovchilarning ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan jamoalarda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi ko’rsatilgan (10-modda).

Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinayotgan paytda vaqtli matbuotda bir qator baynalmilal atamalarni tilimizdan quvib chiqarish, uni arab yoki fors-tojik tilidagi muqobili bilan almashtirish tendentsiyasi kuchaydi. Atamalarni almashtirish shu darajaga yetdiki, hatto mutaxassilarning o’zlari ham yangi qo’llanilayotgan atamalarni qaysi tushuncha uchun ishlatilayotganligini izohlashga qiynalib qoldi.

Ana shunday sharoitda atamalarni tartibga solish ehtiyoji tug’ildi. SHuning uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida atamashunoslik qo’mitasi tuzildi. Yangi tavsiya etilayotgan atamalar atamaqo’m tasdig’idan o’tgandan so’nggina hayotga yo’llanma oladigan bo’ldi. O’zbek tilining yangi atamalar bilan boyib borish yo’li yangi tahrirdagi Qonunda aniq ifodasini topdi. Yettinchi moddasida yangi atamalar jamoatchilik muhokamasidan o’tgandan keyin va Oliy Majlisning tegishli qo’mitasining roziligi bilan o’zbek tiliga joriy etilishi belgilandi.

Yangi tahrirdagi Qonunning yana bir muhim tomoni shundaki, moddalar soni qisqartirilgan. Oldingisi o’ttiz moddadan iborat bo’lgan bo’lsa, yangi tahrirdagi Qonunda ayrim o’z kuchini yo’qotgan moddalar chiqarib tashlangan.

Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi ta’kidlandi. O’zbekiston Respublikasining oliy darajadagi anjumanlari davlat tilida olib borilyapti. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlari turli darajadagi yig’ilishlarda davlat tilida chiqishlar qilishlari odat tusiga kirib qoldi. Har bir rahbar xalq oldida davlat tilida hisob bermoqda. Bu esa har qaysi rahbar oldiga davlat tilini yetarli darajada bilish talabini qo’ymoqda.

Ko’rinib turibdiki, yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi Qonun eski Qonunning oddiy tahriri emas, balki bugungi tarixiy-ijtimoiy sharoitni hisobga olgan holda, yangi mazmun bilan boyitilgan yangi Qonundir.

Bu Qonun O’zbekiston faqat o’zbeklarniki emas, bu yurtda yashayotgan, shu yurtning rivoji, istiqboli uchun jon kuydirayotgan barchaniki tamoyiliga amal qiladi. SHuning uchun ham bu Qonun O’zbekiston Respublikasida yashovchi barcha xalqlarning manfaatlariga mos keladigan eng demokratik, eng xalqchil Qonundir.

Mustaqillik ma’naviy hayotimizda tub burilish davrini boshladi. Ongimizda asrlar davomida singib qolgan mutelik psixologiyani o’rniga erkinlik, ijodkorlik, fidokorlik psixologiyasi paydo bo’ldi. Milliy qadriyatlarimizni, ma’naviy an’analarimizni tiklash harakati boshlandi.

Ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosga mehr-muhabbat bilan yondashish, ularni jahon tamadduniga qo’shgan hissalarini holisona baholash, dunyo madaniyatining rivojlanishida ajdodlarimiz hissasi katta ekanligidan faxr-iftixor hissini tuyish psixologiyasi vujudga keldi.

Ana shunday sharoitda tilshunoslik fanida ham tilimizning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur va ob’ektiv yoritish, sobiq sho’rolar davrida fan metodologiyasiga aylangan va ob’ektga bir tomonlama yondashuvchi marksistik ta’limot zanjiridan qutulish va olamni bilishga bag’ishlangan dunyoning eng yaxshi falsafiy ta’limotlaridan, birinchi navbatda, SHarq falsafiy ta’limotidan foydalanish harakati boshlandi.

Mutaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq tilning barcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta o’rganib chiqish harakati boshlandi.

Ana shunday harakat tufayli o’zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida o’rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differentsial) va birlashtiruvchi (integral) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A.Nurmonovning “O’zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (T., 1992), A.Abduazizovaning “O’zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi” (T., 1994) asarlari maydonga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bo’lishi o’rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga olindi. Mustaqillik sharoitida o’zbek tili leksikologiyasida ham katta muvaffaqiyatlar qo’lga kiritildi. E.Begmatovning ko’p yillik izlanishlari natijasida bo’lgan “O’zbek ismlari” kitobining dunyoga kelishi o’zbek onomastikasining ulkan yutug’idir. H.Ne’matov va R.Rasulovning “O’zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi faqat o’zbek tilshunosligida emas, balki butun turkiyshunoslikda katta voqea bo’ldi.

O’zbek tili morfologiyasiga ham sistemaviylik tamoyillari dadil olib kirildi. Grammatik shakl va grammatik kategoriyalar o’rtasidagi munosabat, grammatik shaklning o’ziga xos ifodalanish yo’llari, grammatik kategoriyalarning til tizimidagi o’rni kabi masalalar jahon tilshunosligi qo’lga kiritgan yutuqlar asosida o’rganila boshlandi.

O’zbek tili sintaksisini sistemaviy o’rganishga jiddiy e’tibor berildi. O’zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi ikki yo’nalishda olib borildi: formal-semantik va formal-funktsional. Har ikki yo’nalish ham o’zbek tilining ichki tuzilishini ob’ektiv o’rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Birinchi yo’nalish bo’yicha N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning “O’zbek tilining mazmuniy sintaksisi”, (T., “Fan”, 1992), “O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis” (T., 1995), S.Mahammatqulovning “O’zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyalari” (T., 1998) kabi asarlari, M. Hakimovning matn pragmatikasi talqiniga bag’ishlangan doktorlik dissertatsiyasi; ikkinchi yo’nalish bo’yicha R.Sayfullaevaning qo’shma gaplarning formal-funktsional talqiniga doir qator tadqiqotlari, M.Qurbonovaning “O’zbek tilida formal-funktsional yo’nalish va sodda gap qurilishining talqini” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga keldi. Bu tadqiqotlar o’zbek tilshunosligini yangi pog’onaga olib chiqdi.

Har ikki yo’nalish tarafdorlarining umumiy tomonlari shundaki, ularning barchasi tilning sistemaviyligi tamoyiliga asoslanadi.

Har ikki yo’nalish tarafdorlari gapning konstruktiv markaziy birligi sifatida kesimni e’tirof etadi. Gapning boshqa uzvlari shu markaziy bo’lakning mazmuniy va grammatik valentliklari asosida belgilanadi.

Har ikki yo’nalish sintaktik modellar va ularning nutqiy jarayondagi turlicha gavdalanishi o’rtasidagi munosabatlarni yoritishga e’tibor beradi.

Bu ikki yo’nalish o’rtasidagi farq faqat mazmunga munosabatdadir. Birinchi yo’nalish tarafdorlari shakl va mazmun munosabatiga jiddiy e’tiborni qaratsa, ikkinchi yo’nalish vakillari lingvistik birliklarning shakl va vazifasiga ko’proq diqqatni jalb qiladilar.

SHakl va mazmun munosabatini tadqiq qilish jarayonida shakl va mazmun birliklari o’rtasidagi mutanosiblik (simmetriya) va nomutanosiblik (assimetriya), tagbilim va tagma’no, mazmuniy sinkretizm, sintaktik transformatsiya, sintaktik omonimiya va sinonimiya, kommunikativ bo’linish va ular o’rtasidagi munosabatlar atroflicha yoritib berildi.

SHakliy-vazifaviy tomonni tadqiq etish natijasida gaplarning minimal va maksimal qoliplarini belgilash imkoniyati tug’ildi. Maksimal qoliplarni tashkil topl etgan minimal birliklar o’rtasidagi munosabat va minimal birliklarning kesimlik shakli asosida qo’shma gaplarning yangicha tasnifi vujudga keldi. Kesimning atov (leksik) va grammatik vazifalari vujudga keldi. Kesimning atov (leksik) va grammatik (kesimlik shakllari) qismlarga ajratilishi va bu qismlarning valentligi asosida minimal qoliplarning kengayishini o’rganish gapni tashkil topl etgan sintaktik uzvlarni bir necha darajalarga ajratish imkonini berdi. Natijada sintaktik bo’laklarni rus tilshunosligi andozalari asosida faqat bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajratish an’anasidan tashqariga chiqishga imkoniyat yaratildi.

Mustaqillik sharoitida o’zbek tilining qo’llanilish doirasi g’oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N.Mahmudovning “Til va jamiyat”, “Til”, “So’zimiz va o’zimiz”, “Ma’rifat manzillarida” kabi qator kitoblarining nashr etilishi o’zbek sotsialingvistikasini yangi pog’onaga olib chiqdi.

Tilshunoslik yutuqlarini keng ommaga singdirish, jamoatchilik o’rtasida nutqiy savodxonlik ko’nikmasini shakllantirish, kishilarimizni tilshunoslikning sirli olami bilan tanishtirishda tilshunoslikka doir ilmiy-ommabop kitoblarning xizmati kattadir. Bunday risolalar o’zbek tilshunosligida faqat mustaqillik davrida paydo bo’ldi. Demak, mustaqillik sharofati bilan lingvistik jurnalistika deb nomlash mumkin bo’lgan alohida yo’nalish vujudga keldi va bu yo’nalishga prof. N.Mahmudov asos soldi. SHuningdek, A.Rustamovning “So’z xususida so’z”, A.Abduazizovning “Tillar olamiga sayohat”, S.Mo’minovning “Salomlashish san’ati” singari risolalari bu yo’nalishga munosib hissa bo’lib qo’shildi.


Download 216,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish