1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risida



Download 153,75 Kb.
bet2/10
Sana18.07.2022
Hajmi153,75 Kb.
#819787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
56 05.02.2021

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar) ipoteka kreditlari ajratish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom qoidalari:
shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni (keyingi o‘rinlarda — kvartiralar) sotib olishda;
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
3. Mazkur Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan:
Oldingi tahrirga qarang.
tijorat banklarining (keyingi o‘rinlarda — bank) ichki kredit siyosatiga muvofiq o‘z mablag‘lari (yangi tartib doirasida ulushdor-jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlari bundan mustasno), xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan jismoniy shaxslarga uy-joy (kvartira) sotib olish, qurish (rekonstruksiya qilish), ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratishga;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan belgilangan tartib va shartlar, banklarning ichki siyosati, shuningdek, mazkur tashkilot va banklar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida uning mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari ajratishga;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ruxsat olib, lekin keyinchalik birlamchi bozorda sotish maqsadida qurilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza beruvchi — birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida ipoteka krediti olish uchun bankka ariza taqdim etgan fuqaro;
birlamchi uy-joy bozori (yangi qurilgan uy-joy) — tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish to‘g‘risida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida mulk huquqi yuzaga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan ko‘p bo‘lmagan uy-joy;
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining ipoteka krediti asosiy summasi va kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha solidar javob beradigan jismoniy shaxslar;
boshlang‘ich badal — sotib olinadigan kvartiraning yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joy qiymatining ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan me’yorlarda shakllantiriladigan qismi;
ipoteka krediti — aholiga birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan banklar tomonidan bozor tamoyillari asosida ajratiladigan kreditlar;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi bozorda tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga (rekonstruksiya qilishga) Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditini taqdim etuvchi banklar;
pudrat tashkiloti — ko‘p kvartirali uylarni yoki yakka tartibdagi uy-joylarni o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshiruvchi hamda birlamchi uy-joy bozorida qurilgan kvartiralarni sotish uchun taklif etuvchi tadbirkorlik subyekti;
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida:
uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar;
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar hamda fuqaroning o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotlarini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;
uy-joyning hisoblangan qiymati — kvartira xonalari sonidan qat’i nazar uning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda maydonining eng ko‘p me’yoridan kelib chiqib belgilanadigan qiymat;
qarz oluvchi — birlamchi uy-joy bozoridagi kvartirani sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka krediti olgan va kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini ega fuqaro;
yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) — fuqaroning belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida (keyingi o‘rinlarda — loyiha asosida) fuqaroning o‘z kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotini yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilarni yollagan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish, uning me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha qurish, eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan, tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o‘zgartirish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
5. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlerini ajratish banklar va ularning filiallari tomonidan mazkur Nizomga va banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Banklar tomonidan Moliya vazirligidan mablag‘lar jalb qilish, ushbu mablag‘lar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish, kredit bo‘yicha foiz stavkasini aniqlash, kreditlarni belgilangan muddatlarda qaytarish shartlari banklar va Moliya vazirligi o‘rtasida tuziladigan Bosh bitim va shartnomalarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:
20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi;
ular bo‘yicha qoida tariqasida annuitet to‘lovlar tartibi tatbiq etiladi;
foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Bunda:
foiz to‘lovlaridagi o‘zgarishlar Markaziy bank asosiy stavkasining pasaytirilishi amalga kiritilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi;
qarz oluvchilarga ularning xohishiga ko‘ra 6 oylik imtiyozli davr bilan va kredit to‘lovlari bo‘yicha differensial to‘lovlar tartibi tatbiq etilishi, shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha ham ushbu shartlar belgilanishi mumkin;
ulushdor-jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari ulush kiritish asosida qurilgan ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yangi tartib doirasida belgilangan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdoridan oshmagan miqdorda qayta moliyalashtiriladi.
Agar banklar tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkasi pasaytirilmagan taqdirda, bankning ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkasini pasaytirilmaslik natijasida olgan foiz daromadining ikki baravari miqdorida jarima hisoblagan holda uning barcha hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar (undirish kuniga hisoblangan foizlar bilan birga) so‘zsiz undiriladi.
Ushbu shartlar Moliya vazirligi va banklar o‘rtasidagi Bosh bitim va shartnomalarda hamda banklar va qarz oluvchilar o‘rtasidagi ipoteka krediti shartnomalarida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Yangi tartib doirasida ko‘p kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish va yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)

Download 153,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish