1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari


-bob. Ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditni qaytarish tartibi



Download 153,75 Kb.
bet6/10
Sana18.07.2022
Hajmi153,75 Kb.
#819787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
56 05.02.2021

6-bob. Ipoteka krediti monitoringini olib borish va kreditni qaytarish tartibi
47. Ipoteka kreditini qaytarish va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lash tartibi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi, qonun hujjatlari va bank kredit siyosati bilan tartibga solinadi.
48. Ipoteka krediti bo‘yicha foiz kredit qoldig‘iga nisbatan har kuni hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.
49. Ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzni va foizni to‘lash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda hisoblangan foiz va ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan to‘lovlar jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.
50. Bank foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchiga ipoteka krediti berilgan kundan boshlab uch ish kunida hududiy moliya bo‘limlariga ipoteka kreditini to‘lash jadvali ilova qilingan holda subsidiyani to‘lashga buyurtmanomani taqdim etadi.
Subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchining foiz xarajatlari bir qismini qoplash uchun hududiy moliya bo‘limlari har oyning 25-kunigacha buyurtnomani shakllantirib tegishli hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga yuboradi. Buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng hududiy moliya bo‘limlari ushbu buyurtmanomaga asosan hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga to‘lov topshiriqnomasini yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Foiz xarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya hududiy g‘aznachilik bo‘linmasi tomonidan qarz oluvchining bank tomonidan ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
(50-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
51. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlari bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelgan muddati o‘tgan asosiy qarzdorlik uchun hisoblangan foiz to‘lovlari subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchi uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘i hisobidan qoplab berilmaydi va ushbu to‘lovlar qarz oluvchi tomonidan to‘lanishi lozim.
Davlat budjeti hisobidan foiz to‘lovining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya qarz oluvchining ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzdorlik to‘lovi uchun yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
52. Hududiy moliya, g‘aznachilik bo‘limlari va bank o‘rtasida har chorakda kamida bir marta subsidiya olish huquqiga ega bo‘lgan qarz oluvchilar foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lab berilgan subsidiya bo‘yicha solishtirma dalolatnoma tuziladi.
53. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bankning mas’ul xodimi kreditdan maqsadli foydalanilishi, asosiy qarz va foizning to‘lanishi, garov mulkidan foydalanish va uning saqlanishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilib boradi.
54. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan bank tomonidan qo‘llaniladigan choralar ipoteka krediti shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
55. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovi belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda, bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatini bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash chorasini ko‘rishni talab qiladi.
56. Ipoteka krediti monitoringi davomida taqdim etilgan hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan ipoteka kreditidan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda bank maqsadsiz foydalanilgan mablag‘ va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni ipoteka krediti shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib oladi.
57. Agar ipoteka kreditini o‘z vaqtida undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natija bermasa va kreditning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilmaslik xavfi yuzaga kelsa, bank kredit shartnomasi hamda qonun hujjatlari talablari asosida to‘lov (qaytarish) muddati kelgan kredit va foiz to‘lovlarini undirish choralarini ko‘radi. Berilgan kreditni muddatidan oldin undirish maqsadida bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning har qanday hisobvaraqlaridan (omonat, bank kartalaridagi) mablag‘larni akseptsiz tartibda undirib olish va qarzdorlikni qaytarishga yo‘naltirishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
58. Qarz oluvchi ipoteka krediti shartnomasi va unga ilova qilingan to‘lovlar jadvali bo‘yicha majburiyalarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzganda va to‘lovlarni to‘lamagan taqdirda, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qo‘yilgan mulkka qaratadi. Shuningdek, bank uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya bo‘limlariga ipoteka krediti foiz xarajatlarini qoplashga subsidiya ajratishni to‘xtatish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
59. Ipoteka kreditini muddatidan oldin undirish yuzasidan suddan oldingi tadbirlar va sudda da’vo qo‘zg‘atish “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga hamda bankning ichki normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qilinadi.
60. Ipoteka krediti shartnomasi bekor qilingan taqdirda, tuman (shahar) moliya bo‘limlari banklar bilan birgalikda to‘lab berilgan subsidiyani qarz oluvchidan belgilangan tartibda qaytarib olish choralarini ko‘radi.
61. Moliya vazirligi tomonidan banklarga joylashtirilgan mablag‘larni qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash banklar va Moliya vazirligi o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
62. Moliya vazirligi zarur hollarda Markaziy bank bilan birgalikda banklarga joylashtirilgan uzoq muddatli mablag‘larning o‘zlashtirilishi, maqsadliligi va qaytarilishi, shuningdek, ular hisobidan ipoteka krediti to‘g‘ri ajratilishini o‘rganib boradi.

Download 153,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish