1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi



Download 3,87 Mb.
bet7/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

50-rasm. Tovuq askaridasi(Ascaridia galli)ning rivojlanish sikli sxemasi.

Askaridioz bilan asosan ikki oydan 8-10 oygacha bo’lgan jo’jalar kasallanadi. Bir yoshdagi tovuqlar odatda kasallanmaydi, lekin kasallik manbai bo’lishi mumkin. Suv yoki oziq-ovqat bilan askaridaning invazion tuxumini yutganda kasallik yuqadi. Gelmint tuxumi invazion davrida harorat 17-30°C va nisbiy namlik 100% bo’lgandagina rivojlanadi. Tovuq tezagidagi askarida tuxumi 1-1,5 kunda quyosh nuri ta’sirida zararsizlanadi.
Shunday qilib, askarida bilan kasallangan tovuqlar va qishdan tirik chiqqan askarida tuxumlari jo’jalarga askaridioz kasalligini yudtiradigan asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Askarida parrandalar ichagida 9-14 oy yashaydi.
Askarida lichinkalari ichak shiliq pardalarini teshib, ichak so’rg’ichlarini qitiqlab, liberkyun bezlarini jarohatlaydi. Natijada ichak devorlariga don quyiladi, yalliglanadi, patogen mikrob va viruslar uchun yo’l ochiladi. Voyaga yetgan askaridalarning ko’pligidan ichak tiqilib devori yorilib ketishi ham mumkin.
Askaridalar toksik modda ajratib tovuq organizmini surunkali zaharlaydi. Natijada jo’jalarning o’sishi va rivojlanishi sekinlashadi, tovuqlar kam tuxum qo’yadi. Kasallangan jo’jalarning toji oqaradi, ichi ketadi yoki qotadi, bo’shashib patlari hurpayadi va ozib ketadi. Odatda katta yoshli tovuqlar ichagida askarida oz bo’ladi. Shuning uchun kasallikning klinik belgilari ularda sezilmaydi.
O’rdaklar porrotsekumlari (Porroceacum crassum). Porroceacum crassum yovvoyi va xonaki o’rdaklarda uchraydigan gelmintoz qo’zg’tuvchisi hisoblanadi. Gelmintlar lichinka davrida parrandalarning muskulli oshqozonining kutikulasi ostida parazitlik qiladi. Jinsiy yetuk porrotsekumlar parrandalarning ingichka ichaklarida yashaydi.
Porrocoecum crassum o’rdaklarda uchraydigan yirik nematodlardan, u tashqi ko’rinishidan parranda askaridalariga o’xshaydi. Erkaklari 3-4 sm, urg’ochilari esa 5-6 sm uzunlikda bo’ladi. Ularning qizilo’ngachlari oxirida bittadan bulbusi va ichagida o’simtasi borligi bilan xarakterlidir. Tuxumlari katta (0,091-0,106 mm), oval shaklda, uning tashqi pardasida notekis botiqlari bor; tashqariga yetilmagan fazasida ajraladi.
Boshqa askaridatlardan farqi shuki, porrotsekoz qo’zg’atuvchisi asosiy (o’rdaklar) va oraliq (yomg’ir chuvalchangi) xo’jayinlar orqali rivojlanadi. Qulay sharoitda tashqi muhitga tushgan tuxumlardan 5-12 kunda lichinkalar yetishadi. Bunday ichida lichinkasi bo’lgan tuxumlarni yomgir chuvalchanglari yutganda, ulardan lichinkalar chiqib qon tomirlariga o’tadi va 1,5-2 oydan so’ng invazion lichinkaga aylanadi. O’rdaklar suv havzalarida, botqoqlik yaylovlarda, tanasida invazion lichinkalar bo’lgan yomg’ir chuvalchanglarini yutib porrotsekoz qo’zg’tuvchilari bilan kasallanadi. O’rdaklarning muskulli oshqozonida yomg’ir chuvalchanglari parchalanib undan chiqqan porrotsekum lichinkalari muskulli oshqozonning kutikulasi ostiga o’tib rivojlanadi va taxminan 7 kundan keyin kutikuladan ingichka ichakka qaytib chiqadi va uch haftadan so’ng jinsiy yetuk erkak va urgochi gelmintlarga aylanadi (51- rasm)




Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish