1. Oilaning turlari va uning funksiyalari. Muammolar, oilani inqiroz holatiga keltiruvchi yoki uni mustahkamlovchi omillar



Download 50,53 Kb.
bet1/7
Sana11.03.2022
Hajmi50,53 Kb.
#489092
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-мавзу


2-mavzu. Oila bilan ishlash qoidalari. Oila vaziyatini baholashni o‘tkazish. Oilani baholashda genogramma va eko-xarita.


1. Oilaning turlari va uning funksiyalari.
2. Muammolar, oilani inqiroz holatiga keltiruvchi yoki uni mustahkamlovchi omillar. Nikoh haqida an’anaviy tasavvurlar.
3. Oilalar bilan ijtimoiy ish. Oila terapiyasi.
4. Oila genogrammasi (nasabnoma). Oila ekokartasi (ekoxaritasi). daraxtini(shajarasini) tuzish.


1. Oilaning turlari va uning funksiyalari.
Mashhur faylasuf V.Gyugo aytganidek, “oila jamiyatning duru gavharidir”. Shuningdek, “Oila tabiatning shox asarlaridan biridir”. Xuddi shox asar hisoblangan oilani o‘rganish, ilmiy jihatdan tadqiq etib borish bugungi kunning ham eng dolzarb masalalaridan bo‘lib, hozirgi davrda mustaqil O‘zbekistonda bu borada juda katta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilmoqda.
“Oila" haqida gapirar ekanmiz, avvalom bor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak avlodlar qanday inson bo‘lib yetishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog’i ekanini deb bilamiz.
Har bir oilaning kelajagi va istiqboli, uning mustahkamligiga, sog‘lom turmush tarziga bog‘liqdir. Bu o‘z navbatida xalqning, jamiyatning istiqbolini belgilaydi. Shu tufayli oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari mamlakat, jamiyat manfaati yo‘lida amalga oshiriladigan eng muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, hamda jamiyat va davlat muxofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deyilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida.
1998 yila “Oila yili”da “Oila kodeksining” qabul qilingan va bu hujjat “Oila” so‘zining “Nikoh” so‘ziga nisbatan kengroq ma’no anglatishi hisobga olinib, amalda qo‘llanib kelingan “Oila va nikoh” kodeksi yangilanngan va to‘ldirilingan. “Oila” kodeksi 238-moddadan tarkib topgan sakkiz bo‘limdan iborat.
“Umumiy qoidalar” deb ataluvchi bo‘limning sakkiz moddasi “oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarining qo‘llanishi” haqida bo‘lib, jumladan, bu masala shunday ifodalangan: “Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo‘lmagan mahalliy urf – odat va an’analar qo‘llaniladi”.
Bunda o‘zbek xalqida kelin - kuyovga eskicha nikoh o‘qitish, shuningdek Respublikamizda yashovchi boshqa xalqlar, jumladan, ruslarda cherkovda nikoh o‘qitish, turklarda esa nikoh to’yidan keyin hurmat belgisi sifatida kelin-kuyovni ma’lum muddat davomida oila a’zolari bilan gaplashmay yurishlari singari an’anaviy udumlar ko’zda tutilgan.
Ikkinchi bo‘lim nikoh masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, nikohni tuzish tartibi va shartlari, er - xotinning shaxsiy huquqlari va majburiyatlari, mulkiy huquq va majburiyatlari, mol-mulkning shartnomaviy tartibi, nikohning tugatilishi va uning huquqiy emasligi holatlarini aks ettiradi.
Uchinchi bo‘limda qon - qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash.
To’rtinchi bo‘limda ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari Konstutitsiyamizning 64-65 moddalari asosidan kelib chiqqan holda qonunlashtirilgan.
Shuningdek, unda qarindoshlik tushunchasiga ham alohida to‘xtalib, insonlarning bir-biriga yaqinlari to‘la va to‘la bo‘lmagan qarindoshlik tarzida namoyon bo‘lishi asoslar berilganki, bu, o‘z navbatida, meros masalasini, shuningdek qondosh va o‘gay aka-uka hamda opa-singillar munosabatlarini tartibga solishda jiddiy ahamiyatga ega.
Beshinchi bo‘limda oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment xususidagi majburiyatlari.
Oltinchi bo‘limda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shartlari.
Yettinchi bo‘limda fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish.
Sakkizinchi bo‘limda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida oilaviy munosabatlarni tartibga solish muammolarini aks etadi.
Oila jamiyatning eng ishonchli va asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, uning ravnaqidan, har bir yurt manfaatdordir. Mustaqil O‘zbekiston sharoitida 3,5 milliondan ziyodroq oila mavjud bo‘lib, ularning barchasi qonun nuqtayi nazarida himoya qilinadi.
Oila - bu jamiyatning ijtimoiy instituti, shaxsiy hayotni tashkil etishning eng muhim shakli bo‘lib, nikoh birlashmasi va oilaviy aloqalarga asoslangan, ya’ni er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-uka va opa-singillar va birgalikda yashovchi va umumiy xonadonni boshqaradigan boshqa qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlar.
Oilada inson-inson bilan muloqot normalari va qoidalarini o‘rganadi. Har bir oila umumiy milliy, diniy, davlat doirasida o‘z madaniy muhitini yaratadi. Oila o‘z a’zolariga ma’lum bir o‘ziga xoslikni beradi, oilaga kirish uning submadaniyatini qabul qilish va o‘zlashtirish demakdir.
Oila ijtimoiy ishning muhim sohalaridan biri va asosiy obyektlaridan biridir. Oilani ijtimoiy ish obyekti sifatida qabul qilishda uning tuzilishi, muhiti, faoliyati, urf-odatlari va an’analarini hisobga olish kerak.
Kundalik hayotda va maxsus adabiyotlarda “oila” tushunchasi ko‘pincha “nikoh” tushunchasi bilan birlashtiriladi. Ushbu atamalar umumiy xususiyatga ega, ammo sinonim emas. Oilaning mavjud bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi ko‘pincha nikohdir. To‘g‘ri, erkak va ayol o‘rtasida ro‘yxatdan o‘tgan nikohning mavjudligi ularning bitta oila ekanligini anglatmaydi. Ikkisini ajratish uchun nikoh ta’rifini hisobga olish kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 2-bo‘limiga binoan, nikoh bu oilani yaratish va turmush o‘rtoqlarning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarini yaratish uchun tuzilgan erkak va ayolning erkin, ixtiyoriy, teng birlashishidir1.
Nikohning muhim xususiyati shundaki, u qonunlarning himoyasi va homiyligidan foydalanadi. Bundan tashqari, u turmush o‘rtoqlarning bir-birlariga va bolalarga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlari va majburiyatlariga oid huquqiy normalar bilan bog‘liq. Bularga, masalan, tarkibga kirish huquqi, meros olish va boshqalar kiradi.
Demak, nikoh - bu erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy jihatdan o‘zgarib turadigan ijtimoiy shakli bo‘lib, u orqali jamiyat ularning jinsiy hayotini tartibga soladi va sanksiyalar qiladi, ularning oilaviy va ota-ona huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Uzoq vaqt davomida mavjud bo‘lgan nikohning axloqiy me’yorlari diniy va huquqiy qoidalar bilan to‘ldirilib, ularning yordami bilan davlat va jamiyat nikohni himoya qiladi va qoidalarni buzganlarni jazolaydi.
Oila murakkab ijtimoiy-madaniy hodisadir. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u o‘zida inson hayotining deyarli barcha jihatlarini: individual, ijtimoiy-tarixiy, moddiy, ma’naviy yo‘naltirishlarni o‘z ichiga oladi.
“Oila” tushunchasi ko‘plab fanlar: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, demografiya, axloqshunoslik, tarix va boshqalarning o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Bir qator olimlarning fikriga ko‘ra, oila - bu turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi munosabatlarning tarixiy o‘ziga xos tizimi sifatida ta’riflanishi mumkin, ularning a’zolari nikoh yoki oilaviy munosabatlar, hayot birligi, hissiy aloqalar va o‘zaro axloqiy majburiyatlar bilan bog‘langan.
Oila ham ijtimoiy institut, ham kichik guruh ekanligidan kelib chiqib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: oila - bu uyushgan ijtimoiy guruh bo‘lib, uning a’zolari umumiy hayot, nikoh yoki qarindoshlik munosabatlari bilan, shuningdek, jamiyatning jismoniy ehtiyojlari tufayli ma’naviy javobgarlik bilan bog‘lanadi.

Download 50,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish