1. optikaga oid umumiy malumot


Yorug`likning to`la ichki qaytishi. Nur tola optikasi va uning amaliyotdagi o`rni



Download 1,21 Mb.
bet5/20
Sana13.07.2022
Hajmi1,21 Mb.
#791942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Optika

11. Yorug`likning to`la ichki qaytishi. Nur tola optikasi va uning amaliyotdagi o`rni



a) b) d)
7.2-rasm.
To`la ichki qaytish. Faraz qilaylik, yorug`lik nuri optik zichroq muhitdan uncha zichmas muhitga tushayotgan bo`lsin, ya’ni n1n2 U vaqtda Snellius qonuniga binoan 21 (7.2,a-rasm). Agar tushish burchagi quyidagi kattalikda
(7.8)
bo`lsa, unda (7.7) bo`yicha 2=900 ni olamiz va singan nur ikkinchi muhitga o`tmaydi va ajralish chegarasi bo`ylab tarqaladi (7.2,b-rasm). Agar 11cheg., unda singan nur bo`lmaydi va yorug`lik ajralish chegarasidan to`liq qaytadi. Bu effekt yorug`likning to`la ichki qaytish hodisasi deyiladi. (7.8) bilan aniqlanadigan burchak to`la qaytishning chegaraviy burchagi deyiladi. To`liq ichki qaytish hodisasidan optik aloqa sistemalarida foydalanadilar.
Frenel formulalari. Qaytgan va singan nurlarning energetik munosabatlarini va ularning tushish burchagiga va tushuvchi nur qutblanishiga bog`liqligini bilish uchun (7.1) chegaraviy shartlarni hamda Maksvell tenglamalaridan kelib chiquvchi va vektorlar orasidagi bog`liqlikni ishlatib javob olishimiz mumkin.
Qaytishning (r) va sinishning (t) kompleks koeffitsientlarini quyidagi formulalar orqali kiritamiz.
, , (7.9)
unda va larni ishlatib,
r= , t= (7.10)
formulalarni olamiz. (7.9) va (7.10) tushuvchi, qaytuvchi va sinuvchi yorug`lik to`lqinlarining amplitudalari orasidagi bog`lanishlarni hosil qiladi. Agar har ikkala muhitni ham shaffof desak, u holda chiziqli izotrop shaffof muhitlar chegarasidagi yorug`likning amplitudaviy koeffitsientlari quyidagicha topiladi:
, . (7.11)
Bu yerda θ1 ‑ tushish, θ2 ‑ sinish burchaklari (7.1-rasm). ‑ tushuvchi yorug`lik to`lqini tushish tekisligiga perpendikular qutblangan hol uchun, r|| ‑ tushuvchi yorug`lik to`lqini tushish tekisligida qutblangan hol uchun qaytish koeffitsientlari. (7.11) formulalar Frenel formulalari deyiladi.
Bryuster effekti. Yuqorida chiqarilgan (7.11) formulalarning qiziqarli tomoni shundaki, ma’lum bir sharoitlarda r|| nolga tenglashadi:
=0. (7.12)


7.3-rasm. Bryuster effekti mexanizmini tusuhuntirishga doir: uzluksiz chiziqlar orqali tushuvchi va singan nurlar ko`rsailgan; punktir chiziq bilan – qaytgan nurning yo`nalishi ko`rsailgan. Ikkinchi muhitdagi dipol tebranishlarining yo`nalishlari va dipol nurlanishining yo`nalganlik diagrammasi ham ko`rsailgan.
Bu hol agarda tushish va sinish burchaklar yig`indisi /2 ga teng bo`lganda ro`y beradi:
θ1+θ2=/2, (7.13)
Yuqorida keltirilgan mulohazada, agarda tushuvchi yorug`lik to`lqini tushish tekisligida to`liq qutblangan va (7.13) shart bajarilsa, qaytuvchi to`lqinning to`liq yo`qotilishi ko`rsatiladi. Tajriba buni tasdiqlaydi va bu effekt Bryuster effekti deyiladi.
Bryuster burchagi esa quyidagicha topiladi.
. (7.14)
Bryuster burchagi yana to`liq qutblanish burchagi deb ham ataladi. Haqiqatdan ham, agar shunday burchak ostida tushuvchi yorug`lik qutblanmagan bo`lsa, qaytgan nur tushish burchagiga perpendikular ravishda chiziqli qutblangan bo`ladi.
Bryustеr effеkti sababini quyidagicha tushuntirish mumkin. Qaytgan yorug`lik nuri, birinchi muhitda tarqaluvchi, ikkinchi muhit dipоllarining kоmpеnsatsiyalanmagan nurlanishini bildiradi. 7.3-rasmdan (7.13) shart bajarilganida qaytgan va singan nurlar o`zarо perpendikular bo`lishlari kеlib chiqadi. Bu vaqtda singan to`lqinning vеktоriga parallеl tеbranuvchi va dеmak, singan nurga perpendikular bo`lgan, ikkinchi muhit dipоllari qaytgan nur yo`nalishida yorug`lik chiqarmaydi, chunki bu yo`nalish dipоllar tеbranishlarining yo`nalishi bilan mоs tushadi. Natijada qaytgan nur mavjud bo`lmaydi va yorug`likning barcha enеrgiyasi singan nurga uzatiladi.
Aytilganlardan, Bryustеr effеkti faqatgina tushuvchi nurning tushish tеkisligida qutblanishidagina ro`y bеrishi kеlib chiqadi. Agarda tushuchi nur tushish tеkisligiga pеrpеndikuyar qutblangan bo`lsa, u hоlda qaytgan nur istalgan tushish burchagida kuzatilishi mumkin. Bu хulоsa (7.11) fоrmulalar bilan yaхshi mоslashadi.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish