Tizimning to`rtinchi bo`g`ini o`quvchilarning bilim, ko`nikma va
malakalarini yaxlit bo`lim yoki kursnnig alohida mavzusi bo`yicha
davriy
tekshirish
hisoblanadi.
Mazkur tekshirishning maqsadi- kursning turli qismlarida o`rganilgan o`quv
materialining strukturaviy elimentlari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni o`zlashtirish
sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi-tizimlashtirish va
umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo`g`in ta`lim oluvchilarninmg, ta`lim
jarayoning barcha
bosqichlarida egallangan bilim, ko`nikma
va malakalarini
yakuniy tekshrish va hisobga olishdir
.O`zlashtirishning yakuniy
hisobi har bir
chorak vao`quv yili oxirida o`tkaziladi. U olingan baholarni qo`shib, o`rtacha
arfmetik ballni mexanik tarzda chqarishdangina iborat b`lmasligi lozim.Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilanganmaqsadga muofiq tarzda amaldagi ta`lim
olganlik darajasi (sifati) ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o`z ichigabaholashni (jarayon sifatida) va
bahoni (natija sifatida) ham oladi.
Baholash
deb bilim, ko`nikma va
malakalarni
o`quv dasturida ko`rsatilgan etalon (ko`rsatkich, qolip, o`lchagich)
lar bilan
solishtirishni aytamiz.
Baho
deb baholashning ball shaklida ko`rsatilgan son
jihatdan o`lchamiga aytiladi. O`zlashtirish tabellari,sinf,guruh jurnali reyting
daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash
belgilari va xakozalar baho ko`rinishida qayd etiladi.O`quvchilarning o`zlashtirish
darajasini baholash uchun nazorat yakunlari(natijalari) asos bo`ladi. Bunda
o`quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko`rsatkichlari esa a`lo, yaxshi,
qoniqarli va hakozo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi.
Bahoni amalda
egallagan bilim,ko`nikma, va malakalar bilan davlat t`lim
standartiga ko`ra o`zlashtirishi
belgilangan bilim,ko`nikma
va malakalar umumiy
hajmi o`rtasidagi nisbat sifatida tushunishan ta`lim darajasining miqdoriy mazmuni
kelib chiqadi.
O`zlashtirish (Ta`lim samaradorligi) ko`rsatkichi B-AT*100% nisbat asosida
hisoblanadi.Bunda:
B-O`zlashtirish(T`alim samaradorligi ) bahosi;
A-amalda o`zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T-O`zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to`liq hajmi.
Ko`rinib turibdiki , o`zlashtirish ko`rsatkichi(baho) bu o`rinda 1005-
axborotni to`liq ozlashtirishva 0%-unung umuman mavjud emasligi o`rtasida
bo`ladi. Ma`lumki, baholash funksiyasita`lim darajasini qayd etish bilangina
cheklanmaydi. Baho-pedagog ixtiyoridagi o`qishni, ijobiy
motivasiyanirag`batlantirishning va shaxsga ta`sir ko`rsatishning yagona
vositasi.Aynan xolis (obyektiv)baholash ta`sirida, o`quvchilarda adekvat o`z-o`zini
baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi.Shu bois
bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o`quvchilaro`quv faoliyatining
barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta`minlaydigan
ko`rsatkichlarni izlab topishni talab etadi.
O`qituvchi o`qitish bilan bir vaqtda o`quvchilarning o`rganilayotgan
mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashda harakat qilishini va uni amalda
qo`llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: