1. O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasining tuzilishi va vazifalari


O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasining tuzilishi va vazifalari



Download 3,47 Mb.
bet2/8
Sana01.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#629273
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3Ib-75 Parvina.Kurs ishi (1) (5)

1.O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasining tuzilishi va vazifalari
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika bojxona organlari tomonidan bojxona ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ular zimmasiga yuklangan vazifalarning tezkorlik bilan va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi-O‘zbekiston Respublikasi hududidagi markaziy bojxona organi hisoblanadi.Bundan keyin — Bojxona qo‘mitasi.
2. Bojxona qo‘mitasi, bojxona, bojxona postlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona xizmatini tashkil etadilar.
3. Bojxona qo‘mitasi yagona bojxona siyosatini amalga oshirish, bojxona ishi haqidagi qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash, respublika bojxona xizmatlarini takomillashtirish va ularning samarali ishlashlari uchun javob beradi.
4. Bojxona qo‘mitasi o‘z faoliyatida Konstitutsiyaga va qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilayotgan bojxona qonunchiligiga, boshqa normativ aktlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
5. Bojxona qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bojxona ishi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishini ta’minlash;

  • o‘z huquqi doirasida O‘zbekiston Respublikasining ishonchli iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • rejali daromadlar (savdo oborotidagi poshlinalar va soliqlar)ning respublika budjetiga va rejadan tashqari daromadlar (savdo oborotida bo‘lmagan poshlinalar, musodara qilingan va saqlash muddati o‘tib ketgan tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hamda bojxona va shu kabilarga xizmat ko‘rsatishdan tushgan yig‘imlarni belgilangan tartibda Bojxona qo‘mitasi hisoblariga va respublika budjetiga o‘z vaqtida va to‘la o‘tkazish;

  • kontrabandaga, tovarlar va boshqa narsalarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazishda bojxona qoidalari va soliqlar haqidagi qonun buzishlarga qarshi kurashish;

  • O‘zbekiston Respublikasi bojxona statistikasini shakllantirishni ta’minlash;

  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishiga ko‘maklashish;

  • chet mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliya, ilmiy-texnika, insonparvarlik va boshqa munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish uchun qulay bojxona tartibini yaratish va ta’minlash;

6. Bojxona qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • respublika hududida yagona bojxona siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy mexanizmi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi;

  • eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona ishlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

v) tahliliy ishlarni olib borish, prognozlashtirish, respublika ichki bozorini himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va bu haqda takliflar kiritish;
g) respublika hududida bojxona orqali tartibga solish vositalarining, shu jumladan, bojxona-tarif mexanizmining qo‘llanilishini, eksport-import tovarlar va boshqa buyumlarni olib kelish va olib ketishning ruxsatnoma berish tartibiga rioya qilinishini ta’minlaydi;
d) rejali bojxona daromadlarining respublika budjetiga rejadan tashqari daromadlarning-respublika Bojxona qo‘mitasi schyotlariga va respublika budjetiga belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘la o‘tkazilishini ta’minlaydi;
e) respublika bojxona xizmati tuzilishini takomillashtiradi, to‘la deklaratsiyaga o‘tish uchun zarur sharoitlar yaratadi, tashqi iqtisodiy faoliyatning bojxona statistikasini yuritadi, uning to‘laligi va oshkoraliligini ta’minlaydi, ushbu statistika ma’lumotlarini respublika davlat organlariga taqdim etadi;
j) bojxona chegarasi orqali tovar oborotini va passajir oborotini tezlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga, shu jumladan, eksport-import yuklarini rasmiylashtirish joylari tarmoqlarini va bojxona infrastrukturasining boshqa obyektlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi sharoitlar yaratadi;
7. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni vazirliklar va davlat hokimiyati hamda boshqaruvning boshqa markaziy organlari bilan, shuningdek, jamoat birlashmalari, xo‘jalik assotsiatsiyalari va uyushmalari bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.
Bojxona qo‘mitasining Raisi o‘ziga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
9. Bojxona qo‘mitasi Raisining o‘rinbosarlari Bojxona qo‘mitasi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
10. Bojxona qo‘mitasida hay’at ishlaydi, uning a’zolari Bojxona qo‘mitasi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;




1-rasm.Bojxona boshqarmasi tuzilishi



  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

  • bojxona to‘lovlarini undirish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlash;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish.

  • O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

Bojxona organlarining huquqlari.
Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:

  • tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o‘zini ko‘zdan kechirish;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan ko‘zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;

  • valyuta nazoratini amalga oshirish;

  • moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;

  • bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo‘yish;eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qo‘yilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (xalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni (xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida) musodara etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

  • surishtiruv o‘tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;


2-rasm.Bojxona boshqarmasi tuzilishi va bo’limlari.

  • bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo‘llash.

Bojxona organlarining majburiyatlari:

  • yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etishga;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilishga;davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashishga;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etishga;

  • yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishga.Faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berishga;

  • o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslikka majburdirlar.Bojxona organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar.


3-rasm.O.zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi.



Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish