1. Qadimgi Xitoyning geografik o`rni va tabiiy sharoitlari


Sin podsholigining kuchayishi. Miloddan avvalgi 246-yili



Download 93 Kb.
bet6/18
Sana19.04.2022
Hajmi93 Kb.
#563249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Qadimgi Xitoy.

3. Sin podsholigining kuchayishi. Miloddan avvalgi 246-yili Sin podsholigi taxtiga 13 yoshli In Chjen o`tiradi. U qo`shni podsholiklarni o`z davlatiga qo`shib olish uchun katta tayyorgarlik ko`radi. U qo`shin saflarini mustahkamlagach, miloddan avvalgi 230-yili Xan podsholigi qo`shinlariga qafiy zarba berib uni bosib oladi. Miloddan avvalgi 228–221-yillar orasida olib borilgan shiddatli, g`olibona urushlar natijasida Sharqiy Xitoydagi Chjao, Vey, Chu, Si, Yan podsholiklarining qo`shinlari tor-mor etiladi. Miloddan avvalgi 221-yili yuqorida nomlari keltirilgan davlatlar Sin podsholigiga qo`shib olingach, Sharqiy Xitoyni birlashtirish jarayoni ham nihoyasiga yetadi. Shu tariqa Xitoyda Sin saltanati qaror topadi. In Chjen saltanat taxtiga o`tirar ekan, o`zini «Sin Shi Xuandi» – Sin saltanatining birinchi podshosi deb e`lon qiladi. In Chjen shimolda xunnlar bilan zafarli urushlar olib borib, ularni Xitoy chegaralaridan nariga chekintirgan. Sin qo`shinlari Yanszi daryosi quyi qismining janubidagi Yuz podsholigi bilan g`olibona urushlar olib borib, uni ham Singa itoat ettirganlar. Sin Shi Xuandi mamlakatni birlashtirgach, podsholikni islohotchi Shan Yan tuzgan qonun-qoidalarga amal qilib idora qilgan. U mamlakatni 36 viloyatga bo`lib, uni idora qilishni o`z amaldorlari zimmasiga yuklagan. Eski zodagon-aslzodalar esa davlat ishidan chetlatilgan. Chunki ular eskilikning jonkuyar tarafdorlari, yangilikning ashaddiy dushmani edilar.
Sin Shi Xuandi buyrug`i bilan yangilikning dushmani hisob-langan 460 konfutsiychi olim tiriklayin yerga ko`mdirilgan. Boshqa tartiblar hukm surgan zamonni eslatadigan yoki maqtab yozilgan asarlar, solnomalar kuydirilgan. Bularning barchasi keng xalq ommasi orasida Sin Shi Xuandiga nisbatan nafrat uyg`otgan.
4. Buyuk Xitoy devori «Saddi Chiniy»ning qurilishi. Ma`lumki, Buyuk Xitoy devorining qurilishi miloddan avvalgi IV asrlarda boshlangan edi. Xunn, dunxi va boshqa ko`chmanchilar hujumidan Sin saltanati chegarasini qo`riqlash va mudofaa qilish maqsadida «Saddi Chiniy»ni qayta qurishga kirishilgan. Sin Shi Xuandi Buyuk Xitoy devori qurilishiga juda katta e`tibor bergan. Solnomachilarning bergan ma`lumotlariga qaraganda devor qurilishi ishiga sarkarda Min Tyan qo`shinidan uch yuz ming askar jalb qilingan ekan. Devor qurilishida ikki miUionga yaqin harbiy askar, qul va jinoyatchi hisoblangan mahbuslar, shuningdek oddiy dehqon va hunarmandlar ham ishlatilgan. «Saddi Chiniy» devori Lyaodun qo`ltig`i qir-g`og`idagi Shanxayguan shahridan boshlangan. Devor Sharqiy Xitoyning shimol tomonidagi tog`, tog` yonbag`ri, tekisliklarni oralab ikki joyda Xuanxe sohillariga kelib taqalgan. Devor Xuan-xening chap sohilidan g`arb tomon yo`nalib Alashon dashtining janubi, Kichik Yuechjilar yashaydigan tog`larning shimoliy yonbag`ri bilan davom ettirilib, Xitoyning mashhur Dunxuan harbiy qal`a-istehkomiga borib tutashadi. Devorning umumiy uzunligi 5000–6000 km bo`lib, dunyoda qurilgan hamma devorlardan uzun va kattadir. Uning balandligi 10 metrdan ziyod bo`lib, qalinligi 5,5–7 metr bo`lgan ekan. Devor tosh, g`isht, loy, paxsa va maxsus qotishmalardan qurilgan. Devor bo`ylab har 60–100 metrda mustahkam mudofaa minoralari bino qilingan. Devor va istehkomlarning yuqori qismi kungurador bezaklar bilan jihozlangan. Ayni paytda devorlarning yuqori qismida kamondan dushmanlarga o`q otish uchun maxsus teshiklar – shinaklar qoldirilgan.
Devor usti shunchalar qalin bo`lganki, unda besh qator otliq askar yonma-yon yura olgan. «Buyuk xitoy devori» aslida harbiy mudofaa maqsadlarida qurilgan. Lekin undan savdo-sotiq maqsadlarini amalga oshirish uchun ham foydalanilgan. «Saddi Chiniy» dunyodagi eng ulkan, eng katta devor bo`lgani uchun uni «Buyuk Xitoy devori» deb ataladi. Devor bundan 2400–2200 yillar ilgari qurib bitkazilganligiga qaramay uning ko`p qismi hozirgacha ham yaxshi saqlanib qolgan. Devor hozir ham uni ilgari ko`rmagan xitoyliklarni va xorijiy sayyohlarni hayratga solib kelmoqda.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish