1. Qon sistemasi fiziologiyasi Qon guruhlari Qon bosimi



Download 0,58 Mb.
bet6/7
Sana12.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#660186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qon sistemasi fiziologiyasi va qon shaklli elementlari

Qizil qon tanachalari -eritrotsitlar oq qon tanachalari-leykotsitlar va qon plastinkallari- trombotsitlar qonning shakliy elementlariga kiradi.
2. Shaklli elementlarning vazifalari, 1 ml qondagi soni, ularning tuzilishi, tarkibi. Leykotsitlar formula, fagotsitoz. Eritrotsitlar yadrosiz, ikki tomoni botiq, qo'lchasimon qizil qon hujayralaridir. 1 mm3 qonda o'rta hisobda erkaklarda 4-5 ml, ayollarda 3,9-4,7 ml eritrotsit bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ertirotsitlar soni kamayib (3,5-4 ml), bir yoshdan oshganda kattalar qonidagi miqdorga yetadi. Odam oragnizmida eritrotsitlar juda ko'p. Agar ularni bir qator qilib ipga tizsak, uzunligi 187000 km ga yetadigan zanjir hosil bo'ladi yoki ustma - ust qilib taxlasak, balandligi 62000 kmli ustun hosil bo'ladi. Qondagi eritrotsitlarning umumiy satxi 3500 m2, gavdamizning umumiy satxi esa faqat 2 m.
Eritrotsitlar miqdori har doim bir xil bo'lmaydi. Ba’zi fiziologik sharoitda ( jismoniy ish bajarganda,
balandlikka chiqqanda, yugurganda va boshqallarda) va kasalliklar vaqtida eritrotsitlar miqdori o'zgaradi. Eritrotsitlar miqdorining oshishi politsetemiya, kamayishi eritropeniya deb ataladi. Eritrotsitlar maxsus sanoq kameralari yordamida aniqlanadi. Eritrotsitlar organizmda katta ahamiyatga ega. Ular o'pkadan to'qimalarga kislorod olib borib, to'qimalarda bo'lgan hosil bo'lgan karbonat angidridni o'pkaga olib keladi. Eritrotsitlar tsitoplazmasidagi rang beruvchi maxsus modda - gemoglobin tarkibida temir bo'lib, gemoglobin qonning gaz tashish vazifasini bajaradi. Qon o'pka kapillyarlaridan o'tayotganda gemoglobin o'ziga kislorodni biriktiradi. Bunday gemoglobin oksigemoglobin (NVO) deyiladi. Qon organlarga kelganda kislorod to'qimalarga o'tadi. Kislorodni o'zidan ajratgan gemoglobin qaytarilgan gemoglobindir. Gemoglobin kisloroddan tashqari, gazlar, masalan, is gazi (SO) bilan birikadi va karboksigemoglobin (NVSO)ni hosil qiladi. Qondagi 70% gemoglobin is gazi bilan birikkanda organizm zaharlanib, odam o'ladi. Uning bu xususiyati kislorod bilan birikishiga nisbatan 250 marta ortiq, havoda 16% kislorod va 0,10% is gazi bo'lsa, gemoglobinning 80% i karboksigemoglobinga aylanadi, aks holda is gazining miqdori 1% bo'lsa, 95% gemoglobin is gazi bilan birikadi. Amilnitrit, bertole tuzi va boshqa moddalardan zaharlanganda gemoglobin kislorod bilan mustahkam birikma - metgemoglobin(NVO) hosil bo'ladi. Buning natijasida to'qimalar kislorodsiz qolib, odam halok bo'ladi. Qonda o'rta hisobda 13 -14% (100g-qonda 14g) gemoglobin bo'lib, uning miqdorini gemometr yoki gemoglobinometr (asbob) yordamida aniqlanadi. Eritrotsitlarning ko'chish reaktsiyasi (ROE-SOE). Turli kasalliklarga diagnoz qo'yishda eritrotsitlarning cho'kish reaktsiyasini aniqlash katta ahamiyatga ega. ROE qon plazmasidagi alьbumin bilan globulininng o'zaro nisbatiga hamda eritrotsitlar soniga bog'liq. Qonda eritrotsitlarning soni qancha ko'p bo'lsa, ular shuncha sekin cho'kadi. ROE Panchenkov asbobida aniqlanadi. Odatda, erkaklarda ROE bir soatda 3-9 mm, ayollarda 7-12 mm bo'ladi. Ba’zi kasalliklarda eritrotsitlarning cho'kish reaktsiyasi o'zgaradi. Masalan, sil, nur va organizmdagi boshqa o'zgarishlar yuz berganda eritrotsitlarning cho'kish reaktsiyasi oshadi, nur kasalligida ROE soatiga 80 mm bo'ladi. Eritrotsitlar qonda o'rta hisobda 130 kun yashaydi, keyin asosan taloq va jigarda parchalanib ketadi (har sekundda 10 000 000 chamasi eritrotsit parchalanadi). Demak, odam bir kunda 350 mlliard eritrotsit yoki 25 g gemoglobin yo'qotadi. Parchalangan eritrotsitlar o'rniga ko'mik to'qimasi hujayralaridan yangi eritrotsitlar hosil bo'ladi va ular shu yerda yetiladi. Eritrotsitlarda avval yadro bo'ladi. Yetilish protsessida yadro yo'qoladi, shundan keyingina eritrotsitlar qonga qo'shiladi. Ko'p qon yo'qotilganda, ko'mik to'qimasining funktsiyasi buzilganda ba’zan qonda yadroli eritrotsitlar paydo bo'ladi.
Leykotsitlar - yadroli qon hujayralari miqdori eritrotsitlar miqdoriga nisbatan 100 barobar kam. Bir mm qonda atigi 4-9 ming leykotsit bor. Ularning miqdori doim o'zgaradi, ovqat yegandan keyin, jismoniy ish bajarganda, xomiladorlar va boshqa ba’zi bir kasalliklarda leykotsitlar miqdori ko'payadi. Qonda leykotsitlar miqdorining ko'payishi leykotsitos, kamayishi leykopeniya deyiladi. Leykotsitlar ikki xil: donador leykotsitlar yoki granulotsitlar va donasiz leykotsitlar yoki agranulotsitlar bo'ladi. Granulotsitlarga neytrofillar, iozinofillar va bazofillar kiradi. Neytrofillar yetilishi va yadrosining shakliga qarab, o'z navbatida yosh, tayoqchasimon yadroli va segment yadroli neytrofillarga bo'linadi. Tsitoplazmasi donasiz agranulitsitlarga, monotsitlar va limfotsitlar kiradi. Bu hujayralarning yirik yadrosini yupqa qavat tsitoplazma o'rab turadi. Har xil leykotsitlar miqdorining protsent nisbati leykotsitar formula deb ataladi. Leykotsitar formulani aniqlash klinikada katta ahamiyatga ega. Har xil kasalliklar davrida faqat bemor qonidagi leykotsitlarning umumiy miqdori emas, balki leykotsitlar to'rining protsent nisbati ham o'zgaradi. Masalan, nur kasalligi leykotsitlarning, ayniqsa limfotsitlarning kamayishi (limfopeniya) bilan xarakterlanadi. Gijja kasalliklarida eozinofillar, yallig'lanish protsessida neytrofillar ko'payib ketadi va hokazo. Leykotsitlar organizmni zararli mikroblardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Ular qon tomirlarining tashqarisiga chiqib, organizmning bir joydan ikkinchi joyga harakat qilish xususiyatiga ega. Leykotsitlar soxta oyoqlar chiqarib, amyobalarga o'xshab siljiydi. Mazkur organizmdagi biror to'qima mikroblar yoki yot moddalar kirib qolsa, shu joyga juda ko'p leykotsitlar keladi. Ular mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlari yordamida uni har tomondan o'rab oladi va yutib, tsitoplazmada hazm qilib yuboradi. Leykotsitlar mikroorganizmalar bilan kurashganda ko'pincha o'zi ham nobud bo'lib, yiring hosil qiladi. Mikroblar va yod moddalarni hazm qilish xususiyatiga ega leykotsitlarni atoqli rus olimi I.I. Mechnikov (1845-1916) fagotsitlar deb, leykotsitlar mikroblar va har xil zararli moddalarni yutib yuborishini esa fagositoz deb atagan. Leykotsitlardan tashqari, organizmdagi va har xil moddalar ham organizmni himoya qilish funktsiyasini bajaradi. Organizmga tushgan mikroblar, viruslar, ular zahari va boshqa moddalar antigenlar deb ataladi. Har qaysi antigenga qarshi organizmda maxsus himoya moddasi - antitola hosil bo'ladi. Antitolalar bir necha xil: antitoksinlar, lizinlar va boshqalar bo'ladi. Leykotsitlar qonda 2-4 kunda 12- 15 kungacha yashaydi. Yangi leykotsitlar qizil ilikda, limfa tugunlarida va taloqda hosil bo'ladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish