1. Sa’nat markazi haqida tushuncha bering. Sa’nat markazi qanday tashkil etiladi?


Musiqa va ritmika markazida mashg’ulot tashkil etish



Download 2,01 Mb.
bet2/9
Sana07.04.2022
Hajmi2,01 Mb.
#533798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-mavzu

Musiqa va ritmika markazida mashg’ulot tashkil etish.
Musiqa insonga quvnoq kayfiyatni bag’ishlaydi inson qalbining yo’ldoshidir, go’zallikni his etishga o’rgatadi. Musiqa nafosat tarbiyasining bir bo’lagi. Inson bolaligidan musiqa tinglash, qo’shiq xirgoyi qilish, turli musiqali ovoz ostida raqs xarakatini bajarishga intilib boradi. Mana shu intilish natijasida insonda qobiliyat, iqtidor va iste’dod rivojlanib boradi.“Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo’yilgan davlat talablari” da musiqiy ta’limni bolalarda rivojlantirish ijtimoiy – hissiy rivojlanish yo’nalishida va jismoniy rivojlanish yo’nalishlarida ko’rsatib o’tilgan.Maktabgacha ta’lim muassasasi bola tarbiyasida muhim bosqich sanaladi. Musiqa tarbiyachisi bolalarni estetik va ahloqiy jixatdan tarbiyalashda alohida o’rin tutadi. Muassasadagi musiqiy tarbiya estetik tarbiyaning muhim sohasidir. Musiqa bolalar uchun quvonch va kechinmalar dunyosi bo’lib, musiqiy va amaliy faoliyat turlarida namoyon bo’ladi, ya’ni musiqa tinglash, qo’shiq aytish, musiqa jo’rligida xarakat qilish va bolalar musiqa asboblarini chalish jarayonida ularda hissiy tuyg’ulari rivojlanib boradi.Musiqa bolalarni rivojlantirish uchun boy manbadir. Bolalarda hissiyotning rivojlanishiga ko’maklashishi musiqaning eng yaqqol namoyon bo’ladigan rolidir: alla bolalarni tinchlantiradi va xotirjam qiladi, alla eshitib uxlagan bolalar o’z qo’g’irchoqlariga ham alla aytadilar. Tinchlantiruvchi musiqa albatta qo’shiq bo’lishi shart emas. Barcha zamonlarda va xalqlarda onalar o’z go’daklariga takrorlanuvchi ikki notali ohangni past ovozda kuylaganlar. Har bir madaniyatda mehr-muhabbat va bayramlar haqidagi oddiy qo’shiqlar mavjudki, bolalar ularni yodlay oladilar va bu ularga o’z his-tuyg’ularini ifodalashga yordam beradi. Marsh bolaga faxr tuyg’usini va g’ayrat, tetiklikni bag’ishlaydi.
Musiqa mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar:
-guruhda ijodiy muhit yaratish;
-bilimlarni ongli o’zlashtirishga erishish;
- ta’lim va tarbiya mushtarakligiga erishish
- musiqa san’atidagi go’zallikni, hunuklikdan ajrata olish, doimo nafislikka intilish;
-san’atdagi nafislik va go’zallikni anglashga yo’naltirish;
-musiqa asarlarini diqqat bilan tinglashga, kuylanayotgan qo’shiqlarni ifodali ijrosiga erishish;
Musiqani butun kun davomidagi ko’plab faoliyat turlari qatoriga kiritish mumkin. Biroq musiqa foniga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondoshmoq zarur. Musiqa chalinayotgan aksariyat hollarda u bolalarning diqqat markazida bo’lmog’i lozim. Jonli musiqa, ayniqsa, bu kattalarning mashhur musiqasi bo’lsa, kattalar uchun yoqimli bo’lishi mumkin, lekin u bolalarni chalg’itishi mumkin. Musiqa har kungi rejimli daqiqalarga rioya etishni yoqimliroq qiladigan tarzda foydali omil bo’lishi mumkin. Buning uchun tegishli qo’shiqlarning, masalan, tabrik qo’shiqlarini to’qish yoki tanlab olish mumkin. Butun guruh yig’ilgan mahalda ashula aytish ajoyib mashg’ulot. Qo’shiqlar dam olish vaqtida bolalarni tinchlantirishning ajoyib vositasi hisoblanadi.
Ma’lumki, nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg’ulotlari katta o’rin tutadi. Bunday guruh bolalari bilan musiqa rahbari logoped o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlasa o’z maqsadiga yetadi. Chunki bu soha bo’yicha musiqa mashg’ulotlarini tashkillash bo’yicha xozirgi kunda metodik qo’llanmalar kam.
Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa rahbarlari ko’proq logoritmikaga e’tibor qilishlari ko’zda tutiladi. Bunda:
- to’g’ri nafas olishni yo’lga qo’yish;
- ovozni rivojlantirish ustida ishlash;
-temp va ritm ustida ishlash;
-eshitish va xotirani rivojlantirish;
-umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;
-so’zlarni xarakatlar bilan to’g’ri ishlay olish;
- intonatsiya va shu registrlar ustida ishlash;
-o’yinlar.
Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg’ulotini qiziqarli va bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko’rgazmalardan unumli foydalanishni bilishi zarur. Mashg’ulotni tashkillashda musiqa rahbari quyidagilarni yoddan chiqarmasligi kerak:
-mashg’ulot bayoni, yangi qo’shiq, raqs xarakatlari, foydalaniladigan cholg’u asboblari uchun tayyorlangan ko’rgazmalar;
-qismlarni bir-biriga uzviy bog’lay olish;
-bolalarni qiziqtirish uchun ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga oligan xolda sodda va past ohangda muloqatda bo’lish;
-texnika vositalaridan foydalana olish;
-testlar va boshqotirmalar yordamida bolalar bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish;
-musiqaviy xarakatli o’yinlarni atributlar va o’yinchoqlar yordamida tashkillash.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish