1-savolning javobi. Gap fikr ifodalovchi sintaktik birlik sifatida. Sintaksisda o‘rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap



Download 17,43 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2022
Hajmi17,43 Kb.
#538583
  1   2   3
Bog'liq
yakuniy


1-savolning javobi. Gap fikr ifodalovchi sintaktik birlik sifatida.
Sintaksisda o‘rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap – kishilar nutqining eng kichik birligi bo‘lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va ohang jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lamasi yoki yakka so‘zdir. Aloqa birligi bo‘lmish gap fikrni ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. Shunga ko‘ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur xususiyatlari uni so‘zdan va so‘z birikmasidan farqlaydi.
Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud:
1. Gapning ko‘pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog‘liq. Hukmda esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda predikativlik o‘z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud bo‘lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir.
Predikativlik, odatda, so‘zlarning predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya’ni ega-kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand.
Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo‘lak bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik.
2. Gapda bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha kabilar) mayl kategoriyasi, modal so‘zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali ifolanadi.
3. Gap ohang (ohang) jihatdan tugallikka ega bo‘ladi. Ohang ham predikativlik, modallik belgilari singari gapni so‘z birikmasidan chegaralashga xizmat qiladi. Ohang, birinchidan, so‘zlar bog‘lanmasi yoki yakka so‘z gapni shakllantirganini ko‘rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni boshqa gapdan ajratib turadi. Ohangning xabar, so‘roq, buyruq va boshqa turlari farqlanadi.
4. Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo‘ladi. Uning tugal fikrni ifodalashi ma’lum sharoit bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati), modallik (so‘zlovchining aytilayotgan fikrga munosabati), ohang jihatdan shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari sanaladi.

O‘zbek tilida gaplar turli nuqtai nazardan tasnif qilinadi:


I. Ifoda maqsadiga ko‘ra.
II. Emotsionalikka ko‘ra.
III. Tuzilishiga ko‘ra.
Ifoda maqsadiga ko‘ra va bu maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan ohangga ko‘ra gaplar
Download 17,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish