IV. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatining kafolatlari 13. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi himoyasi ostida bo‘ladilar va ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklari ta’minlanadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, MSK, okrug saylov komissiyalari, uchastka saylov komissiyalari o‘z vakolatlari doirasida xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar faoliyatiga ko‘maklashadi.
15. Saylov komissiyalari xorijiy (xalqaro) kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro‘yxatga olgandan keyin unga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
16. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar o‘z faoliyatlarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
V. Saylov qonunchiligini va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik 17. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mazkur Nizomda belgilangan o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiquvchi faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek saylovga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish va saylov kampaniyasining borishini kuzatish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanishda o‘z maqomidan foydalanishga haqli emas.
18. Agar xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablarini, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarini buzsa, MSK xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
19. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning huquqlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
49.
Mahalliy kuzatuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog`liq talablarni huquqiy asoslantirilgan holda tahlil qiling 951 II. Kuzatuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish Oldingi tahrirga qarang. 5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga ushbu siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzod ro‘yxatga olingan kundan boshlab, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari esa okrug saylov komissiyasi tuzilganidan keyin o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovida — mazkur Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga;
xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga kuzatuvchilarning ro‘yxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. o‘lchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 6. Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida tegishli saylov komissiyasiga saylovga kamida o‘n kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 7. Tegishli saylov komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. 8. Mandat namunasi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1065-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlar bilan belgilanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan farqlash uchun alohida belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. 9. Siyosiy partiya tashkiloti va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli saylov komissiyasidan mandatlarni olgandan so‘ng ularni kuzatuvchilarga yetkazilishini ta’minlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) 10. Quyidagi hollarda kuzatuvchiga mandat berish rad etilishi mumkin:
kuzatuvchiga nomzod 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang. saylovga o‘n kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) tegishli saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyadan nomzod ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa (siyosiy partiyaning kuzatuvchilari uchun);
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi bo‘lmasa (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining kuzatuvchilari uchun);
mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa.
11. Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek ovoz berish kuni mandatni taqib yurishi shart.
12. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.
Tegishli saylov komissiyasi tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, kuzatuvchilar mandatining amal qilishi tegishli muddatga uzaytiriladi.
50.
Saylov kampaniyasi haqida batafsil ma’lumot bering 36-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganligi ularning vakolatlari muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.