1-seminar. Mavzu: kirish. Qadimgi dunyoda harbiy san’at taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


-SEMINAR MAVZU: QADIMGI RIM HARBIY SAN’ATI



Download 206,02 Kb.
bet7/15
Sana24.02.2022
Hajmi206,02 Kb.
#227691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
HARBIY SAN'ATDAN SEMINARLAR

2-SEMINAR
MAVZU: QADIMGI RIM HARBIY SAN’ATI
Reja:

  1. Rimda harbiy san’at tarixi. Strategiya va manipulli taktika.

  2. Rim harbiy-dengiz floti va uning taktikasi. Rimda yollanma armiyaning paydo boʻlishi.

  3. Kagortali taktika va Yuliy Sezarning harbiy mahorati.



Rimda harbiy san’at tarixi. Rim shahri atrofida vujudga kelgan davlatchilik quldorlik jamiyatida oʻzining eng choʻqqisiga erisha olganligi bilan tarixda qoldi. Rim tarixini shartli ravishda 3 bosqichga boʻlish mumkin:

  1. Qirollik davri – mil.avv. 753-510-yillar.

  2. Respublika davri – mil.avv. 510- 30-yillar.

  3. Imperiya davri – mil.avv.30-yil – milodiy 476-yillar.

To respublika davriga qadar Rimda urugʻchilik munosabatlari yetakchilik qilganligini kuzatish mumkin. Uning ustiga bu davr haqidagi ma’lumotlar juda kam yetib kelganligi bois bu davrdagi harbiy san’at haqida toʻlaqonli fikr yuritish qiyin.
Shunday boʻlsada bu davrda Rimning 6-qiroli boʻlgan Serviy Tulliyning (mil.avv. VI asr) islohoti harbiy sohada ham oʻzgarishlarga olib keldi. u Rim aholisi boʻlgan patrisiy va plebeylarni 5 ta mulkiy sinfga boʻlib chiqdi. Eskida amal qilib kelgan urugʻqa asosan boʻlinish oʻrniga mulkiy-hududiy asosda taqsimlash joriy qilindi.
Unga koʻra har bir sinf armiyaga ma’lum miqdorda senturiy (yuzlik) yuborishlari lozim boʻlib, nisbatan oʻziga toʻqlar ogtliq va ogʻir qurolli piyodalar safiga jalb qilingan boʻlsa, 5-sinfni tashkil etuvchi kambagʻallar yengil piyoda boʻlib xizmatga olingan. Mazkur 5 ta sinfga mansub boʻlmagan fuqarolar proletariylar deb atalbi, ular harbiy xizmatga agar vaziyat taqozo etmasa safarbar qilinmagan. Safarbar qilingudek boʻlgan taqdirda davlat hisobidan qurolantirilgan. Undan tashqari armiyaga texnik xizmat koʻrsatish uchun hunarmandlardan iborat ikki maxsus senturiy va ikkita musiqachilardan iborat senturiylar tuzilgan.
Rimda respublika oʻrnatilgan paytida eski savdo shahri boʻlgan Rim uning atrofi bilan 983 kv.kmni tashkil etib, chegarasi markazdan bor yoʻgʻi 17 verst uzoqlikda boʻlgan. Oʻsha paytda taxminan 60 ming aholiga ega boʻlgan Rimda 17 yoshdan to 46 yoshgacha boʻlgan ozod erkaklar harbiy xizmatga majbur hisoblangan. Ular taxminan 9 ming kishini tashkil etgan. Shundan mulkiy jihatdan nisbatan oʻziga toʻq erkaklar otliqlarni tashkil qilib, ularning soni 600 atrofida boʻlgan. Mulksiz qashshoqlar qurolbardorlik vazifasini bajarganlar. Harbiy xizmat yoshidan katta boʻlgan erkaklar garnizon xizmatiga jalb qilingan. Harbiy majburiyatdan piyoda askar sifatida 16 yoki 20, otliq sifatida 10 yurishlarda qatnashganlar ozod qilingan. Taxminan mil.avv. 405-404-yillar oraligʻida Rim senati qoʻshinga pul toʻlovini joriy qiladi. Biroz keyinroq qoʻshin oziq-ovqat bilan, piyodalar boʻlsa qurollar bilan ta’minlanishi boshlandi. Yiliga oʻrta hisobda 75 dinariyga teng oziq-ovqat mahsulotlari berilgan boʻlsa, maoshlari yiliga oʻrtacha 45 dinariyni tashkil qilgan.
Respublika oʻrnatilgan qoʻshin endi qirolga emas, saylab qoʻyiladigan ikkita shahar burgomistr – konsullariga boʻsinadigan boʻldi. Shunga asosan qoʻshin ikkiga taqismlandi (har biriga 4500 ming askar, shu jumladan 3 ming piyoda, 300 otliq va 1200 nafar safdan tashqari va yengil piyodalar). Bu ikki qism legimon nomi bilan ataldi. Aholi soni koʻpayib borishi bilan legion tarkibi ham oshib borgan.
Mil.avv. IV asr oxiriga kelganda Rimda mulkiy holatdan kelib chiqib fuqarolarni sinflarga ajratish oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Davlat endi qurol olishga puli yetmaganlarni qurol-yarogʻ bilan ta’minlashga qodir darajaga koʻtarildi. Legionning safdan tashqari tarkibi endi nisbatan ishonchli boʻlgan va yaqinda boʻsindirilgan oʻlkalar aholisidan shakllantiriladigan boʻldi.
Endi safdagi askarlar yoshiag qarab taqsimlanadigan boʻldi: yoshlar – gastatlar (1200 nafar, 10 ta manipul har birida 120 askar), oʻrta – prinsiplar (1200 nafar, 10 ta manipul har birida 120 askar) va qarilar – triarlar (600 kishi, 10 ta manipul har birida 60 askar). Bunda gastatlarning birligi boʻlgan manipullar falanganing olingi safini, prinsiplarning manipullari falanga oʻrta safini, triariylar eng orqa safni tashkil qilishgan. Yengil qurollangan piyodalar har birida 40 nafar askarlar boʻlgan manipullarga boʻlingan. Otliqlar legionida 300 ta askar boʻlib, ular 10 turmga (1 ta turmda 30 ta suvoriy boʻlgan) boʻlingan. Professional askarlarni bu taqli saflash notoʻgʻridir. Rimda har bir yollanma askar bir xil toʻlov olar ekan, ushnga yarasha hav ham teng yoki favqulotda boʻlinish kerak degan qarash boʻlgan. Keyinchalik yosh asosida birliklarga taqsimlash oʻz kuchini yoʻqotdi.
Gastatlar, prinsiplar va tariarlar 10 manipuldan shakllantirilagn. Manipullar 6 uzunasiga olti qator saflangan boʻlib, gastatlar va prinsiplarda qatoiga 20, triarlarda 10 nafar kishidan iborat boʻlgan.. manipullar har bir ikki senturiyga boʻlingan va ular bir aqtor boʻlib saflangan. Legionning fronti 10 ta gastatlar manipulidan, har bir frontga 200 nafar askardan iborat boʻlgan. Manipullar oraligʻida kichik oraliq joy qoldirilib, u shel deb atalgan.
Legionlarda qoʻmondonlikni dekurionlar (oʻn boshilar), podsenturionlar (ellik boshilar), senturionlar (yuzboshilar) amalga oshirganlar. Har bir manipulda ikki katt va kichik senturionlar boʻlib, ular manipulga qoʻmondonlik qilishgan. Senturionlar eng jasur va eng tajribali legionerlardan tanlab olingan.
Harbiy tribunlar bosh qoʻmondonlik vazifasini bajarganlar. Rimning ilk tarixida harbiylarga triblar boshchilik qilgan, aynan shu nomdan tribun kelib chiqqan. Legionda tribunlar soni 4 ta boʻlgan – 1 ta katta va 3 ta kichik, keyinroq ular soni legionning har bir liniyasidan kelib chiqib 6 taga yetkazildi – 2 ta tribunlar bittadan katta va bittadan kichik.
Legionlarga legat qoʻmondonlik qilgan. Oliy bosh qoʻmondon vazifasini 2 ta konsullar bajargan. Agar armiya birgalikda harakat qilsa ular navbati bilan qoʻmondonlik qilgan. Alohida holatlardagina armiyaga bitta qoʻmondonlik zarur boʻlgan vaqtda diktator tayinlangan.
Mayda va yirik rim harbiy birliklari oʻzlarining maxsus ajratuvchi nishonlari (tugʻlari, bayroqlari koʻrinishida) ega boʻlishgan. Qalqondagi chaqmoq, gulchambar, gullar yoki yulduzlar koʻrinishidagi chiziqlar bilan alohida tuzilgan birliklar bir-biridan ajralib turgan. Konsul Gay Mariy (mil.avv. 107-yil) davridan boshlab yza dastasiga mustahkamlangan kumush burgut legionning nishoniga aylangan. Kogortaning nisabatn kichikroq tugʻida boʻlsa ajdar, manipullar belgisida – kaft (qasamyod ramzi sifatida) tasvirlangan.
Qoʻmondonlikdagi shaxslar oʻzlarining darajalaridan kelib chiqib, dubulgʻa va sovutlarida alohida bezak va nishonlarga ega boʻlishgan. Senturion kumushrang dubulgʻa kiyib olgan, uning yarogʻi metalli uzum shingili boʻlib, qoʻlida jinoyatchilarni jazolash uchun tok novdasi boʻlgan. Lashkarboshilar qirmizi plash kiygan va boy qurollarga boy boʻlgan.
Qurollanish. Agar ilk paytlarda ligionerlarning asosiy quroli qoʻl jangiga moʻljallangan nayza va yordamchi qurollar sifatida kalta qilich boʻlgan boʻlsa, keyinroq kalta (yarim metrlik) ikki yoqlama oʻtkirlangan va uchi qirrali boʻlgan kesish va sanchishga nisbatan qulay boʻlgan pilumlar ularning sevimli qilichiga aylandi. Qilich Rimning harbiy tmsoli boʻlgan. Sanchadigan va qirqadigan kalta qilichlar bir-biriga juda yaqin saflantirilgan va asosan jangda yakkama-yakka kurashlar qoʻllaniladigan yengil piyodalar uchchun nisbatan qulay aslaha hisoblangan. Eski Rim nayzasi bilan birga yangi irgʻituvchi nayza – pilum qoʻllanila boshlandi. U ogʻir navli yogʻochdan va oʻtkirlangan temir uchli qilib yasalgan, uning uzunligi 1.5 metr, ogʻirligi 4 kggacha borgan. Oddiy nayzadan pilumning asosiy farqi shunda ediki, unda temir uch nisbatan uzun boʻlib, 1 metrgacha yetib borgan. Harakatlanishda ham shunga yarasha farqi boʻlgan, dushmanning qalqoniga sanchilgan pilumni dushman qilichi bilan boʻlib tashlay olmagan, chunki pilumning temir uchi uzun boʻlgan, yogʻoch dastaga boʻlsa dushman qilichi yetib bormagan.
Yengil piyodalar boʻlgan velitlar irgʻituvchi qurollar (eng koʻp drotik) va qilich bilan qurollangan. Legionerlardan farqli ravishda ular himoya qurollariga ega boʻlmagan, ixtiyorida kichikroq aylana qalqon boʻlgan xolos.
Rim otliqlari jangga odatda gasta nayzasi va spata qilich (I asrdan boshlab) bilan kirgan. Keyinroq spata piyoda qoʻshindagi qilichlarni ham siqib chiqargan.
Dubulgʻalar odatda temirdan yasalgan, ba’zida bronzadan yasalganlari ham uchrab turadi. Sovutlar 2 xil boʻlgan - birinchisi terili boʻlib, qayish holatida tikilgan va temirli sovutlar odatda tangachalardan iborat boʻlgan. Mil.avv. II asrdan boshlab oddiy harbiylar temir tangachalar qoplangan temir sovutlarda jangga kirgan, shu paytda juda koʻp zirhlar hali teridan edi.
Qurollanish xarakteriga koʻra jang taqdirini sovuq qurollar bilan qilichbozlik hal qilingan. Shuningdek irgʻituvchi qurollarga ham jangda katta e’tibyuor berilgan. Jang boshida pilumlar juda katta ahamiyatga ega boʻlgan, chunki jang boshlanishi iblan koʻplab shunday nayzalar dushmanga irgʻitilgan va shu orqali qilich bilan kurash uchun zamin sharoit yaratilgan.

Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish