1-seminar. Mavzu: kirish. Qadimgi dunyoda harbiy san’at taraqqiyotining umumiy xususiyatlari



Download 206,02 Kb.
bet1/15
Sana24.02.2022
Hajmi206,02 Kb.
#227691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
HARBIY SAN'ATDAN SEMINARLAR


1-SEMINAR.
MAVZU: KIRISH. QADIMGI DUNYODA HARBIY SAN’AT TARAQQIYOTINING UMUMIY XUSUSIYATLARI.
Reja:

  1. Fanga kirish. Harbiy san’at tushunchasi.

  2. Strategiya, taktika va operativlik

  3. Ibtidoiy jamiyatda harbiy ish.

Tayanch soʻz va ıboralar:harbiy tarix fani, harbiy san’at, urushlar tarixi, harbiy qurilishlar tarixi, harbiy tafakkur tarixi, strategiya, taktika, operativlik, tarixshunoslik, tosh qurollar, ot-ulov, koʻchkinchilar
Fanga kirish. Harbiy san’at tarixi va strategiya tushunchalari. Harbiy tarix uzoq tarixga borib taqaladi. Insoniyatning paydo boʻlishi va hayot uchun kurashi jarayoni bevosita harbiy tarix bilan bogʻlanadi desak xato boʻlmaydi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti bilan harbiy hayot jamiyatining ajralmas bir boʻlagiga aylandi. Shuning uchun ham dunyoning qator davlatlarida harbiy tarix tarix fanining alohida bir tarmogʻi sifatida oʻrganiladi.
Umuman olganda harbiy tarix yoki harbiy-tarixiy fan bu dunyoning turli mamlakatlaridagi haqiqiy harbiy-tarixiy hodisalar, voqealar haqidagi, qadimgi dunyodan to hozirgi kunimizgacha harbiy ish taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlarning majmuidir. U oʻzida keng miqyosli faktik materiallarni va nazariy xulosalarning birlashtirib, bilash, anglash va tushuntirishning vositasi hisoblanadi. Harbiy tarix fan sifatida sababiy-surishtiruv aloqalarini va munosabatlarini, mazmun va mohiyatini oʻrganadi, tinchlik sharoitida va urush davrida harbiy zoʻravonlik vositalari bilan milliy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarni hal qilishning tarixiy tajribasini umumlashtiradi.
Harbiy-tarix fani umuman olganda harbiy kishilarni, qoʻmondon va harbiy yoʻlboshchilarning shaxsiyatini, urush davrida odamlarning ahvoli va ularning urushga munosabatini tadqiq etadi. Insoniyat uchun urush bir vaqtning oʻzida ham qahramonlik va ham dramatik xarakter kasb etadi. Harbiy kurashning istalgan akti va umuman urushning oʻzi bu – insonlar faoliyatining mahsuli va natijasidir.
Oʻquv dissiplinasi sifatida harbiy tarixning asosiy qismini urushlar tarixi, harbiy fikr tarixi, harbiy san’at tarixi, qurolli kuchlarning qurilish tarixi, harbiy qurollar va texnika tarixi, manbashunosligi kabilar tashkil qiladi.
Shunga koʻra urushlar tarixi – harbiy-tarixiy fanning umuman olganda faktalogik asosi boʻlib, alohida ijtimoiy hodisot sifatida urushning ijtimoiy mohiyatini tadqiq etadi, uning paydo boʻlishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini va sabablarini, aniq bir urushlarning siyosiy va harbiy-strategik maqsadlarini, xarakterini va oʻziga xosligini ochib beradi, urushayotgan tomonlarning rejalari va kuchlarini baholaydi, harbiy kompaniyalarning operasiya va janglarning borishini qarab chiqadi, ularning natijalarini tahlil qiladi, ushbu urushlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini aniqlaydi.urushlar tarixi sohasidagi tadqiqotlar har bir sodir boʻlgan urushda xalq ommasi qanday rol oʻynaganligini, iqtisodiy, siyosiy va ahloqiy faktorlarni, qoʻshinning soni va sifatini, qurollanish va harbiy texnikani, qoʻmondonlik san’atining darajasini koʻrsatib beradi. Urushga tayyorgarlik, sharoit yaratish va urush olib borish tarixini oʻrganish ajdodlar tomonidan toʻplangan boy harbiy tajribalarni umumlashtirish imkoniyatini beradi. Bularni oʻrganib va tahlil qilish orqali harbiy-tarixiy fan urushlar, janglar va toʻqnashuvlarning borishi va oqibatiga ta’sir qiluvchi faktorlarni koʻrsatib beradi, ular ichida eng hal qiluvchilarni aniqlab beradi. Urushlar tarixi hozirgi zamon harbiy teoriyasi muammolarinini hal qilishda xulosa va saboqlar chiqarish uchun boy materiallarni oʻzida namoyon etadi.

Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish