1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

Kanalizaciya tarmoqlari
. Bu tarmoqlar barcha turar joy binolariga, 
jamoat muassasalariga va shuningdek ko’chalarga o’rnashtirilgan 
trubalardan iboratdir. Bu trubalar yordamida chiqindi iflos suvlar tozalash 
inshootlariga oqiziladi. Kanalizaciya tarmoqlariga bo’lgan umumiy 
sanitariya talabi shuki, ularni bir-birlariga qattiqroq biriktirish, butunligini 
saqlash, tuproq va turar joylarni ifloslanishdan yoki kanalizaciya 
trubalariga biror narsa tiqilib qolishidan asrash va boshqalar. Kanalizaciya 
trubalarida suyuq chiqindi axlatlargana harakatlanadi, shuning uchun ham 
ba’zan kanalizaciyaga paxta, latta, qog’oz, po’choq kabi narsalarning tiqilib 
qolishi suv o’tmay qolishiga sabab bo’ladi. SHu sababli, kanalizaciya 
trubalarini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish uchun 30—50— 100 metr 
masofada yerning relyefiga qarab nazorat qilib turish quduqlari o’rnatiladi. 
Bu quduqlar yordamida trubalar yuqorida aytganmmizdek vaqti-vaqti bilan 
tozalanib turiladi. Kanalizaciya trubalarining bir-biridan farqi ularning 
qanday matyerialdan tayyorlanganida va ularning tuzilishida bo’ladi. 
Xonadonlardan yig’ilgan chiqindi suvlar trubasi umumiy suvlarni 
yig’ish trubasiga, so’ngra uylarning qavatlarini bog’lovchi yo’g’on tik 
trubalarga ulanadi. Uyning eng pastki qavatining tagiga o’rnatilgan 
kattaroq diametrli trubalar yordamida chiqindi suvlar nazorat qilinuvchi 
quduqqa tushiriladi. Qavatlararo o’rnatilgan tik trubaning uchki qismi 
tomning yuqori qismiga, tashqarisiga chiqariladi. Bu truba kanalizaciya 
trubalarida hosil bo’ladigan qo’lansa hidlarni tashqariga olib chiqib ketadi. 
Agar uy binolari ko’chaning qizil chizig’i deb ataluvchi chiziqqa yaqin 
bo’lsa, chiqindi suvlar to’g’ridan-to’g’ri nazorat qudug’iga oqizilavyeradi. 
Nazorat qudug’i orqali bu chiqindi suvlar shoh ko’chalar kanalizaciya 
shoxobchalariga qo’shiladi. SHox ko’chalarga o’rnatilgan kanalizaciya 
shoxobchalari yo’l o’qi bo’yicha joylashtirilib, ular o’z navbatida 


430
kollektorlarga ulanadi. Nohiya kanalizaciya kollektorlari shahar bosh 
kollektorlariga birlashib, oxir pirovardida chiqindi suvlarni kollektorlar 
yordamida tozalash inshootlariga oqiziladi. Xullas chiqindi suvlar shunday 
usul bilan shahar chekkasiga chiqaziladi. 
Xonadonlardagi chiqindi suvlar uchun cho’yan trubalar ishlati-ladi. 
Kanalizaciya trubalarini qulay o’rnatish kerak bo’ladi, shunday qilinganda 
ularni kerak bo’lganda nazorat qilish, ishdan chiqsa tuzatish mumkin 
bo’ladi. SHuning uchun ularni devor tashqarisiga o’rnatiladi. Bu
maqsadda ko’pincha ichki tomoni silliqlangan, kyera- 
mikadan tayyorlangan trubalar ishlatiladi. Kanalizaciya trubalari qiya qilib 
o’rnatiladi. Unda chiqindi suvlarning oqish tezligi sekundiga 70 sm ga teng 
bo’ladi. Trubalarda chiqindi suvlarning oqishi shu tezlikda bo’lsa trubalar 
o’z-o’zidan tozalanadi, ularning devorlarida quyqumlar hosil bo’lishi oldi 
olinadi. Kanalizaciya trubalarida hech qachon suyuqlik to’lib oqmaydi. 
Trubalarda suyuq chiqindilarning to’lib oqmasligi tarmoqlarda kuchli 
bosim bo’lishining oldini oladi va qo’shimcha chiqindi suvlarni vaqt-
bevaqt qabul qilish imkonini yaratadi hamda trubalarda havo oqimining 
bemalol bo’lishini ta’minlaydi. 
Nazorat quduqlari har 50—100 metr masofada binolardan chiqadigan 
kanalizaciya trubalari ulangan joylarda o’rnatiladi. Quduqning tag 
tomoniga yarimoysimon tarnov o’rnatiladi, bu tarnov orqali quduq tubidan 
chiqindi suvlar oqib o’tadi. SHuning uchun ham chiqindi suvlarni oqizib 
keladigan trubaning og’zi va suyuqlikni olib chiqib ketadigan trubaning 
teshigi tarnovga to’g’ri kelishi kerak. Tarnovni yuqori joylashtirish 
mumkin emas, aks holda suv yig’ilib, cho’kma hosil bo’lishiga sabab 
bo’ladi. 
Xo’jalik chiqindi suvlarining harorati yuqoriroq bo’lgani uchun 
kanalizaciya tarmoqlari sovuq iqlimli nohiyalarda 1,5—1,7 metr 


431
chuqurlikda yotqiziladi. O’rta Osiyo, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli 
territoriyalarda 550 mm li quvurlar eng kamida 50 sm chuqurlikda 
yotqiziladi, kichik diametrli trubalar — 30 sm chuqurlikda, ya’ni yerning 
muzlash qavatidan pastroqda, eng uzog’i bilan yer yuzasidan 70 sm 
chuqurlikda yotqiziladi. 
Sanitariya nuqtai nazaridan kanalizaciya tarmoqlari vodoprovod 
trubalaridan pastda yotqizilishi kerak. SHunday qilinganda kanalizaciya 
trubalari tasodifan yorilib ketganda vodoprovod suvlari zararlanishining 
oldi olinadi. Kanalizaciya trubalari vodoprovod trubalari bilan 1,5—3 metr 
oraliq masofada joylashtiriladi. 
Kanalizaciya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini loyiha-lashda yer 
yuzasi relyefini hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda chiqindi suvlarning o’z 
holicha oqishini ta’minlaydigan qiya relyef bo’lsa kanalizaciya trubalari 
yer yuzasiga tozalash inshootlari oldi-dan chiqariladi, boshqa vaqtda 
chiqindi suvlarni haydash uchun maxsus nasoslar qurilishi kerak bo’ladi. 
Nasoslar yordamida chiqindi suvlar o’zi oqib ketishi mumkin bo’lgan 
joygacha oqiziladi. Ammo chiqindi suvlar nasos yordamida oqizilganda 
trubalarda ma’lum darajada bosim hosil bo’ladi. SHuning uchun 
kanalizaciya trubalarining bir-biriga ulangan joyi mustahkam bo’lishi, 
chiqindi suvlar sizib o’tmaydigan qilib o’rnatilishi kerak. Nasos stanciya-
lari qurishda nasos oldiga qo’pol chiqindilarni ushlab qolish uchun simli 
to’r taroqlar o’rnatiladi. Nasos stanciyalari odatda aholiga halal byermasligi 
uchun turar joy binolaridan uzoqroqda quriladi. Nasos stanciyalari oldiga 
chiqindi suvlarni qabul qilish uchun temir-beton moslama — suv 
yig’iladigan hovuz quriladi. Nasos stanciyalari qurilgan joylar 
obodonlashtirilib, daraxtzorlarga aylantiriladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish