1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


ZAHARLI KIMYOVIY MODDALAR GIGIENASI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

ZAHARLI KIMYOVIY MODDALAR GIGIENASI
 
Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida hayotning turli jabhalarida 
kimyo sanoati mahsulotlari keng ko’lamda qo’llanilmoqda. SHuningdek 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishda ham kimyoviy moddalardan 
foydalaniladi. 
Syerquyosh O’zbekistonning o’ziga xos iqlim sharoiti ziroatchilikning 
barcha jabhalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish bilan birga
qishloq xo’jaligi ekinlariga zarar etkazuvchi har xil hasharotlar va 
zamburug’ kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi. Og’ir mehnatlar 
evaziga etishtiriladigan qishloq xo’jalik ekinlariga har xil kanalar, 


442
baktyeriyalar, zamburug’lar, viruslar va boshqa bir qator zararkunandalar 
juda katta zarar etkazishi aniq. 
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida xalq boshiga ocharchilikdek 
kulfatni soladigan, og’ir ofatlarning sababchilaridan biri o’simlik 
zararkunandalari va kasalliklaridir. Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti 
(VOZ) ning bergan ma’lumotlariga qaraganda, dunyo bo’yicha yiliga
qishloq xo’jaligiga har xil turdagi zararkunavdalar etkaza- 
yotgan zarar 75 milliard dollardan oshadi. CHigirtkalar bulutdek yopirilib 
million-million gektar maydondagi ekinzorlarni yo’q qilib 
yuborayotganligi haqida ma’lumotlar olingan. Butun-butun o’rmonlar, 
mevazor bog’lar, tokzorlar hasharotlar tufayli kasallikka uchrab qurib 
ketmoqda. Qishloq xo’jalik zararkunandalari va kasalliklariga karshi 
kurashning qanchalik muhim ekani shundan ko’rinib turibdi. O’simliklarni 
ofatlardan saqlashda yaxshi yordam byeruvchi pesticidlar hamda minyeral 
o’g’itlar qishloq xo’jaligiga katta foyda keltiradi. 
Butunittifoq o’simliklarni himoya qilish ilmiy tekshirish institutining 
bergan ma’lumotlariga ko’ra, o’simlik zararkunandalari va kasalliklariga 
qarshi kurash chora-tadbirlari yaxshi yo’lga qo’yilganida har yili 
qo’shimcha ravishda 600 ming tonna paxta, 25 million tonna don, 260 
ming tonna qand lavlagi va boshqa qimmatli noz-ne’matlarni etishtirish 
mumkin bo’ladi. 
Hozirda o’simliklarni himoya qilishda kimyoviy va boshqa turli 
omillardan samarali foydalanishning ahamiyati katta bo’lmoqda. 
O’simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish uchun 
ishlatilayotgan kimyoviy vositalarning aksariyati univyersal ta’sir kuchiga 
egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur ta’sirchan kimyoviy moddalarni barcha 
ekin turlarida, har xil tuproq va suvlarda uchraydigan zararkunandalarga
kasallik tarqatuvchilarga, parazitlar va begona o’tlarga qarshi qo’llash 
mumkin. SHuningdek, omborlarni, xonalarni, tegirmon-elevatorlarni va 


443
boshqa inshootlarni dorilashda ham foydalanish mumkin. 
Ayrim ta’sirchan kimyoviy moddalardan o’simliklarning barg-larini 
to’kishda, yana bir turidan o’simlikning o’sishini jadallashti-rishda, mo’l 
hosil olishda foydalaniladi. Jahonning turli mamlakatlarida hozirda 1000 ga 
yaqin turli xil kimyoviy moddalar keng miqyosda ishlatilmoqda. Yiliga 
minglarcha yangi xil kimyoviy moddalar kashf etilib, ularning ma’lum bir 
qismi qishloq xo’ja-ligida qo’llash uchun tavsiya etiladi. Har yili 100 mln 
gektardan ziyod ekinzor va mevazorlarga har xil kimyoviy vositalar bilan 
ishlov byerilmoqda. 
Zaharli kimyoviy moddalarni keng ko’lamda ishlatilishi gigiena fani 
zimmasiga ko’p muammolarni yechish masalasini ko’ndalang qilib 
qo’yadi. Zaharli kimyoviy moddalar o’z nomi bilan zahardir. Mazkur 
moddalarning ta’siri faqatgina hasharotlar, o’simlik kasallik-larini 
chaqiruvchi mikroblar, viruslar uchungina bo’lmay, balki hayvonlar va 
inson uchun ham zararlidir. Keyingi vaqtlarda qishloq xo’jaligida kuchli 
kimyo moddalarning ishlatilishi tabiatda ekologik tashvishlarni keltirib 
chiqarmoqda. Qo’llanilayotgan zaharli kimyoviy moddalar biologik 
jihatdan aktiv ekanligini inobatga olgan holda, shuningdek ular xalq 
xo’jaligida ko’p ishlatilishi munosabati bilan mazkur moddalarning tashqi 
muhitga bo’ladigan ta’sirini hisobga olish lozim bo’ladi. 
Ma’lumki, inson organizmi tashqi muhit bilan uzviy va chambarchas 
bog’langan. Demak, tashqi muhitning zaharli kimyoviy moddalar bilan
zararlanishi (ifloslanishi), o’z navbatida aholi 
sog’lig’iga va barcha jonivorlarga salbiy ta’sirini ko’rsatmay qo’ymaydi. 
SHuning uchun ham zaharli kimyoviy moddalarni xalq xo’jaligida ko’plab 
ishlatishning zararli oqibatlarini oldini olish kerak, shuningdek atmosfera 
havosini, suv havzalari va tuproqni korxonalarning chiqindi hamda 
oqavalaridan asrash yo’llarini o’ylab ko’rish dolzarb muammolardan 
hisoblanadi. 


444
Qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi zaharli kimyoviy moddalarning 
turlari juda ko’p bo’lib, ular o’zining ta’sir ko’lami, kimyoviy tarkibi va 
xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Mazkur ta’sirchan kimyoviy 
moddalarni sinchiklab o’rganish, sinab ko’rish va lozim ko’rilganda 
qo’llanishiga oid tavsiyalarni ishlab chiqishga doir barcha masalalarni hal 
qilishda qishloq xo’jaligi bilan bevosita shug’ullanuvchi Davlat 
qomissiyasi bo’lib, u o’simlik zararkunandalari, kasalliklari hamda begona 
o’tlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurash borasida faollik ko’rsatadi. 
Zaharli kimyoviy moddalarga sanitariya-gigiena jihatidan baho 
berishga aloqador masalalar «Pesticidlar, polimyer va plastik massalar 
gigienasi va toksikologiyasini tadqiq etuvchi sobiq Butunittifoq ilmiy 
tekshirish instituti» tomonidan boshqarib turilgan. Hozirda respublika 
hududida ishlatilishga ruxsat byerilgan zaharli kimyoviy moddalarning 
barchasi toksikologik jihatdan mukammal va chuqur o’rganib chiqilgan. 
Sog’liqni saqlash vazirligining talabiga ko’ra, turli ilmiy muassasalarda 
kashf etilgan, ishlab chiqariladigan, shuningdek xorijiy mamlakatlardan 
xarid etib olinadigan zaharli kimyoviy modda namunalari har taraflama 
chuqur tekshirilmasdan turib qishloq xo’jaligida ishlatishga ruxsat 
etilmaydi. 
Hayotga, qishloq xo’jaligiga tadbiq etiluvchi har bir kimyoviy 
ta’sirchan moddalarga oid maxsus hujjat, metodik tavsiyanomalar, ulardan 
foydalanish yo’llari, qo’llashdagi me’yori, favqulodda zaharlanganda 
ko’rsatiladigan dastlabki tibbiy yordam haqidagi ma’lumotlar bo’ladi. 
Bulardan tashqari, qishloq xo’jaligida qo’llanuvchi zaharli kimyoviy 
moddalarning omborlarda asrash yo’llari, saqlanish muddatini ko’rsatuvchi 
ma’lumotlar ham bo’ladi. 
Zaharli kimyoviy moddalarni qishloq xo’jaligida qo’llash jarayonida 
aholi salomatligini o’ylab va muhofaza etishni nazarda tutib mazkur 
moddalarga nisbatan qo’yiladigan gigienik talablar ham ishlab chiqiladi. 



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish