1. Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari va ularni baholash usullari


Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish



Download 60,55 Kb.
bet4/5
Sana01.03.2023
Hajmi60,55 Kb.
#915435
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Sifat tushunchasi va uni oshirish zaruriyati Mahsulotning sif

4. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, atesstatsiya va nazorat qilish
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir.
Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo‘llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bo‘lib, sifatning optimal ko‘rsatkichlarini, mahsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat’iy belgilashni o‘z ichiga oladi.
Standartlashtirish - bu mahsulot sifatini boshqarishning tashkiliy va normativ asosi hisoblanadi. U barcha normalarni standart, instruksiya, mahsulotni asoslash uchun kerakli shartlar usuli kabi hujjatlarda aks ettiradi.
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur’ati va darajasiga zaruriy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
O‘zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog‘liqdir. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi xalq xo‘jaligi, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
Harakatdagi, mavjud standartlashtirish tizimi quyidagilarni ishlab chiqishga va doimiy faol holatda bo‘lishiga imkoniyat yaratadi:

  • yagona texnik til;

  • mahsulotning muhim texnik tavsifining unifikatsiyalashgan qatorlari, ya’ni o‘lcham ayirmasi (qo‘yim va tushish, kuchlanish, tez-tez qaytalanish va boshqalar);

  • umummashinasozlikda ishlatiladigan buyumlarning tipo-razmer qatorlari va namunali konstruksiyalari (podshipniklar, krepej, kesuvchi asboblar va boshqalar);

  • texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari tizimi;

  • materiallar va moddalar xossalari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar beradigan dalillarni.

  • O‘zbekiston standartlash tizimi xalqaro, regional va milliy tizimlar bilan uyg‘unlashishi kerak va quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  • sifat va mahsulot nomenklaturasi, xizmat va jarayonlar, insonlarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha iste’molchilar va davlat manfaatlarini;

  • mahsulotning mos kelishining o‘zaro almashuvi, ya’ni bir-birini almashtira olishini;

  • inson va moddiy resurslarni tejashga ko‘maklashish hamda ishlab chiqarishni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashni;

  • ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yirik loyihalarning normativ-texnik bazasini yaratishni;

  • ishlab chiqarishda va savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishni dunyo bozorida mahsulot raqobatbardoshligini, xalqaro mehnat taqsimotida samarali qatnashishini va h.k.larni ta’minlashi kerak.

Standartlashtirish bir qator tamoyillarga asoslanadi:

  • tarmoqlanish - bir xil umumiy xususiyatga ega bo‘lgan narsalar, jarayonlar, munosabatlar, tatbiq etish mumkin bo‘lgan obyektlar doirasini aniqlaydi;

  • variantlilik - oqilona xilma-xillik, rang-baranglikni yaratish - standartlashgan obyektga kiruvchi standart elementlarning oqilona turlari minimumini ta’minlaydi;

  • tizimlilik - standartga tizim elementi sifatida qaraydi;

  • o‘zaro almashuvchanlik - texnikaga muvofiq turli vaqt-makonning turli nuqtalarida tayyorlangan bir xil detallarni yig‘ish yoki almashtirishni nazarda tutadi.

Standart deganda nima tushuniladi?
Standart inglizcha «standard» so‘zidan olingan bo‘lib, norma, namuna, o‘lcham ma’nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan obyektga qo‘yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar, talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat. Standart inson faoliyatining barcha sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, qishloq xo‘jaligiga, qurilishga, transport va aloqaga, ta’lim va boshqa sohalarga taalluqlidir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash tizimi (DST) shakllandi va u O‘zbekistonda standartlar tuzish, izoxlash va tarqatish jarayonlarini tartibga keltirdi.Bu borada O‘zbekiston Standartlashtirish, meteorologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») olib borayotgan keng ko‘lamli ishlarni alohida e’tirof etish joiz.
«O‘zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat darajasini belgilovchi, ko‘rsatkichlar raqobatdoshligini ta’minlovchi, ishlab chiqaruvchilarga yetarli miqdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir.
«O‘zstandart» agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «Sifat menejmenti va mahsulotlarni sinash» tizimi mahsulot sifat ko‘rsatkichini baholash bilan birga meyoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish talablarini o‘rnatadi.
Hozirgi kunda Davlat standartlash tizimi (DST) beshta asosiy standartlarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar;
2. Tarmoq standartlari.
3. Texnik shartlarni kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi;
4. Korxonaning standartlari. Umumiy qoidalar.
5. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan Xalqaro standartlashtirishning roli, ahamiyati beqiyos darajada kuchaydi. Chunki, xalqaro standartlashtirish ilmiy-texnika va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga katta imkoniyat yaratadi. Ular xalqaro aloqalarni kengaytirishga, mavjudlarini takomillashtirishga yordam beradi. Hozirgi kunda jahonda 400 dan ortiq Xalqaro va regional (hududiy) tashkilotlar mavjud (2000 yil). Standartlashtirish sohasida yirik xalqaro tashkilotlar – BMTga qarashli Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YEEKOON), standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro tashkilot (ISO) ishlab turibdi.
Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni sertifikatlashtirish masalasi muhim o‘rin tutadi.
Mahsulotni sertifikatlashtirish, uning aniq belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar.
Sertifikat lotincha «certificatis» so‘zidan olingan bo‘lib, tasdiqlangan degan ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug‘urta shartnomasida uning shartlari yoziladigan hujjat; to‘rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini tasdiqlaydigan hujjat; beshinchidan, qishloq xo‘jaligida urug‘lik navini va sifatini tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bo‘lmagan taqdirda urug‘lik (oddiy) navsiz don sifatida qabul qilinadi.
Muvofiqligini tasdiqlash jarayonida bajariladigan operatsiyalar, ya’ni har bir ayrim ish faoliyatlarini quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:

Sertifikatsiya






3.2. Ishlab chiqarishdan tanlab olingan nusxani sinab ko‘rish

3.3. Ishlab chiqarish ustidan inspeksion nazorat

1.3. Har bir nusxani

2.2. Ишлаб чиқариш сертификацияси

1.2. Partiyadan tanlab olinganini

3.1. Savdoda tanlab olingan nusxani sinab ko‘rish

Download 60,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish