1. Sotsial psixologiyada shaxs muammosi. ―Men ‖ konsepsiyasi. ―Men‖ obrazi Ijtimoiy tafakkur Ijtimoiy ong. Shaxslararo munosabatlarning emotsional asosi Sotsial ustanovka tushunchasi. Adabiyotlar



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana03.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#631604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
6-mavzu.Sotsial va shaxslararo munosabatlar

birinchi 
nuqtai 
nazari 
– 
intraindivid shaxsiy atributsiya: shaxs sub‘ektning o‗ziga xos bo‗lgan xossasi 
sifatida tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan 
holatda bo‗ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar
– shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va 
mavjudlik sohasi bo‗lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi 
sifatidagi interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko‗rib 
chiqishning 
uchinchi 
nuqtai 
nazari 
– 
metaindivid shaxsiy atributsiya. Ushbu holatda individning o‗z faoliyati orqali 
boshqalarga ko‗rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta‘siri ko‗zda tutiladi. SHaxsga 
yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim 
xususiyatlarini faqat o‗zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif 
etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda tasavvur etilishi, ularning o‗zga 
turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati – sub‘ekt faoliyati yoki uning 
hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va affektiv-
ehtiyojiy sohasidagi real faol o‗zgarishlardan iborat. Bunday holatda gap shaxsning 
boshqalarda o‗z hayotini davom ettirishi mumkin bo‗lgan faol jarayon haqida, 
boshqalarda o‗zining davomiyligini ko‗ra bilishi haqida ketadi. Individ o‗limidan 
so‗ng shaxs butunlay yo‗qolib ketmasdan o‗zgalar hayoti bilan davomiyligini 
saqlab 
qoladi. A.S.Pushkin so‗zlarini 
esga 
olsak: 
«Yo‗q, butunlay 
o‗lmayman … dunyoda bitta bo‗lsa ham shoir qolmagunicha».


SHaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko‗rinishda tasavvur etish mumkin
(1 rasm).
Inson shaxsidagi biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi – hozirgi zamon 
psixologiyasining markaziy muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga 
kelishi va taraqqiyoti jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar 
o‗rtasidagi mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lgan aloqalar ko‗rib chiqildi. Psixik taraqqiyot 
to‗laligicha ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo‗lgan muayyan jarayon sifatida, 
ham faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ularning 
intividga ko‗rsatadigan parallel ta‘sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. 
SHunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlarni turli xilda izohlovchi 
konsepsiyalarning bir nechtasini ajratish mumkin. 
Psixik taraqqiyotning ichki ta‘sir natijasida vujudga kelganligini isbot qiluvchi 
konsepsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar bilan bog‗liq 
bo‗lmagan, o‗zining ichki qonunlariga to‗laligicha bo‗ysunadigan hodisa sifatida 


o‗rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik 
faoliyatning qandaydir «sig‗imi» sifatida o‗rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar 
ko‗proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e‘tirof etuvchi mualliflar ishlarida 
uchratamiz. 
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir 
bo‗ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‗rganiladi. Bu konsepsiyalarga 
asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari 
biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa biologik 
qonunlarga bo‗ysunadi. Ko‗p hollarda bu konsepsiyalarda psixik taraqqiyotni 
tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni qo‗llaniladi, bu 
qonunga ko‗ra, individ taraqqiyoti o‗zi tegishli bo‗lgan tur evolyusiyasining asosiy 
ko‗rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e‘tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda 
mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‗lmasligi, barcha ruhiy hodisalarni biologik 
(fiziologik) tushunchalar yordamida ta‘riflash yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi 
fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning fiziologlar o‗rtasida juda keng 
tarqalganligini alohida ta‘kidlab o‗tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai 
nazarning tarafdori edi. 
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‗lib, ular ham rekapitulyasiya 
g‗oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‗zgacha tarzda namoyon bo‗ladi. Ushbu 
konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy 
rivojlanishi, avvalambor, ma‘naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining 
asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‗z tasdig‗ini topgan. 
SHunga o‗xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. SHtern yanada yorqin tarzda 
ifodalagan. U taklif etgan ta‘limotda rekapitulyasiya tamoyili ham hayvonlar psixikasi 
evolyusiyasini, ham jamiyat ma‘naviyatining taraqqiyoti tarixini qamrab oladi. Uning 
yozishicha: «Inson individi go‗daklik davrining birinchi oylarida tuban hissiyotlarning 
ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi 
bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish 
faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki 
yoshda gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so‗ng oddiy insoniy holatga 
erishadi. O‗yin va ertaklarning birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida 
turadi. So‗ngra maktabga o‗qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma‘lum 
majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy 
tashkilotlarga ega bo‗lgan madaniyatga a‘zo bo‗lishining ontogenetik 
taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida ko‗hna va qadimgi olamning 
oddiy mazmuni bola ruhiga o‗ta mutanosibdir, o‗rta maktab yillarida diniy 
madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat etuklik davrida YAngi davr 
madaniyati holatiga mos keluvchi ma‘naviy darajalarga erishiladi». 
Lekin, fikrimizcha, bunday o‗xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda 
tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‗ziga xos bo‗lgan ta‘lim va 
tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlarning har bir avlodi jamiyatning 
ma‘lum bir rivojlanish bosqichiga to‗g‗ri kelib, o‗sha bosqichda tarkib topgan ijtimoiy 


munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun insonga o‗z taraqqiyotida bosib o‗tilgan 
tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‗rinishda takrorlab o‗tirish shart emas. 
Odamning ma‘lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim 
tomonidan inkor etilmaydi. SHu bilan birga, inson ma‘lum ijtimoiy muhitda tug‗ilgani 
uchun faqat biologik ob‘ekt sifatida emas, balki, ma‘lum jamiyat vakili sifatida ham 
rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‗zaro ta‘sirda bo‗lganliklaridan 
psixologiya uchun o‗zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash muhimdir. 
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‗p sonli 
tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang‗ich sharti uning biologik 
rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi 
bo‗lgan ma‘lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‗plami bilan dunyoga 
keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud bo‗lgandagina 
amalga oshishi mumkin. 
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‗zaro faoliyati va 
o‗zaro ta‘siri muammosini ko‗rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish 
mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. SHunday qilib, 
shuni ko‗zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik – ruhiy – ijtimoiy» o‗zaro 
ta‘sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi biologik – ruhiy –
ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi. 
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini 
tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli 
mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu muammoga qarashlari quyidagi 
asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida 
ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‗lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar 
shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma‘nosida ko‗rib chiqilishi lozim. SHu munosabat 
bilan biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi 
sifatida namoyon bo‗ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu 
tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar doirasida 
shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili 
sifatida, ham jamiyat a‘zosi sifatida munosabatda bo‗ladi. SHu bilan birga, bu 
tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm 
tushunchasida – inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, shaxs tushunchasida 
esa – insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. Uchinchidan, psixologiya 
shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs – individning ijtimoiy sifati 
ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam inson jamiyatining a‘zosi sifatida namoyon 
bo‗ladi. Individning bu sifati jamiyatdan tashqarida mavjud bo‗lolmasligidan, 
«individ – jamiyat» munosabatlari tahlilidan tashqarida tushunish etish mumkin emas. 
Individ shaxsiy xususiyatlarining ob‘ektiv asosi bo‗lib, uning o‗zi yashab, rivojlanib 
kelayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to‗rtinchidan, 
shaxsning shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda 
ma‘lum tarixiy bosqichda tarkib topgan ijtimoiy dasturlarning o‗zlashtirilishi sifatida 
ko‗rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu jarayonning maxsus ijtimoiy 


institutlar, birinchi navbatda, ta‘lim va tarbiya tizimi yordamida yo‗naltirilishini 
ko‗zda tutish lozim. 
Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosani keltirish mumkin: individ 
taraqqiyoti xususiyatlarini belgilovchi omillar tizimli xususiyatga ega bo‗lib, 
yuqori dinamika bilan ajralib turadilar, ya‘ni, rivojlanishning har bir bosqichida 
turli xil o‗rinlarni egallaydilar.
SHaxs psixologiyasi taraqqiyotini uch davrga ajratish mumkin, bular: 
falsafiy-adabiyot, klinik va tajribaviy.
Tadqiqotlarning birinchi davri qadimgi allomalarning ishlari bilan boshlangan 
bo‗lib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Falsafiy-adabiyot davrida shaxs 
psixologiyasining asosiy muammolari insonning ahloqiy va ijtimoiy tabiati 
haqidagi masalalardan iborat bo‗ldi. SHaxs haqidagi birinchi ta‘riflar etarli 
darajada kengroq edi. Ular o‗z ichiga insonda mavjud narsalarni va shaxsan 
o‗ziniki bo‗lgan: uning biologiyasi, psixologiyasi, mol-mulki, hulq-atvori, 
madaniyati va h.k.larni jamlagan edi.
XIX asrning birinchi o‗n yilliklarida shaxs psixologiyasi muammolari bilan 
faylasuflar bilan bir qatorda shifokor-psixiatrlar ham shug‗ullana boshladi. Ular 
birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda 
kuzatuvlar olib bordilar, uning hulq-atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida 
bemor hayoti tarixini o‗rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda 
odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‗ldi. Keyinchalik ular tomonidan 
aniqlangan o‗ziga xos xususiyatlar sog‗lom odamlarning deyarli barchasida 
mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‗ta kuchli tarzda 
ifodalanishi 
aniqlandi. 
Bu, 
masalan, 
xavotirlik 
va 
rigidlik, 
zatormojennosti va qo‗zg‗aluvchanlik holatlariga tegishlidir.
SHaxsni aniqlash qirralari shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar 
bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, 
ham aksentuirovannuyu 
shaxsga 
ta‘rif 
berish mumkin 
edi. SHunga 
qaramasdan, ushbu yondoshuv psixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb 
hisoblanmaydi. Bunday yondoshuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta‘riflash uchun 
juda qisqa va etarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq 
ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‗lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan 
edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, ahloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini 
keltirish mumkin.
XX asrning dastlabki o‗n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson 
holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‗ullanayotgan psixologlar 
tomonidan o‗rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal 
olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega 
bo‗lish maqsadida ma‘lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash 
qo‗llanildi. SHu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib 
shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi 
navbatdagi vazifa bo‗lib qoldi.
SHaxsga tegishli bo‗lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan 
yondoshuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S. Nemov shaxsga doir 


nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‗ladigan 
besh ko‗rsatkich bo‗yicha baholanishi mumkin. Bularga hulq-atvorni tushuntirib 
berish usuli; shaxs haqida ma‘lumotlarga ega bo‗lish usuli; shaxsga burchak 
ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab beruvchi tushunchalar kabi 
ko‗rsatkichlar kiradi.
Mavjud bo‗lgan shaxs nazariyalarining barchasini hulq-atvorni tushuntirib 
berish usuli bo‗yicha 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish