1. Tibbiyotda etika va deontalogiya tamoyillari  Etika



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/38
Sana12.01.2023
Hajmi2,16 Mb.
#899031
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
Bog'liq
tibbiy kasbga kirish oraliq javoblari (1)

Suv bilan davolash
, gidroterapiya — davolash, gigiyena va profilaktika maqsadida suvdan 
foydalanish. Bu muolaja qadimdan maʼlum. 19-asrga kelib ilmiy jixatdan asoslab berildi. Suv 
bilan davolashd. muolajalari dush vannalar, yuvinish, badanni xoʻl sochiq bilan ishqalab artish, 
boshdan suv quyish, hoʻl choyshabga oʻralib yotishdan iborat.
Suv bilan davolashd.da teridagi nerv oxirlari (retseptorlar)ga suvning temperatura, mexanik va 
kimyoviy omillari taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsirotlar reflektor ravishda markaziy nerv sistemasi 
orkali organizmning barcha aʼzolari va sistemalarida javob reaksiyasini paydo qiladi. Xususan, 
kasal aʼzoda juda kuchli reaksiya paydo boʻladi. Garchi koʻpchilik suv muolajalarini uy 
sharoitida mustaqil ravishda oʻtkazish mumkin boʻlsada, biroq ularni faqat vrach tavsiya etishi 
lozim. U har bir bemor organizmining funksional imkoniyatlariga va reaktivligiga mos keladigan 
muolajalarni tanlab beradi. Suv bilan davolashd. muolajalarida suv temperaturasi ning 
qoʻzgʻatuvchi taʼsiri asosiy oʻrinni egallaydi. Muolaja uchun sovuq suv (20° gacha), salqin, yaʼni 
indifferent suv (20—33°), iliq (37—39°) va issiq suv (40—42°) ishlatilishi mumkin. Tra 
omilining taʼsiri odam gavdasi bilan suv oʻrtasida issiqlik energiyasi almashinuvi sodir 
boʻlishiga asoslangan. Suv bilan davolashd.ning asosiy maqsadlaridan biri tabiiy omillardan 
foydalaniladigan boshqa davo usullaridagi kabi organizmni tetiklantirishdan iborat. Bunga 
muolajani toʻgʻri dozalash yoʻli bilan erishiladi.
Teriga sovuq va salqin suv bilan taʼsir qilinganda undagi mayda tomirlar siqiladi, issiqlik 
yoʻqolishi kamayadi. Teri tomirlarining torayishi qon oqishiga qarshilikni kuchaytiradi, bu esa 
yurak qisqarishlarini tezlashtiradi va zoʻraytiradi, qon bosimi bir oz oshadi. Sovuq suv nerv 
sistemasiga qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi. Bunda teri oqaradi va ushlab koʻrilganda sovuq 
tuyuladi (reaksiyaning birinchi fazasi). Sovuq suv bilan taʼsir qilish davom ettirilaversa, terining 
toraygan tomirlari kengayadi, bunda tomirlar devori muskulaturasi tonusi oshadi va qon oqimi 
tezlashadi. Bu organizmning issiqlik yoʻqotishiga va moddalar almashinuvining kuchayishiga 
olib keladi. Teri qizaradi va ushlab koʻrganda iliq tuyuladi (reaksiyaning ikkinchi fazasi). Bemor 
ilib, juda rohatlanadi, yengil tortadi va tetik boʻladi. Sovuq va salkin suv taʼsirini mexanik 
taʼsirot — ishqalash, uqalash bilan qoʻshib olib borilsa, rohatbaxsh sezgi paydo boʻladi.
Indefferent, yaʼni gavda temperaturasiga yaqin temperaturadagi suv tinchlantiruvchi taʼsir 
koʻrsatadi, biroq muolajaning uzoq davom etishi odamni xrldan toydiradi.
Iliq suv nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquning yaxshilanishiga yordam beradi.
Issiq suv taʼsirida dastlab teri tomirlari qisqa muddatga torayadi. Bunda yurak urishi tezlashadi, 
kon bosimi bir oz oshadi, koʻp ter chiqadi. Keyin teri tomirlari juda kengayib ketadi, biroq tana 
ancha issiq suv ichida boʻlganidan issiklik ajralmaydi. Bu muolajada yurak tomir sistemasiga 
zoʻr kelishi sababli qon aylanishining buzilishi, stenokardiya, gipertoniya kasalligida, 
shuningdek, roʻyi rost aterosklerozda issiq suv muolajalari buyurilmaydi.
Suv bilan davolashd.da temperatura taʼsirini, muolaja davomliligini, taʼsir etish maydonini 
oʻzgartirish yoʻli bilan organizmning qator aʼzolari va sistemalarida turli reaksiyalarni paydo 
qilish mumkin.
Suv bilan davolashd. muolajalarida temperatura omili bilan bir katorda mexanik omil — suv 
bosimi (umumiy vanna qabul qilishda) va uning oqimidan gʻam (dush, choʻmilishda) 
foydalaniladi. Buning taʼsirida maʼlum darajada terida va ichki aʼzolarda qon aylanishi 


oʻzgaradi; teri venalari bosiladi va yurakka qon oqib kelishi ancha ortadi va qorin boʻshligʻidan 
qon oqib ketishi kuchayadi. Zarurat boʻlganda (davo maqsadiga qarab) mexanik qoʻzgʻatishni 
qoʻshimcha tazyiq — uqalash, massaj yoki suvni tegishli bosim ostida yuborishga imkon 
beradigan maxsus moslamalar qoʻllash yoʻli bilan kuchaytirish mumkin.
Oddiy (chuchuk) suvning kimyoviy qoʻzgʻatuvchi taʼsiri juda kam, mineral suvlar, dengiz suvi 
(qarang 
Balneoterapiya
), shuningdek, davo maqsadida terini taʼsirlash uchun moddalar (turli 
ekstratlar va boshqalar) qoʻshilgan suv ancha kuchli taʼsir koʻrsatadi.
Suv bilan davolashd. organizmni chiniqtirish, shuningdek, baʼzi kasalliklarni davolashda yaxshi 
naf beradi. Mas, sovuq suv bilan oʻtkaziladigan muolajalar nerv va yuraktomir sistemasi 
funksiyasining baʼzi buzilishlarida, moddalar almashinuvini oshirish maqsadida (mas, yogʻ 
bosishda) buyuriladi. Issiq Suv bilan davolashd. turli surunkali yalligʻlanish kasalliklarida 
qoʻllanadi (yana qarang 
Vannalar
).

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish