1. Tibbiyotda etika va deontalogiya tamoyillari  Etika



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/38
Sana12.01.2023
Hajmi2,16 Mb.
#899031
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
tibbiy kasbga kirish oraliq javoblari (1)

Vannalar
— gigiyena va davolash-profilaktika maqsadida qoʻllaniladigan muolajalar. Suv 
(qarang Suv bilan davolash), balchiq (qarang Balchiq bilan davolash), qum (qarang Qumga 
tushish), havo (qarang Havo va quyosh vannalari) vannalari boʻladi. Koʻproq umumiy Vannalar 
qoʻllaniladi. Oddiy suv vannalarida badanni suvga koʻmib yotiladi. Suv haroratiga qarab sovuq 
(22" gacha), iliq (33-36°), issiq (37-39°), qaynoq Vannalar; tarkibiga koʻra chuchuk suvli, tabiiy 
mineral suvli Vannalar, tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan gazli (karbonat angidridli, 
kislorodli, azotli), mineralli (karbonat angidridli, vodorod sulfidli, radonli, yodbromli, yana q. 
Balneoterapiya), dorivor (mas., xantalli, kraxmalli va h.k.), shuningdek xushboʻy (ignabargli 
daraxt ekstrati solingan) Vannalardan foydalaniladi. Vannalar vaqtiga koʻra qisqa muddat (1—5 
min.), odatdagi (10—15 min.) va uzoq muddatli (30 min. —1 soat) boʻladi. Vanna qabul 
qilinganda nerv sistemasi analizatorlarining teridagi periferik reseptorlariga temperatura. 
mexanik va kimyoviy omillar taʼsir koʻrsatadi. Vannalar, odatda, massaj, elektr bilan davolash 
va b. davo muolajalari bilan birga qoʻllaniladi. Gigiyenik Vannalarni uy sharoitida ham qilish 
mumkin. U terining fiziologik faoliyatini kuchaytiradi, jumladan ter va yogʻ bezlarining ishini, 
terining nafas olishini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Gigiyenik Vannalar haftada 1—2 
marta 20—30 min.dan qabul qilinadi. Davo Vannalari, odatda, mustaqil davo usuli boʻlmay, 
balki bemorni umumiy davolash tizimiga kiradi. Davo Vannalar oddiy Vannalar kabi qabul 
qilinadi. Suvga butun badan koʻmilib turadi, bosh, boʻyin, yurak sohasi ochiq qoladi. Mahalliy 
Vannalar koʻpincha qoʻl yoki oyoqqa buyuriladi, uni oʻtirib qabul qilinadi. Davo Vannalarining 
muddati suvning tarkibiga qarab belgilanadi. Vannalarning asosiy taʼsir etuvchi omillari nisbatini 
oʻzgartirib, har xil miqdordagi suvdan foydalanib (umumiy, mahalliy Vannalar) temperaturasi va 
muddatini turlicha olib, organizmga qoʻzgʻatuvchi va tonusni oshiruvchi yoki tinchlantiruvchi 
taʼsir koʻrsatish, moddalar almashinuvini kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. Sovuq va salqin 
suvli Vannalar organizm tonusini oshirib, yurak-qon tomir hamda nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, 
moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Iliq suvli Vannalar ogʻriqni kamaytiradi, muskullarni 
boʻshashtiradi, asabni tinchlantirib, uyquni yaxshilaydi. Issiq suvli Vannalar ter chiqishi va 
moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Dorivor Vannalarni koʻpincha uy sharoitida ham qoʻllash 
mumkin. Oʻtirib qabul qilinadigan Vannalarni qabul qilishda shunga moʻljallangan maxsus 
vannadan yoki uy sharoitida chuqur togʻoradan foydalaniladi. Vannalarni mutaxassis shifokor 
tavsiyasiga koʻra qabul qilish lozim, aks holda davo koʻngildagidek natija bermasligi mumkin. 
Bolalarga davo Vannalar buyurilganda bolalar organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlarini, 
shuningdek ularning hali bir qator aʼzo va sistemalari funksional yetilmaganligi, issiqqa 
taʼsirchanlikning mukammallashmaganini nazarda tutish lozim. Bolalar badani issiq-sovuqni 
juda tez sezadi, shuning uchun Vannalarga tushirishda alohida eʼtibor talab etiladi. Davo 
Vannalar qabul qilinadigan kuni toliqmaslik, vannadan keyin yotib dam olish tavsiya etiladi. 
Vannalarni kun oralatib yoki shifokor tavsiya etgan kunlardagina olish kerak. Umumiy davo 
Vannalarni nahorga va ovqatdan keyin bir oz vaqt oʻtmasdan qabul qilish yaramaydi, sovuq 


paytlarda vanna qabul qilingandan keyin shamollab qolmaslik uchun qalinroq kiyinib olish 
lozim. 
34.Davalovchi ovqatlantirish haqida tushuncha. 
35.Xirurgik bemorlarni oziqlantirish turlari. 
36.Tabiiy ovqatlantirish haqida tushuncha. 
37.Sun’iy ovqatlantirish haqida tushuncha. 
Оvqatlanish оrganizmning eng muxim fiziоlоgik extiyoji xisоblanadi

U:
1. Xujayra va to’qimalarning tuzilishi va tuхtоvsiz yangilanishi uchun;
2. Оrganizm sarflagan enеrgiyasini qоplash uchun enеrgiya manbai sifatida;
3. Mоddalar almashinuvidagi kеrak bo’lgan fеrmеnt, gоrmоn va bоshqa mоddalar xоsil qilish uchun.
Barcha xujayra, to’qima va оrganlarning mоddalar almashinuvi, funktsiyasi va strukturasi оvqatlanish 
хaraktеriga bоg’liqdir.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish