OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Televizion texnologiyalar fakulteti PED001-2guruh Pedagogika va Psixologiya fanidan
1-Topshiriq
Bajardi: Ziyobiddinov Jamshid
TOSHKENT – 2022
1-Topshiriq
Tarbiyada oilaviy munosabatlar haqida gapirib bering?
Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlarga nimalar kiradi?
Tarbiyada oilaviy munosabatlar haqida gapirib bering?
Bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, yangi hayot, yangi jamiyat qurishga kirishdi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin – demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori barpo etildi. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda ulkan o’zgarishlar amalga oshirildi. Davlatimiz dunyodagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o’rin egallay boshladi.
XXI asrning dastlabki yilidanoq ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish – O’zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo’lidagi bosh g’oyasiga aylandi. Asosiy maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilish, jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etish, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptirish bo’lib qoldi. Albatta, milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi va uning maqsadlarini o’quvchi – yoshlar ongiga singdirishda ta’lim – tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila – jamiyat negizi bo’lib, ko’p asrlik mustahkam ma’naviy manbalarga ega.
Zero, insonning taqdiri ham, kelajakdagi yutuqlari ham, kasb tanlashi ham, axloqli – odobli bo’lishi ham oilaga bog’liqdir. Chunki, farzandlarimizning yaxshi xulqi, axloqi oilada kamol topadi.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyat hayotida milliy qadriyatlarni tiklash va ular asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustivor yo’nalishiga ko’tarildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida turish huquqiga ega” deb ta’kidlanishi bilan birga ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetganlariga qadar boqish va tarbiyalashga, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majbur ekanliklari 64, 66 – moddalarda ko’rsatilgan.
Darxaqiqat, oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash kelajagimiz garovidir. Shuning uchun ham bolalarda yoshligidanoq milliy urf-odatlar, udumlar, an’analar va axloqiy madaniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish, oilaga bog’liq. Bolaning pok va sof sadoqat, ma’naviy jihatdan yuksak bo’lib o’sishi, oilaga oiladagi mustahkam, tinch va totuvligiga bog’liq. Chunki, unda tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma’naviy jihatdan yetuk, sog’lom, mustaqil fikrli komil inson bo’lib voyaga yetadi. Albatta bolaning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi oila totuvligi, uning davomiyligi oila a’zolarining ruhiyatiga o’zligini qanchalik darajada anglaganligida, o’z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo’lgandagina to’laligicha ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |