1. Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 97,02 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi97,02 Kb.
#577559
  1   2
Bog'liq
1778 20.03.2008 (1)




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRINING
BUYRUG‘I
UMUMIY O‘RTA TA’LIM OLUVChILARNING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman:
1. Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri T. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 4-mart,
56-son
Xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-son qarori asosida umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi o‘rinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) o‘tkazish jarayonini tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2021-yil 27-dekabrdagi 38-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-3, 22.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/1778-3/0072-son)
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (bundan keyingi o‘rinlarda maktab deb yuritiladi) bitiruvchilari uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan o‘tish majburiydir, mazkur Nizomning III-bo‘limida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
3. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarning bajarilishi bo‘yicha yakuniy attestatsiya yozma, og‘zaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi o‘quv dasturi asosida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.
4. Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.
5. Shartnoma asosida maktablarda tahsil olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yakuniy attestatsiyaga mazkur Nizomning 4-bandi asosida qo‘yiladilar.
II. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish tartibi
6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, shakli va muddatlari har o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (bayon yoki insho mavzulari, matematika bo‘yicha topshiriqlar, og‘zaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan o‘tkazilib tasdiqlanadi. Test materiallarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari qatnashishi mumkin.
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida pedagogik kengashning qarori bilan tegishli fandan qo‘shimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin. Imtihon biletlari, test topshiriqlari maktab metodik birlashmalari tomonidan tayyorlanadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
8. Maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini shu maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiya komissiyasi muvofiqlashtiradi.
9. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha javobgarlik maktab yakuniy attestatsiya komissiya raisi zimmasida bo‘ladi.
10. Yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan har bir fandan maktab direktorining buyrug‘i bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda yakuniy attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tayinlanadi:
o‘quv fani bo‘yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi — maktab direktori, uning o‘rinbosari yoki maktab o‘qituvchisi;
sinfda mazkur fandan dars bergan o‘qituvchi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli fan yoki unga yaqin bo‘lgan fan o‘qituvchisidan bitta assistent;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli fan bo‘yicha yakuniy attestatsiyani tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik mazkur fan bo‘yicha tuzilgan yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fandan dars bergan o‘qituvchi shu sinfga yakuniy attestatsiya komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ota-onalar qo‘mitasi vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi. Ushbu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
12. O‘quv fani bo‘yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolarining vazifalari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
13. Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
o‘quv fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya oralig‘i ikki kundan kam bo‘lmasligi kerak;
jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya o‘tkaziladi.
14. Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorug‘ xonalar ajratiladi.
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o‘tqaziladi.
15. Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Og‘zaki yakuniy attestatsiyadan o‘tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda o‘tkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bitiruvchilarga yozma va og‘zaki yakuniy attestatsiyada foydalanish uchun maktab shtampi tushirilgan toza varaqlar beriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ona tili va adabiyot fanidan yoziladigan bayon yoki insho mavzulari hamda matematikadan topshiriqlarni tanlash, yakuniy attestatsiya boshlanishidan oldin, barchaning ishtirokida topshiriq raqami solingan konvertni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bayon yoki insho mavzusi va matematikadan topshiriqlar sinf doskasiga aniq, tushunarli holda yozib qo‘yiladi (topshiriqlar har bir bitiruvchiga alohida variant sifatida berilmagan hollarda).
(17-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyada bayon yoki insho yozish davrida bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya komissiyasining roziligi bilan yozayotgan bayon yoki insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
19. Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo‘lganligi belgilab qo‘yiladi.
20. Bitiruvchi o‘z ishining xomaki nusxasini yozma ish bilan birga yakuniy attestatsiya komissiyasiga topshiradi. Belgilangan vaqtda yozma ishni tugallay olmagan bitiruvchilar uni tugatmagan holda topshiradilar.
21. Yakuniy attestatsiya tugaganidan so‘ng yozma ishlar yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan shifrlanadi va komissiya a’zolari ularni maktabdan chiqmagan holda tekshiradilar. Tekshirib ulgurilmagan yozma ishlar saqlash uchun maktab direktoriga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan bayonlari, insholari va matematika bo‘yicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan taqriz yoziladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
22. Bitiruvchi tomonidan yozilgan bayon yoki insho uchun ikkita baho qo‘yiladi:
birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun;
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qo‘yiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos bo‘ladi.
23. Yozma ishlarning baholari navbatdagi yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan kunga qadar e’lon qilinadi.
24. Maktabni “a’lo” darajali shahodatnoma bilan bitirishga da’vogarlik qilayotgan bitiruvchilarning yozma ishlarini imtihon komissiyasi a’zolari yakuniy attestatsiya yakunlangan kun davomida tekshirib, baholaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bitiruvchilarga ona tilidan bayon yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Bitiruvchilarga og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari bo‘yicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari bitiruvchining javoblarini diqqat bilan bo‘lmasdan tinglaydilar. Bitiruvchiga biletda qo‘yilgan topshiriqlar doirasida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
27. Bitiruvchilarning og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan baholari shu sinfda yakuniy attestatsiya yakunlanishi bilanoq ularga ma’lum qilinadi.
28. Bitiruvchi og‘zaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi. Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin ikki hafta o‘tgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin.
29. Har bir fan bo‘yicha og‘zaki yoki yozma yakuniy attestatsiya o‘tkazilgach, yakuniy attestatsiya komissiyasi barcha bitiruvchilarga yillik va yakuniy attestatsiya baholari asosida yakuniy baholarni qo‘yadilar. Bunda, bitiruvchining yillik va yakuniy attestatsiya bahosining o‘rtachasi olinib yaxlitlanadi. Yakuniy attestatsiyada “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchiga “qoniqarli” yakuniy baho qo‘yilmaydi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning baholarini yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritadi. Yakuniy attestatsiya bayonnomasi ushbu fan bo‘yicha belgilangan yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.
30. Bitiruvchilarga yozma yoki og‘zaki yakuniy attestatsiya bo‘yicha baho qo‘yish yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari o‘rtasida ovozga qo‘yish asosida hal etiladi.
Ovozlar teng bo‘lgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolarining alohida fikrlari yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritiladi.
31. Tibbiy muassasalarda davolangan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy baho qo‘yishda shifoxona qoshida tashkil etilgan maktab tomonidan qo‘yilgan baholar inobatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida apellatsiya komissiyalari tuziladi.
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan tekshirilgan yozma ish bilan tanishish muddati va tartibi hamda apellatsiya komissiyaning ish muddati va tartibi, uning tarkibi hamda vakolatlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi va bitiruvchilar, ularning ota-onalari, o‘qituvchilar va maktab direktorlari e’tiboriga yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin yetkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan e’tirozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari qoshida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Chet elda ta’lim olgan (ota-onasi xorijda ishlagan davrda yoxud turli tanlovlar yoki chet mamlakatlarning grantlari hisobidan xorijda ta’lim olgan) bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo‘yish masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Bitiruvchiga chet mamlakatlarda berilgan umumiy o‘rta ta’lim hujjati O‘zbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma o‘rnini bosa olmasa, ya’ni bitiruvchi ma’lum bir fanlar yo‘nalishidagina ta’lim olib kelgan bo‘lsa, u umumiy tartibda yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunday hollarda bitiruvchi o‘ziga berilgan hujjatda ko‘rsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Bitiruvchiga yakuniy bahoni qo‘yishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
35. Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
III. Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish
Oldingi tahrirga qarang.
37. Fanlarni ijobiy o‘zlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman yoki butunlay ozod etiladilar:
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tasdiqlangan yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish mumkin bo‘lgan kasalliklarga asosan;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga to‘g‘ri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy attestatsiyadan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega bo‘lgan holda sog‘lig‘i tufayli yakuniy attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq qabul qiladi:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat komissiyasining maktab shifokori, qishloq joylarda esa tuman bosh pediatri bilan kelishgan holdagi tibbiy xulosalari;
maktab pedagogika kengashining qarori va direktorning rasmiy xati, o‘zlashtirish tabeli (ushbu ko‘rsatilgan hujjatlar direktor imzosi va maktab muhri bilan tasdiqlanadi).
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
39. Bitiruvchilarning yashash joyi o‘zgarishi (Respublikadan tashqariga chiqish) munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari bo‘lsa, (bu holat mart-aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiyadan muddatidan ilgari o‘tishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining buyrug‘i bilan ruxsat beriladi.
Bunday hollarda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur Nizom talablari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy attestatsiya va sinovlar maktab direktori tuzgan muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval asosida o‘tkaziladi.
40. Yakuniy attestatsiya davrida kasal bo‘lgan va yakuniy attestatsiya jarayoni tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrug‘iga ko‘ra qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan so‘ng ikki hafta o‘tgach yakuniy attestatsiyadan o‘tadilar.
O‘quvchilarning salomatligi bo‘yicha jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
IV. Yakuniy qoidalar
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
42. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-fevral
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi kasalliklar
RO‘YXATI


Download 97,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish