3-bosqich talabasi ning



Download 54,78 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi54,78 Kb.
#508887
Bog'liq
sug`urta2


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BANK ISHI
3-BOSQICH TALABASI
___________________NING
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari hamda xodimlarini majburiy davlat sug‘urtasi”
MAVZUSIDA YOZGAN

MUSTAQIL ISHI

Bajaruvchi: ---------------------------
Ilmiy rahbar: ____________

Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash hozirgi vaqtda sug‘urta amaliyotda ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 922-moddasida majburiy sug‘urta haqida alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xususan, unda shunday deyiladi: «Qonunda quyidagilarni sug‘urta qilish majburiyati belgilab qo‘yilishi mumkin:


- qonunda ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulki ularning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi ehtimolini nazarda tutib;
- boshqa shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar etkazilishi yoxud boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning buzilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zining fuqaroviy javobgarligi xavfi».
Sug‘urta qildiruvchi bo‘lish majburiyati qonun bilan unda ko‘rsatilgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. Qonunda majburiy sug‘urtaning boshqa turlari ham belgilanishi mumkin. Fuqaroga o‘z hayoti yoki sog‘ligini sug‘urtalash majburiyati qonun bilan yuklatilishi mumkin emas. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki unda belgilangan tartibda xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida davlatga qarashli mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik shaxslarga bu mulkni sug‘urtalash majburiyati yuklanishi mumkin.
Majburiy sug‘urta bunday sug‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan ob’ektlar, ular sug‘urtalanishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 924-moddasida majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Qonun bo‘yicha foydasiga majburiy sug‘urta amalga oshirilishi lozim bo‘lgan shaxs, agar sug‘urta amalga oshirilmagani unga ma’lum bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi sifatida zimmasiga sug‘urtalash majburiyati yuklangan shaxs uni amalga oshirishini sud tartibida talab qilishga haqli. Agar sug‘urta qildiruvchi sifatida sug‘urtalash majburiyati zimmasiga yuklangan shaxs uni amalga oshirmagan bo‘lsa yoki sug‘urta shartnomasini naf oluvchining ahvolini qonunda belgilangan shartlarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarda buzgan bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganida basharti tegishlicha sug‘urtalangan taqdirda sug‘urta tovoni to‘lashga asos bo‘lishi kerak bo‘lgan shartlarda javobgar bo‘ladi.
Shu erda ta’kidlash lozimki, majburiy sug‘urta turlari hukumat qarorlari asosida joriy etilgan. Unda sug‘urtalanuvchilar guruhi, sug‘urta qilish shartlari, sug‘urta tarifi stavkalari va sug‘urta qoplamalari miqdorlari ko‘rsatilgan.
Fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta’minlash maqsadida qonunda hayot, sog‘lik va mol-mulkning majburiy davlat sug‘urtasi belgilab qo‘yilishi mumkin.
Majburiy davlat sug‘urtasi ana shu maqsadlar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Majburiy davlat sug‘urtasi bevosita sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida unda ko‘rsatilgan davlat sug‘urta tashkilotlari yoki davlatning boshqa tashkilotlari (sug‘urtalovchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksining qoidalari, agar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa va sug‘urta bo‘yicha mavjud munosabatlar mohiyatidan kelib chiqmasa, majburiy davlat sug‘urtasiga nisbatan qo‘llaniladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta sohasida baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi;


  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi.


Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning ushbu majburiy turi majburiy davlat sug‘urtasi deb yuritiladi. Majburiy davlat sug‘urtasida davlat xizmatichlari va kasb xatarliligi bilan bog‘liq xodimlarning hayoti va salomatligi davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinadi.


Ijtimoiy himoya – keng ma’noda mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muxofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora - tadbirlar majmui, tor ma’noda davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan etarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko‘makka muxtoj fuqarolar to‘g‘risidagi g‘amhurligi. Uning asosiy maqsadi aholini farovonligining to‘xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholini qatlamlarini ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 26 yanvarda 38-sonli “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy Shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.
1994 yilning 1 yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini sug‘urtalash davlat byudjeti tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tarifi bir sug‘urtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan.
"Kafolat" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni 2002 yil 31 dekabrgacha davom ettirdi.
"O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni belgilangan tartibda 2003 yil 1 yanvardan boshladi.
"Kafolat" davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi 2003 yil 1 fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalari "O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlagan.
"O‘zbekinvest" eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qildi va keyingi har bir yil boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan zarur sug‘urta shartnomalari tuzildi.
Moliya Vazirligining 18.07.2003 yildagi 63-sonli, Mudofaa Vazirligining 1/228-sonli, Ichki Ishlar Vazirligining 2-sonli, Milliy Xavfsizlik Xizmatining 12/988-sonli, Davlat Bojxona Qo‘mitasining 01.02/5-24sonli, Favqulotda Vaziyatlar Vazirligining 1/5-430-sonli va Davlat Chegaralarni Qo‘riqlash Qo‘mitasining 1-sonli Qarori bilan Adliya vazirligi tomonidan 29.08.2003 da 1266-son bilan ro‘yxatga olingan “Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” nizom qabul qilingan.
Majburiy Davlat sug‘urtasi shartnomasini tuzishda qo‘yidagi tomonlar ishtirok etadilar:
  • sug‘urtalovchi – O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshiruvchi vakolatli sug‘urta tashkiloti;


  • sug‘urta qildiruvchi - sug‘urtalovchi bilan sug‘urta qilish shartnomasini tuzuvchi va sug‘urtalovchi bilan sug‘urta munosabatlariga kirishuvchi hamda sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi;


  • sug‘urtalanuvchi - foydasiga sug‘urta amalga oshirilgan va sug‘urta badali to‘langan harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslar;


  • naf oluvchilar – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan sug‘urtalanuvchi shaxsning merosxo‘rlari.


Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladgigan yozma bitim bo‘lib, u taraflar o‘rtasidagi majburiy davlat sug‘urtalashga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solib turadi.


Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urta summasi davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi uning doirasida sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini olgan pul mablag‘lari summasi hisoblanadi. Sug‘urta summasi O‘zbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan olingan va sug‘urtalovchining har bir sug‘urtalanuvchi oldidigi majburiyatining cheklangan miqdorini ifodalanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchilarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda ularning har biri uchun sug‘urta qilidiruvchi tomonidan O‘zbekiston Resupblikasi qonunchiligi bilan belgilangan minimal ish haqining to‘lov kuniga nisbatan 20 foizi hisobidan olingan sug‘urtalovchiga har yili to‘lanishi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi hisoblanadi
Majburiy Davlat sug‘urtasida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini quyidagi holatlarda amalga oshiradi:
a) Sug‘urtalangan shaxs xizmat (yig‘in) davrida yoki xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida xizmat burchini o‘tash vaqtida jarohatlanishi (kontuziya), oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan)da naf oluvchilarga (meros huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish sharti bilan) sug‘urta summasining to‘liq miqdorida, eng kam ish hqining etti yillik hajmida – 9945600 so‘m miqdorida;
b) Sug‘urtalangan shaxsga o‘z xizmat (yig‘in) burchini o‘tash bilan bog‘liq holda xizmatdan (yig‘indan) bo‘shagandan keyin bir yil ichida nogironlik berilgan bo‘lsa:

  • I guruh nogironiga - sug‘urta summasining 75 foizi – 7459200 so‘m miqdorida;


  • II guruh nogironiga - sug‘urta summasining 50 foizi - 4972800 so‘m miqdorida;


  • III guruh nogironiga - sug‘urta summasining 30 foizi – 2983680 so‘m miqdorida;


v) sug‘urtalnuvchi xizmat burchini o‘tash (yig‘in) davrida og‘ir yaralangan holatda – sug‘urta tovoni summasidan 20 foiz – 1989120 so‘m, engil yaralangan holatda – 10 foiz – 994560 so‘m;


g) muddatli harbiy xizmatchini, harbiy xizmatga majbur shaxslarning yig‘inlar davrida salomatligiga ko‘ra bunday keyin harbiy xizmatga (yig‘inga) yaroqsiz deb topilsa - sug‘urta tovoni summasidan 10 foiz – 994560 so‘m miqdorida.
Yuqorida keltirib o‘tilgan summalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi eng kam ish haqi miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urta shartnomasi bir kalendar yili davomida amal qiladi.
Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugashidan 30 kalendar kuni avval taraflardan birontasi ham yozma ravishda Sug‘urta shartnomasining amal qilishini to‘xtatishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan bo‘lsa, sug‘urta shartnomasi keyinga keyingi kalendar yiliga uzaytirilgan deb hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda Sug‘urta mukofoti to‘lovlari har chorakda sug‘urta mukofoti umumiy miqdorining ¼ qismi miqdorida Sug‘urtalovchining hisob raqamiga chorak boshlanganidan keyin 15 kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘uta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urtalanuvchining yoki oluvchi hisobidan Naf oluvchilarning bank hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazib berish, chek yozib berish, pochta jo‘natmasi va boshqa qonunchilikda yo‘l qo‘yilgan usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Balog‘at yoshiga etmagan Naf oluvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi faqat uning nomiga bankda ochilgan Shaxsiy hisobvaraqqa o‘tkazib berish va ayni vaqtda bu haqda vasiylik organlarini xabardor etish orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin, agar Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofotlarini o‘z vaqtida to‘lab turgan bo‘lsa, 5 bank kuni ichida amalga oshiriladi.
Sug‘urta tovoni to‘lovini rad etgan holda, Sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlar topshirilganidan keyin 15 kalendar kuni ichida Sug‘urtalanuvchiga (Naf oluvchilarga) bu haqda rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda xabar beradi.
Sug‘urta tovonini to‘lab to‘g‘risidagi arizalar sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganidan uch yil o‘tganidan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Muddatli xizmat harbiy xizmatchisi harbiy xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida salomatligiga ko‘ra bundan keyingi xizmatga (yitg‘ingpa) yaroqsiz deb topilsa, u o‘z yashash joyga qaytib ketayotgan paytda harbiy qism yoki harbiy-davolash muassasasi tomionidan uning qo‘liga kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma vakolatli idoralarga taqdim etish uchun beriladi.
Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) chog‘ida olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik olsa, va buning oqibatida u kassaligig yoki sadomatligining cheklanganligi sababli xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilishi zarur bo‘lmasa, xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlovchi tegishli HVK tomonidan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik oliishining shart-sharoitlari to‘g‘risidagi daolatnoma (ma’lumotnoma) asosida uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgandan keyin, olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etiladi (mazkur Nizomga 1-sonli ilova).
Mazkur ma’lumotnoma o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ma’lumotnomaning nushasi HVK da 25 yil davomida saqlanadi.
Sug‘urtalanuvchi olgan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik to‘g‘risdagi ma’lumotni yo‘qotib qo‘ysa, u HVK murojaat qilgan holda unga ana shu ma’lumotnomaning dublikati beriladi va uning o‘ng yuqori burchagida “Yo‘qotilgani o‘rniga berilgan dublikat” deb yozib qo‘yiladi.
Olingan jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik darajasi HVK tomonidan Og‘ir va engil darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik ro‘yxati asosida aniqlanadi
Sug‘urta tovoni to‘lovi hisob-kitob qiymati miqdorida, sodir bo‘lgan sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda, avval ham xudii shu turdagi hodisa uchun to‘langan summani chegrib tashlash orqali, ammo har bir sug‘urtalanuvchi uchun belgilangan sug‘urta summasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. Barcha holatlarda ham Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta SHartnomasi amal qilib turgan davr ichida to‘lab berilgan barcha sug‘urta tovoni to‘lovlari summasi sug‘urta tovoni summasidan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘urta tovoni to‘lovini o‘z vaqtida olishlari uchun ularning yashash joylaridagi Vakolatli tizimlar ularga sug‘urta to‘lovini talab qqiilib olishlarida va sug‘urta tovoni to‘lovini olish uchun haqdorldikni isbotlovchi zarur hujjatlarni rasmiylashtrishda yordam ko‘rsatadailar.
To‘lov haqidagi arizani qabul qilib olish va ko‘rib chiqish bilan Sug‘urtalovchining mintaqaviy bo‘linmalari, shuningdek Sug‘urtalovchi tomonidan vakolat berilgan Sug‘urtalanuvchining yashash joyidagi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalanuvchi halok bo‘lgan (vafot etgan) holda Naf oluvchilar tomonidan notarial idoradan meros huquqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun Sug‘urtaldanuvchining yashash joyidagi Vakolatli tizimlar notarial taqdim etish uchun murojjaat etgan Naf oluvchilarga ma’lumotnoma beradilar.
Sug‘urta tovoni to‘lovini olish huquqini aniqlash uchun Sug‘urtalanuvchi yoki meros huquqi to‘g‘risda ma’lumotnomani olgan Naf oluvchilar Vakolatli tizimlarda rasmiylashtirilgan quyidagi hujjatlarni Sug‘urtalovchiga topshiradilar:
a) Sug‘urtalanuvchi xizmat (yig‘in) vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda:

  1. ariza;

  2. sug‘urtalanuvchining vafoti to‘g‘risdagi guvohnomaning notarial tasdiqdangan nushasi;

  3. meros huquqi to‘g‘risdagi guvohnoma;


  4. shaxsni tasdiqlovchi hujjat.


Xizmatdan (yig‘indan) bo‘shatilganidan keyin bir yilgacha muddat ichida xizmatni o‘tash vaqtida olgan jarohatlanishi, kontuziya, mayiblik yoki kassallik oqibatida halok bo‘lgan (vafot etgan) Sug‘urtalanuvchi uchun yuqoridagilardan tashqari qo‘shimcha ravishda VTEK ning mazkur holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi topshiriladi;


b) sug‘urtalanuvchiga nogironlik belgilanganda:

  1. ariza;

  2. nogironlik belgilanganligi to‘g‘risda VTEK ma’lumotnomasining nogironlik guruhini, nogironlik belgilanish sababi va joyini ko‘rsatgan holda berilgan, notarial tartibda tasdiqlangan nushasi;

  3. shaxsni tasdiqlovchi hujjat;


  4. harbiy guvohnoma – harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun;


  5. mehnat daftarchasining nushasi – oddiy askar va qo‘mondanlik tarkibidagi shaxslar uchun;


v) Sug‘urtalanuvchi xizmatni o‘tash (yig‘in) vaqtida og‘ir yoki engil toifadagi jarohat olgan taqdirda:




  1. ariza;

  2. HVK ning jarohatning og‘ir-ekngilligi haqidagi o‘rnatilgan tartibdagi ma’lumotnomasi;

  3. shaxsni tasdiqlovchi hujjat;


g) muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchining, harbiy xizmatga majbur shaxsning xizmatni o‘tash (yig‘in) vaqtida salomatligiga ko‘ra bundan keyin xizmatni (yig‘inni) o‘tash uchun yaroqsiz deb topilgan holda:




  1. ariza;

  2. Sug‘urtalanuvchining kasalligi to‘g‘risidagi notarial tasdiqlangan guvohnoma;

  3. shaxsni tasdiqlovchi hujjat;


  4. harbiy guvohnoma.


Harbiy xizmatchilar va oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga mansub harbiy xizmatga majbur shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchi (Naf oluvchilar) sug‘urta hodisasiga bog‘liq ravishda yuqoridagi ro‘yxat asosida hujjatlarni topshiradilar. Mazkur hujjatlar to‘liq hajmda (butlangan holda) topshirilmasa Sug‘urtalovchi yozma ravishda etishmayotgan hujjatlarni talab qilib olishi shart.


Sug‘urtalanuvchi yoki Naf oluvchilar sug‘rta tovoni to‘lovini olish to‘g‘risdagi arziani topshirganda Sug‘urtalovchi arizalarni va harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslarga majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lanishini ro‘yxatga olish daftarida qayd etishi, tegishli hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini tekshirishi shart.
Vakolatli tizimlar Sug‘urtalovchining talabiga ko‘ra sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta hodisasining vujudga kelish holatlari to‘g‘risdagi hujjatlarni zudlik bilan taqdim etishlari shart.
Vakolatli tizimlarning sug‘urta tovoni to‘lovlarini amalga oshirish huquqini belgilovchi hujjatlarning rasmiylashtirish bo‘yicha ishlari hamda ularni o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan nazorat Sug‘urtalovchining tegishli tekshiruvchi idoralari va bo‘linmalariga yuklatiladi.
Sug‘urtalovchining tibbiy boshqarmalari HVK tomonidan olingan jarohat to‘g‘risidagi berilgan ma’lumotnomalarning qonuniyligi va olingan jarohatning og‘ir-engilligi ular tomonidan to‘g‘ri belgilanganligi ustidan nazorat olib boradilar.
Vakolatli tizimlarda harbiy xizmatchilar, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majbur oddiy askar va qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovoni to‘lovlari uchun rasmiylashtirilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish uchun maxsus daftar yuritiladi.
Sug‘urta qldiruvchi va Sug‘urtalovchi o‘rtasida Sug‘urtalovchi har chorakda sug‘urta qildiruvchiga amalga oshirilgan sug‘urta tovoni to‘lovlari to‘g‘risida viloyatlar qirqimida hisobot topshirishi to‘g‘risda o‘zaro kelishuv tuzishlari mumkin.
Og‘ir darajaga kiruvchi jarohat, kontuziya, mayiblik va majruhlik, yaqqol anatomik o‘zgarishlarni va sezilarli funksional nosozliklarni keltirib chiqaradi va harbiy xizmatga yaroqliligi cheklanishiga yoki yaroqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Unga quyidagilar kiritiladi:

  • bosh chanog‘iga, shu jumladan miyani shikastlamasdan teshib kirgan jarohat;


  • bosh chanoq bo‘g‘ini va asosi suyagining ochiq va yopiq turda sinishi;


  • bosh miyaning o‘rta va og‘ir darajada miyaning ezilishi bilan va miyani eziltirmasdan shikastlanishi;


  • epidural, subdural va subaraxnoidal bosh chanoq ichiga qon quyilishi;


  • umurtqa pog‘onasining va orqa miyaning ochiq va yopiq shikastlanishi;


  • bo‘g‘iz, xalqum, traxeya va qizilo‘ngachni o‘yib o‘tgan jarohat;


  • bo‘g‘iz va traxeya tog‘aylarining yopiq sinishi;


  • ko‘krak qafasining o‘pka pardasiga, yurak qopchig‘iga yoki oraliq devorga yaqin kirib boruvchi, shu jumladan ichki a’zolarni shikastlamagan holdagi jarohatlari;


  • qorinning qorin bshlig‘iga kirib boruvchi, shu jumladan ichki a’zolarni shikastlamagan holdagi jarohatlari; qorin bshlig‘i orqa tomoni (buyrak, buyrak ustki a’zolari, oshqozin ostki bezlari va h.k.) jarohatlari;


  • ko‘krak va oshqozin bo‘shlig‘ining, tos suyagi bo‘shlig‘ining, shuningdek qorin bo‘shlig‘i ortidagi a’zolarning yopiq shikastlanishlari;


  • uzun ilikli suyaklarning sinishi – elka, son suyagi, katta kurak, ikkala elka oldi suyaklarining;


  • tos suyaklarining ko‘p miqdordagi sinishi;


  • siydik chiqarish-jinsiy a’zolariga shikast etkazuvchi jarohatlar va yaralanishlar;


  • badanning 40 foizidan ortiq qismidagi maydonga shikast etkazgan 1-darajali termik kuyish;


  • II-III darajali kuyish - badanning 10 foiz qismiga shikast etkazgan bo‘lsa;


  • IV darajada kuyish, shuningdek badanning kichik maydonining shok bilan kechadigan holda kuyishi;


  • nafas yo‘llarining kuyishi yallig‘lanish va ovoz naychasining torayishi bilan birga kechishi;


  • kimyoviy birikmalar (konsentratli kislotalar, o‘yuvchi ishqorlar, raketa yonilg‘isi komponentlari) bilan zaharlanish, mahalliy ta’sirdan tashqari umumiy zaharlanish ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa;


  • III-IV darajali sovuq oldirish;


  • ko‘zning ichiga qobiqlarni yirtib kiruvchi va ko‘rish layoqatini yo‘qotuvchi jarohatlanishi; ko‘zning II-IV darajali kuyishi; bir yoki ikkala ko‘zning to‘liq barqaror ko‘rligi yoki barmoqlarni 2 m. yoki undan kamroq masofadan sanay olmaslik (ko‘zning o‘tkirligi 0,04 va undan past); eshitish a’zolarining ikkala quloqning barqaror karligiga olib keluvchi va vestibulyar buzilganlik yaqqol namoyon bo‘luvchi jarohatlanishi va yaralanishi;


  • yuzning yumshoq to‘qimalarining, yuz skeleti suyaklarining barqaror badbasharalikka olib keluvchi jarohatlanishi va shikastlanishi;


  • qo‘l-oyoqlar funksiyasining barqaror buzilishiga olib kelgan qo‘l-oyoqlar yumshoq to‘qimalari va mushaklari jarohatlanishi;


  • shok holati, ko‘p qon yo‘qotilishi, yog‘ yoki gaz emboliyasi hamda buyrak etishmovchiligini keltirib chiqargan jarohat toksikozi bilan kuzatiladigan jarohatlanish va yaralanishlar;


  • yirik bo‘g‘inlarning, yirik nerv tarmoqlarining magistral qon aylanish tomirlarining jarohatlanishi va yopiq tarzda shikastlanishi;


  • biron-bir a’zoning yo‘qotilishi yoki a’zoning o‘z funsiyasini bajarolmay qolishi (tilning yoki nutq qobiliyatining yo‘qotilishi, qo‘l yoki oyoqning yoxud uning funsiyasining yo‘qotilishi, ishlash layoqatining yo‘qotilishi);


  • xizmat faoliyatiga oid kasbiy omillar ta’siri bilan bog‘liq jarohatlar.


Barqaror anatomik o‘zgarishlarni keltirib chiqarmagan, funksiyalarining kam darajada buzilishiga olib kelgan jarohatlar, kontuziyalar va yaralanishlar engil darajaga mansub deb baholanadi. Unga quyidagilar kiritiladi:




  • bo‘shliqlarga yorib kirmagan jarohatlar va ichki a’zolarni, bo‘g‘inlarni, paylarni, yirik nerv tarmoqlarini va magiatral qon tomirlarini shikastlamagan yaralanishlar;


  • bo‘g‘in bog‘lamlarining qisman yirtilishi;


  • bo‘g‘inlarning beasorat chiqib ketishi;


  • III, IV yoki V barmoqlardan birining travmatik amputatsiya qilinishi;


  • kaftning IV yoki V barmoqlarining kontrakturasi;


  • bitta oyoqning barcha yoki alohida barmoqlarining amputatsiya qilinishi;


  • alohida tos suyaklarining tos xalqasiga, ichki a’zolarga, yirik bo‘g‘inlar va nervlarga ta’sir ko‘rtsatmasdan yopiq shikastlanishi;


  • oyoq va kaft suyaklarining, bitta-ikkita qobirg‘aning, bitta o‘mrovning, bitta elka oldi suyagining yopiq sinishi;


  • I-II darajali sovuq oldirish;


  • tananing 40 foizdan ortiq bo‘lmagan I darajali kuyish, 10 foizdan ortiq bo‘lmagan II-III darajali kuyish;


  • ko‘zning shohpardasida, kon’yuktivida o‘zga jismlarning mavjudligi, ko‘zga yirti kirmagan ko‘rish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotilishi bilan bog‘liq jarohatlar, ko‘zning I darajali kuyishi;


  • bosh chanog‘ining miya chayqalishi bilan birgalikdagi yopiq yaralanishi;


  • yuzning yumshoq to‘qimalarining tishlarning sinishi, burun suyaklarining yopiq sinishi. Burun qanotining qisman uzilib ketishi, quloq suprasining qisman uzilib ketishi, jag‘ning yopiq sinishi.


Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalashning majburiy turi davlat majburiy sug‘urtasida sug‘urta qildiruvchining sug‘urta manfaatlarini sug‘urta qilishda namoyon bo‘ladi va mazkur sug‘urta turida shartnoma shartlari va tartibi tegishli Qaror bilan belgilab beriladi.



2. Harbiy xizmatchilarni, qurolli kuchlar va harbiy flot faxriylarini, ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida ajralmas qismlardan biri hisoblanadi. U harbiy kiyim kiygan shaxslarning ayrim konstitutsion huquqlari chegaralanishi o‘rnini qoplashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi. Vatanni himoya qilish harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi uchun risk darajasining yuqori ekanligi bilan bog‘liq. SHu sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ijtimoiy himoyaning sug‘urta kabi turi ko‘zda tutiladi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligining davlat majburiy sug‘urtasi majburiy sug‘urta shakllaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta qildiruvchining sug‘urta manfaatlari muayn sug‘urta turi ob’ektlaridan birini sug‘urta qilishda namoyon bo‘ladi.
Qonun kuchi bilan amalga oshiriladigan sug‘urta majburiy hisoblanadi. Majburiy sug‘urta turlari, shartlari va tartibi mos keluvchi qonunlar bilan belgilab beriladi.
Majburiy sug‘urtada aynan davlat, u yoki bu organlar timsolida, belgilangan fuqarolar toifalarining mulkiy manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi. Mazkur umumiy asoslarda sug‘urta ishining u yoki bu tarmog‘ida majburiylik tamoyiliga xizmat qiladigan qo‘shimcha maxsus omillar ham amal qiladi. Xususan, hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida majburiylik tamoyili muhim ijtimoiy rol ham o‘ynaydi. Sug‘urta shartnomalarining katta qismi tomonlarning erkin xohish bildirishi asosida tuziladi: sug‘urta qildiruvchi sug‘urta shartnomasi tuzishga majbur emas, xuddi shuningdek, sug‘urta qiluvchi esa sug‘urta qildiruvchining risklarini qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Biroq etkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash va bunda sug‘urta tashkilotining ishtirok etishi jamiyat manfaatlari ifodalaydigan hollarda tomonlarning erkinlik darajasi jiddiy cheklanishi mumkin. Bunda shartnoma tuzish huquqi o‘rniga sug‘urta qildiruvchida bu shartnomani imzolash majburiyati vujudga keladi.
Bu turdagi majburiyat paydo bo‘lishi faqat majburiy sug‘urta qilish tartibi va shartlarini belgilab beradigan maxsus qonunlarda ko‘zda tutilgan hollardagina o‘ringa ega bo‘lishi mumkin.
Harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish harbiy xizmatchilarning har qanday sharoitlarda, jumladan, ularning hayoti va salomatligi uchun risk yuqori bo‘lgan sharoitlarda barcha vazifalarni so‘zsiz bajarishi zarurligi bilan bog‘liq. Harbiy xizmatchilarga yuklatilgan vazifalarning oshkora xarakteri, shuningdek, xususiy va ommaviy manfaatlar muvozanati ta’minlash kabi konstitutsion tamoyilga rioya qilish zarurati shuni talab qiladiki, imtiyoz va kompensatsiyalarni kafolatlangan tarzda olish harbiy xizmatchilar huquqiy holatining tarkibiy qismi bo‘lishi lozim.
Harbiy xizmatchilar hayoti va saloamatligi majburiy davlat sug‘urtasi tushunchasi tor, sug‘urta ma’nosida ham, keng – konstitutsion-huquqiy ma’noda ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tor, sug‘urta ma’nosida bu – qonun kuchi bilan va sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urta qiluvchi (sug‘urta kompaniyasi) o‘rtasida tuzilgan O‘zbekiston Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining hayoti va salomatligini sug‘urta qilish shartnomasi asosida, belgilangan hodisalar (sug‘urta holatlari) ro‘y berganda sug‘urta qiluvchi sug‘urta qildiruvchining sug‘urta qildiruvchiga federal byudjetdan ajratiladigan sug‘urta badallaridan (sug‘urta mukofotlaridan) shakllantiriladigan pul fondi hisobiga amalga oshiriladigan sug‘urtadir
Keng, konstitutsion-huquqiy ma’noda bu – O‘zbekiston Qurolli kuchlarining harbiy xizmatchilariga sug‘urta holati ro‘y berishi oqibatida sug‘urta qilingan shaxsning moddiy va (yoki) ijtimoiy holati o‘zgarishi oqibatlarini o‘rnini to‘ldirishi, jumladan, etkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashi ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan birga davlat tomonidan kafolatlangan etkazilgan ziyonning o‘rnini to‘ldirish uchun to‘lovlar hajmidir.
Sug‘urta munosabatlari sub’ektlari. Sug‘urta huquqiy munosabatlarining asosiy sub’ektlari sug‘urta qiluvchi va sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. Sug‘urta qiluvchi sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yilgan hodisalar ro‘y berganda sug‘urta qildiruvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxsga sug‘urta to‘lovini amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi majburiy davlat sug‘urtasi bilan shug‘ullanadigan sug‘urta qiluvchi sug‘urta faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha davlat organi tomonidan belgilangan olingan sug‘urta majburiyatlari moliyaviy ta’minlanganligini kafolatlaydigan moliyaviy ishonchlilik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim.
Sug‘urta qilingan shaxs bu – uning hayotida bevosita shaxs yoki uning hayotidagi voqea-hodisalar bilan bog‘liq sug‘urta holati ro‘y berishi lozim bo‘lgan shaxsdir (Shaxsiy sug‘urta). Hayot va salomatlik majburiy davlat sug‘urtasida sug‘urta qilingan shaxslar sifatida Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.
Foyda oluvchi bu – sug‘urta holati ro‘y berganda sug‘urta summasi olish uchun tayinlangan jismoniy shaxsdir.
Sug‘urta summasi – sug‘urta qildiruvchiga yoki uni olish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi shaxsga to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi bo‘yicha sug‘urta qiluvchining majburiyatlari maksimal hajmining puldagi bahosidir. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urta summasi sug‘urta qilishga qabul qilingan har bir risk bo‘yicha alohida yoki sug‘urta qiluvchining maksimal majburiyatlarini aniqlash uchun har bir sug‘urta holati bo‘yicha belgilanishi mumkin. Majburiy sug‘urtada sug‘urta summasi hajmi qonun bilan belgilanadi.
Majburiy davlat sug‘urtasida Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari ham sug‘urtaga olinadi, ularga nisbatan ham xuddi harbiy xizmatchilar kabi har yili davlat byudjetidan 20 foiz miqdorida sug‘urta mukofotlari to‘lash orqali ijtimoiy himoyaga olinadilar. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari “O‘zbekinvest” EIMSK Toshkent shahar filialiga murojat etadilar hamda N1 – shakldagi anketani rasmiylashtiradilar. Ushbu shakldagi anketaning rasmiylashtirilishiga sabab sug‘urta kompaniyasi voqea sodir joyda qatnashmaganligi sababli, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Davlat Soliq Boshqarmasi xodimlari keltirilgan savollarga javob berish orqali sug‘urta hodisasining nima sababdan kelib chiqqanligini ifodalaydilar.

3. Hozirgi paytda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lsada, turli shakllarga va qo‘llanish chegaralariga ega. NATO tashkilotiga a’zo bo‘lgan aksariyat mamlakatlari harbiy-siyosiy rahbariyati harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-huquqiy mavqeiga va kafolatlariga rioya qilishni Qurolli Kuchlarda xizmat qilishning nufuzi va jalb etuvchanligini saqlash, shuningdek, Shaxsiy tarkibning professional mahoratni oshirish va harbiy karerani davom ettirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirishning majburiy sharti sifatida ko‘rib chiqadi. Xorijda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish masalalarini ko‘rib chiqishda, ayniqsa, salomatlikka ziyon etkazilgan hollarda jangovar vazifalarni bajarishda, jumladan, aksilterror faoliyatini amalga oshirishda salomatligiga ziyon etkazilgan harbiy xizmatchilarning muammolarini hal qilish ustuvor hisoblanadi.
SHu nuqtai nazardan AQSH qurolli kuchlarida harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta qilishni tashkil qilish masalasi qiziqish uyg‘otadi. Rossiya uchun zamonaviy bosqichda erishish imkoni bo‘lmagan qo‘shinlar moddiy ta’minoti darajasini hisobga olgan holda harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligi ijtimoiy himoya qilishni tashkil qilish va amalga oshirishga bu ikki xil yondashuvni taqqoslash foydadan xoli bo‘lmaydi.
AQSH harbiy xizmatchilari hayoti va salomatligini sug‘urta qilishni tashkil qilish tamoyillarini ko‘rib chiqishda Rossiya harbiy xizmatchilarini sug‘urta qilishdan farqlab turadigan bir qator muhim xususiyatlarni aratib ko‘rsatish lozim. Amerika harbiylarini sug‘urta qilish AQSH Kongressi tomonidan qabul qilinadigan muayyan sug‘urta dasturlari doirasida amalga oshiriladi. 1919 yildan boshlab hozirgi kungacha AQSHda 8 ta sug‘urta dasturi mavjud bo‘lgan:
- United States Government Life Insurance (USGLI) - 1919-1951 yy.;
- National Service Life Insurance (NSLI) - 1940-1951 yy.;
- Veterans’ Special Life Insurance (VSLI) - 1951-1956 yy.;
- Veterans’ Reopened Insurance (VRS) - 1965-1966 yy.;
- Service-Disabled Veterans Insurance (SDVI) - 1951 yildan boshlab hozirgi paytgacha;
- Servicemembers’ Group Life Insurance (SGLI) - 1965 yildan boshlab hozirgi paytgacha;
- Veterans’ Mortgage Life Insurance (VMLI) - 1971 yildan boshlab hozirgi paytgacha;
- Veterans’ Group Life Insurance (VGLI) - 1974 yildan boshlab hozirgi paytgacha.
Rossiyadan farqli ravishda, AQSHda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish majburiy emas va doim ham davlat sug‘urtasi qo‘llanmaydi. Tadqiqot maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan sug‘urta dasturlari o‘tkazishning retrospektiv tahlilini amalga oshiramiz.
AQSH hukumati harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilishda ishtirok etish zaruratiga ilk bora birinchi jahon urushi davrida duch kelgan bo‘lib, o‘shanda davlatning harbiy harakatlar tufayli yuzaga keladigan sug‘urta risklarini qoplash zarurati vujudga kelgandi. AQSH Prezidenti Dj.Vilson AQSH neytraliteti haqida e’lon qildi, lekin amerikalik tijorat savdo kemalari Germaniyaga qarshi urush olib borayotgan evropalik ittifoqchilarni harbiy texnika bilan ta’minlashda faol ishtirok etgan. Bu savdo kemalari egalari kemalarning halok bo‘lish riski juda yuqori bo‘lgan urush sharoitlarida katta riskni o‘z zimmasiga olishni istamagan ijorat sug‘urta kompaniyalari bilan dengiz sug‘urta shartnomalari tuza olmasdi. Bunday sharoitlarda AQSH Hukumati sug‘urta bilan o‘zi shug‘ullanishga majbur edi. AQSH Kongressi 1914 yilning 2 sentyabrida maxsus sug‘urta dasturi – harbiy harakatlar riskini sug‘urta qilish (War Risk Insurance Act) dasturini qabul qilgan bo‘lib, ushbu dastur ittifoqchilarni ta’minlayotgan savdo kemalari uchun dengiz risklaridan sug‘urta qilishni ta’minlagan. Hukumat AQSHda eng faol sug‘urta qildiruvchiga aylandi.
1917 yil Amerika Germaniyaga qarshi urushga kirishdi. Tez orada, 1917 yilning 12 iyunida AQSH Kongressi Hukumat sug‘urta dasturiga o‘zgarishlar kiritgan bo‘lib, ularga ko‘ra harbiy ta’minotni amalga oshirishda ishtirok etadigan savdo floti dengizchilarining barchasini Shaxsiy sug‘urta qilish joriy qilingan. 1917 yilning 6 oktyabrida unga harbiy xizmatchilarni ham sug‘urta qilish bilan bog‘liq o‘zgarishlar kiritildi. Birinchi jahon urushi yillari davomida 4 mln. dan ortiq sug‘urta polisi berildi.
1919 yil AQSH Kongressi Qo‘shma SHtatlar Hukumatining hayotni sug‘urta qilish haqida Dasturini (United States Government Life Insurance - USGLI) qabul qildi. Ushbu dastur birinchi jahon urushi davomida berilgan polislar bo‘yicha va urushdan keyin berilgan polislar bo‘yicha sug‘urtani ta’minlagan. Ushbu Dastur 1951 yilning 25 apreligacha amal qilgan. USGLI Dasturi sug‘urta polislari sohiblari ushbu Dastur yakunlangan va ular harbiy xizmatdan ketganidan so‘ng ham sug‘urta hmioyasi huquqini saqlab qoldi. Bugungi kunda bunday sug‘urta polislaridan hali 20000 tasi amal qilmoqda, ular bo‘yicha sug‘urta qilinganlarning o‘rtacha yoshi esa 81 yoshni tashkil qiladi. USGLI sug‘urta polislari bo‘yicha sug‘urta qoplami maksimal summasi – 10 ming doll.
Hayotni sug‘urta qilish milliy servis dasturi (The National Service Life Insurance - NSLI) AQSH Kongressi tomonidan 1940 yil 8 oktyabrda qabul qilindi. Uning maqsadi Qo‘shma SHtatlar tomonida harakat qilgan ikkinchi jahon urushi faxriylari va fuqaro qatnashchilari uchun sug‘urta himoyasini ta’minlash hisoblangan. Dasturni amalga oshirish davrida, 1940 yildan 1951 yilgacha, to 1951 yil 25 aprelda dastur yopilgunga qadar 22 mln. dona NSLI polisi chiqarildi. Hozirgi kunda 1 mln. 900 dona polis amal qilayotgan bo‘lib, ular bo‘yicha sug‘urta qilinganlarning o‘rtacha yoshi 74 yoshni tashkil qiladi. Polislar bo‘yicha maksimal sug‘urta qoplami – 10 ming doll. Biroq bu sug‘urta qilinganlarga, ayniqsa, yillik dividendlar bilan taklif etilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha sug‘urtani o‘z ichiga olmaydi.
1951 yil Koreya urushi qatnashchilari – harbiy xizmatchilar va xizmat ko‘rsatuvchi fuqaro personalni sug‘urta qilish dasturi. Bu urushda ishtirok etgan harbiy xizmatchilar Shaxsiy xarajatlarsiz, AQSH Hukumati hisobiga butun xizmat davriga sug‘urta qilindi. Amalga oshirilgan maxsus sug‘urta dasturi Servicemen's Indemnity – xizmatchilarni ko‘rgan zararni qoplash (kompensatsiyalash) nomini oldi va 10 ming doll. miqdorida maksimal sug‘urta qoplamini taqdim etdi. U qurolli kuchlar safidan chiqqandan so‘ng 120 kun davomida sug‘urta himoyasini ko‘zda tutgan. Xizmatdan yaqinda bo‘shatilgan faxriylar (necha yoshdagi ekanligidan qat’i nazar AQSHda barcha xizmatdan ketgan harbiy xizmatchilar faxriylar deb ataladi - B.C.) hukumat hisobiga sug‘urta muddatini uzaytirib beradigan Faxriylar hayotini sug‘urta qilish maxsus Dasturi (Veterans Special Life Insurance - VSLI) bo‘yicha ham shartnoma tuzilari mumkin bo‘lgan.
50-yillarning boshlarida tijorat sug‘urta kompaniyalari AQSH Huumatini uning faxriylar hayoti uchun sug‘urta dasturlari bilan birgalikda sug‘urta bozorida jiddiy raqobatchi sifatida ko‘rib chiqa boshladilar va hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha hukumat dasturlarini chegaralaydigan qonun loyihalarini Kongressda ilgari surish va himya qilishga kirishdilar. Natijada 1956 yilning oxiriga kelib VSLI dasturi yopildi.
1964 yil AQSH Kongressi 1940 yildan 1956 yilgacha bo‘lgan davrda olingan NSLI va VSLI sug‘urta polislariga ega bo‘lgan faxriylar uchun takroran, 1965 yil 1 maydon 1966 yil 2 maygacha – bir yil davomida hayotni sug‘urta qilish Hukumat dasturi bo‘yicha sug‘urta qildirish huquqini ko‘zda tutadigan qonun qabul qildi. 228 mingga yaqin polis berildi. Bugungi kunda takroriy sug‘urta polislariga ega bo‘lgan faxriylar soni 90 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Takroriy sug‘urta polislari bo‘yicha sug‘urta maksimal qoplami – 10 ming doll.
1965 yil berilgan Xizmatchilar hayotini sug‘urta qilish Dasturi (SGLI) amaldagi harbiy xizmatchilar va zaxiradagilar hayotini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofoti maqbul keladigan hajmi bilan tavsiflanadi. Ushbu dasturning amal qilishi Vetnam urushi qatnashchilarini Shaxsiy sug‘urta qilishni tashkil qilish bilan boshlandi. Ushbu dasturga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri shundaki, uning asosida birgalikda sug‘urta qilish yotadi. AQSH Hukumati harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilishda xususiy sug‘urta tizimi bilan birgalikda ishtirok eta boshladi. Bunday birgalikda sug‘urta qilishdan maqsad – tijorat sug‘urta kompaniyasida sug‘urta polisi xarid qilishda ochiqroq, osonroq olish mumkin bo‘lgan sug‘urta taklif qilishir. Ushbu polis bo‘yicha AQSH hukumati sug‘urta kompaniyasiga harbiy xizmat bilan bog‘liq risklar bo‘yicha sug‘urta badallarining bir qismini to‘alydi. Qolgan barcha risklar harbiy xizmatchilarning maoshidan ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bilan to‘lanadi.
AQSHda harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilardan tashqari qurolli kuchlar faxriylariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Maxsus ular uchun ikkita sug‘urta dasturi ishlab chiqildi: 1971 yil – Faxriy hayotini sug‘urta qilish garovi Dasturi - Veterans’ Mortgage Life Insurance (VMLI), va 1974 yil – Faxriylar guruhi hayotini sug‘urta qilish - Veterans’ Group Life Insurance (VGLI). Faxriylar uchun sug‘urta dasturlari o‘ziga xos qolgan umrni sug‘urta qilish bo‘lib, bunda muayyan yoshga (masalan, 65 yosh) etgach yoki layoqatsizlik holatida sug‘urta summasi yillik dividendlar ko‘rinishida to‘lab boriladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, AQSHda harbiy xizmatchilarni Shaxsiy sug‘urta qilish klassik sug‘urta turiga mansub. Harbiy xizmatchi xususiy sug‘urta kompaniyalardan birida sug‘urta polisi xarid qilib, kelishilgan miqdorda o‘z hayotini sug‘urta qilishi qilishi (sug‘urta shartnomasi tuzishi) mumkin. Bunda uning o‘zi foyda oluvchilarni tayinlaydi va ushbu sug‘urta polisining bir qismini to‘laydi. Harbiy xizmatchining o‘lim holatida eng tarqalgan maksimal sug‘urta qoplami 10 ming dollardan 50 ming dollargachani tashkil qiladi.
Qo‘shma Shtatlar sug‘urta amaliyotida harbiy xizmatchilar maoshidan sug‘urta kompaniyasining hisobraqamiga o‘tkaziladigan oylik sug‘urta badali qaror topgan. Oylik sug‘urta badali miqdori sug‘urta polisi qanchalik maksimal sug‘urta himoyasiga mo‘ljallangani va qaysi sug‘urta dasturi bo‘yicha amal qilishiga bog‘liq. Masalan, ilgari sug‘urta himoyasi maksimal summasi 50 ming dollar bo‘lganda AQSH Xukumatining ishtirokidagi dastur bo‘yicha harbiy xizmatchining sug‘urta badali 4 dollarni tashkil qilgan.
Hozirgi paytda AQSHda 5 mln.dan ortiq harbiy xizmatchilar va qurolli kuchlar faxriylari sug‘urta dasturlari bilan qamrab olingan. Bu 2003 yilning 1 iyulidan boshlab AQSH harbiy xizmatchilari uchun hayotni sug‘urta qilish asosiy Dasturi - Servicemembers' Group Life Insurance (SGLI) bo‘yicha asosiy oylik badal miqdorini kichraytirishga imkon berdi. «1000 dollar miqdorida sug‘urta qoplami uchun oylik badal 8 sentda 6,5 sentgacha tushirildi. Maksimal 250 ming doll. miqdordagi sug‘urta qoplami uchun oylik sug‘urta badali 20 dollardan 16 dollar 25 sentgacha tushirildi».
Rossiyalik harbiy xizmatchilar salomatlikka etkazilgan ziyonning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan, harbiy xizmat omillari bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat’i nazar sug‘urta himoyasiga ega bo‘ladi. SGLI dasturida ishtirok etadigan amerikalik harbiy xizmatchilar uchun esa harbiy sabablar (war cause) bilan, ya’ni harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan hodisalar sug‘urta holati hisoblanadi.
AQSH va Rossiya harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish tizimlarining qisman o‘xshashligi davlatning sug‘urta qiluvchi idoralarga sug‘urta mukofotlarini qoplashda ishtirok etishi bilan asoslanadi. Biroq agar rossiyalik harbiy xizmatchilar uchun bu ishni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi har yili amalga oshiradigan bo‘lsa, AQSH Mudofaa vazirligi faqat harbiy xizmatchi xizmat majburiyatlarini ijro etish paytida halok bo‘lgan hollarda amalga oshiradi. SHunda harbiy xizmatchining oila a’zolari ular o‘lim holatiga qadar to‘lab borgan sug‘urta badallari miqdoridan qat’i nazar to‘liq sug‘urta summasini oladi. Sug‘urta badallarining qolgan summasini AQSH hukumati to‘laydi. SHunga e’tibor qaratish kerakki, harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday kasallik oqibatlari sug‘urta holati hisoblanmaydi va ular bo‘yicha sug‘urta summasini to‘lash amalga oshirilmaydi.
AQSH harbiy xizmatchilarni Shaxsiy sug‘urta qilish tizimida sug‘urta summasini to‘lashning bir necha xil varianti mavjud. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining bevasi o‘zining sug‘urta summasiga egalik huquqini ikki usul bilan amalga oshirishi mumkin: butun summani birdaniga olish (butun summaga chek daftarchasi beriladi) yoki 2 yil davomida alohida har oylik to‘lovlar bilan olish. Sug‘urta pulini to‘lash harbiy xizmatchining halok bo‘lgani va uning foyda oluvchilari haqida barcha zarur hujjatlar taqim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda AQSHda harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta qilish dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi 99 ta sug‘urta kompaniyalari va tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Asosiy sug‘urta kompaniyalari quyidagilar hisoblanadi: Metropolitan Life, The Prudential of America, Connecticut General Life, Northwester Mutual Life, Armed Forces Benefit Association (AFBA) va boshqalar. Nomi aytib o‘tilgan kompaniyalarning ayrimlari sug‘urta biznesida katta stajga ega bo‘lib, ko‘p sonli sug‘urta mahsulotlaridan tashqari boshqa moliyaviy xizmatlarni ham taklif qilgan holda harbiy xizmatchilarni sug‘urta qilish bilan o‘n yilliklar davomida shug‘ullanib kelmoqda. Masalan, AFBA (qurolli kuchlarga ko‘maklashish Assotsiatsiyasi) 1947 yilning 1 fevralida AQSH mudofaa vaziri G.Patterson va qurolliy kuchlar bosh qo‘mondoni general A.Eyzenxauerning yordami bilan ta’sis etilgan. Assotsiatsiya o‘z ishini chet elda xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hayoti va salomatligini sug‘urta qilishdan boshlagan. Assotsiatsiyaning missiyasi harbiy xizmatchilarning ushbu toifasini sug‘urta himoyasini nafaqat urush paytida, balki tinchlik davrida ham ta’minlashdan iborat edi. 1947 va 1948 yillar davomida AFBA sug‘urtani barcha harbiy xizmatchilarga nisbatan joriy qildi va hozirgi paytga kelib, AFBA sug‘urta polisi barchamaldagi harbiy xizmatchilardan tashqari zaxiradagilar, faxriylar, qurolli kuchlarning fuqarolar tarkibidan bo‘lgan personali, shuningdek, boqimandalar uchun ham ochiqdir. 1989 yilning mart oyida AFBA moliya xizmatlari Kompaniyasi tashkil qilindi. Ushbu Kompaniya iste’fodagi ofitserlardan iborat bo‘lgan o‘zining Direktorlar Boshqarmasi tomonidan boshqariladi. 1990 yil AFBA moliya xizmatlari Kompaniyasining filiali sifatida AFBA Bank (Kolorado shtatida davlat industrial banki) ta’sis etildi. Bank mamlakatdagi eng ishonchli banklardan biri sifatida baholanadi.
Hukumat sug‘urta dasturlarini tashkil qilish va amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlar bilan Filadelfiyadagi sug‘urta Markazi va Faxriylar bo‘limining mintaqaviy ofisi shug‘ullanadi. Ular bevosita quyidagilar uchun javob beradi:
- sug‘urta badallarini to‘plash;
- polislar bilan ishlash (manzilni o‘zgartirish, ssuda berish, pulga almashtirish);
- layoqatsizlik va o‘lim holatlarida sug‘urta to‘lovlari;
- aktuar hisob-kitoblar;
- sug‘urta dasturlarining bajarilishi tahlil qilish.
Filadelfiyadagi sug‘urta xizmati shuningdek, SGLI va VGLI dasturlarini ham nazorat qiladi. Ushbu dasturlar bo‘yicha hayotni sug‘urta qilish polislari The Prudential of America sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Polislar AQSH qurolli kuchlarining barcha harbiy xizmatchilari, zaxiradagilar va faxriylarga nisbatan amal qiladi. sug‘urta dasturlaridan tashqari, AQSHda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun boshqa ko‘plab dasturlar, chunonchi, tibbiy, ta’lim va madniy dasturlar ham amalga oshiriladi.
Buyuk Britaniya qurolli kuchlarida baxtsiz hodisalardan ko‘ngilli sug‘urta qilishdan tashqari, Shimoliy Irlandiyada terrorchilik xurujlari oqibatida jarohat olgan va mayib bo‘lgan harbiy xizmatchilar uchun sug‘urta to‘lovlari ham ko‘zda tutiladi.
Harbiy xizmatchilarni davlat tomonidan sug‘urta qilish elementlari Shvetsiya va Italiyada ham mavjud (3.1.1-jadval). Xususan, Shvetsiyada «risk to‘lovi» maksimal hajmi hozirgi paytda 796,4 ming shved kroniga teng (100 ming dollardan ko‘p.). Ushbu summa harbiy xizmatchi 100% nogironlikka uchragan yoki halok bo‘lgan hollarda Davlat sug‘urta kengashi tomonidan to‘lanadi. Fors ko‘rfazi hududida «ko‘pmillatli tinchlik o‘rnatish kuchlari» tarkibida janogovar harakatlarda ishtirok etgan italyan harbiy xizmatchilari uchun mamlakat parlamenti harbiy xizmatchi halok bo‘lgan hollarda 200-750 mln. italyan lirasi (120 ming doll. - 450 ming doll.) miqdorida maxsus sug‘urta to‘lovlari joriy qilgan. SHunga alohida e’tibor qaratish kerakki, bu ikki mamlakatda harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmi masalan, AQSHdagi an’anaviy sug‘urtadan ko‘ra ko‘proq davlat ijtimoiy ta’minotini eslatib yuboradi.
Download 54,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish