1-variant. Savollar



Download 47,72 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi47,72 Kb.
#346890
Bog'liq
B.I.M


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



“BANK ISHI" fani

Tayyorladi: Akramov Abdumannon

Tekshirdi:_______________

1-variant.

Savollar.

1. Valyuta kursining turlari.

2. Markaziy bankning kredit muassasalari faoliyatini tartibga solishdagi vazifalari.

3. Tijorat banklarining boshqaruv organlariga qaysi organlar kiradi?

4. Bugungi kunda tijorat banklarini tashkil qilish qaysi nizom asosida olib boriladi?

5. Xalqaro hisob – kitoblarning mohiyati va turlari.

6. Dastlabki Markaziy banklarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omillar.

7. Xalqaro hisob – kitoblarning shakllari.

8. Valyuta riski va valyuta kelishuvi.

Javoblar.

1.Valyuta kursi bo’yicha iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikr va yondashuvlarning umumiy mazmuni “Valyuta kursi-bu bir mamlakat milliy valyutasining “bahosini” boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishini” anglatadi.

Valyuta kursi fundemental va boshqa obyektiv-subyektiv omillar ta’sirida doimiy ravishda tebranib turadi , bozorda tovarlar va xizmatlar xajmining o’zgarishi hamda pul tizimining ta’sirida valyutalar kursi aniqlanadi va uni aniqlash tartibi ham o’zgarib turadi.

Xalqaro amaliyotda valyuta kursining tartibga solib turiladigan va suzib yuruvchi usullari mavjud.



Tartibga solinadigan valyuta kursi nazariyasining tarafdorlari valyuta kursini davlat tomonidan tartibga solish orqali uni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qo’shimcha mehanizmi ekanligini ta’kidlaydi.

Valyutaning suzib yuruvchi kursining nazariyasi tarafdorlari asosan neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar hisoblanadi . Jumladan , ularning qatoriga M.Fridman(Chikago maktabining yo’lboshchisi), F.Maxlup(Priston universiteti),A.Lindbek(Stokgolm universiteti)G.Djonson (Chikago va London universiteti) va boshqalar kiradi.

Valyutaning suzib yuruvchi kursining qattiq valyuta kursidan quyidagi afzalliklari mavjud:

-mamlakat to’lov balansini avtomatik tarzda tartbga solish;

-mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha siyosatni tashqi aralashuvisiz tanlash imkoniyatini beradi ;

-valyuta savdosi rivojlanishiga keng imkoniyat beradi,bozordagi talab va taklif asosida kimdir yuttiradi kimdir esa yutadi;

-xalqaro savdoni rivojlanishini rag’batlantiradi;

-valyuta bozori valyuta kursini davlatga nisbatan tez va aniqroq aniqlash imkoniyatini beradi.

Valyuta kursining suzib yuruvchi turi, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tovar – pul munosabatlarida keng joriy etilib , bunda milliy valyutalarning xorijiy mamlakatlar valyutasiga nisbatan kursi talab va taklif asosida o’rnatiladi.

2.Kredit muassasalari faoliyatini tartibga solishdan asosiy maqsad kredit muassasalari omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini himoya qilish, bank kreditlari qaytmasligini va zarar ko’rishini oldini olishdir. Chunki, ssuda kapitallari, shu jumladan bank kreditlari holati va istiqboli milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

3.Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi , bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlaridir.

Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi bankning yuqori boshqaruv organidir.

4. Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi.

Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.

5.Xalqaro hisob-kitoblar xalqaro tashqi tovar va xizmatlar aylanmasini tashkil etish ,tijorat va notijorat operatsiyalarini amalga oshirish , kreditlar berish va kapital xarakatida nomoyon bo’ladi.

Xalqaro hisob –kitoblar –turli mamlakatlar yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida iqtisodiy,siyosiy va madaniy munosabatlar natijasida vujudga keladigan pullik talab va majburiyatlarni tartibga solish usullaridir.Mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy hajmi xorijiy valyutalarni ko’chirish , ya’ni xalqaro hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.

6. Markaziy banklarning rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatadiki, ularning kelib chiqishi xususiy banklarga berilgan imtiyozda, ya'ni pul bosib chiqarishda (pul emissiyasi) namoyon bo‘lgan.

Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida markaziy (emitent) va tijorat banklari o‘rtasida farq bo‘lmagan, lekin pul-kredit tizimi rivojlangan sari bir necha yirik tijorat banklarida banknot emissiyasini markazlashtirish jarayoni yuz bergan, natijada banknotlarni chiqarish monopol huquqi bitta bankka tegishli bo‘lib qolgan.

Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.

7.Mamlakat o’rtasida tovarlar va xizmatlar bo’yicha oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirishda xalqaro hisob –kitoblarning quyidagi shakllari qo’llaniladi:



  • Xujjatli akkreditiv;

  • Inkasso;

  • Bank o’tkazmalari;

  • Veksel va cheklar bilan hisob-kitoblar shular jumlasidandir.

8.Valyuta riski –tomonlar o’rtasida tashqi savdo va kredit shartnomalarini imzolash jarayonida to’lov vositasi sifatida foydalaniladigan valyuta kursining o’zgarishi tufayli vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishdir.

Valyuta kelishuvi-eksporter va importeriga to’lov vositasining qadrsizlantirishidan himoya qilish bo’lib , to’lov valyuta kursining o’zgarishi natijasida vujudga keladigan farqni proporsional tarzda to’lab berish haqidagi kelishuvdir.
Download 47,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish