1. Xioniylar, kidariylar va eftaliylar. Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy rivoji



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana20.09.2021
Hajmi0,67 Mb.
#179717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу

Hadisshunoslik.  Qur’oni  karimni  o’rganadigan  fanlar,  ilmlardan  tashqari, 

payg’ambarimiz  hadislarini  har  tomonlama  chuqur  o’rganish  munosabati  bilan 

hadis  ilmi  paydo  bo’lgan.  Rasululloh  alayhissalom  ummatlarim  islom  dinini 

tushunishga qiynalmasin, ularning maishiy turmushi, iqtisodiy, ma’naviy hayotiga 

osonlik bilan kirib borsin degan maqsadda sodda tilda hadislar aytganlar. Qur’oni 

karimni  ko’pchilik  o’qigan,  biladi,  iboralari  juda  murakkab,  juda  qiyin.  Mufassal 

yozilgan  tafsirlar  yordamida  qayta­qayta  o’qishni  talab  etadi.  Hadislar  esa  juda 

oddiy, sodda va lo’nda qilib aytilgan. «Vatanni sevmoq iymondandir», «Eng yaxshi 

ibodat  ilm  egallashdir»,  «Beshikdan  qabrgacha  ilm  izla»  kabi  hadislar ni  misol 

tariqasida  keltirish  mumkin.  Bir  safar  sahobai  kiromlar  Payg’ambarimizdan 

so’rabdilar:  

- Eng yaxshi inson kim? 

Shunda Payg’ambarimiz alayhissalom aytibdilar: 

- Odamlarning eng yaxshisi, boshqalarga nafi tegadiganidir. 

Shunday  purma’no,  hikmatli  gaplar naqadar aniq,  sodda va  tushunarli  holda 

aytilganligi uni to’liq tushunib, idrok qilishda katta ahamiyat kasb etgan. Bundan 

tashqari,  hadislarning  rivoyat  qilish  uslubi  haqida  ham  gapirish  mumkin.  Bu  ilmi 

rivoyat deb aytiladi. Rivoyat qilishning ham o’z qonun­qoidasi bor. Bu ilm roviylar 




aytgan hadislarning  qay darajada sahih  –  ishonchli  yoki  ishonchsiz, noaniq,  xato, 

chalkash,  soxtaligini  aniqlashga  xizmat  qilgan.  Muhaddislar  hadis  sifatida  talqin 

qilingan  gaplarning  bunisi  haqqoniy,  bunisi  soxta  deb  ajratib  berishgan.  Ko’plab 

buyuk  hadisshunoslarning  yurtimizdan  yetishib  chiqqanligi  har  birimizda 

faxr­iftixor uyg’otadi. 

Movarounnahr  zaminidan  yetishib  chiqqan  dastlabki  muhaddislardan  biri 

marvlik mashhur olim Abdulloh ibn al­Muborak al­Marvaziy (736­798) bo’lib, u 

o’z  davrining  ko’plab  olimlaridan  hadis  va  fiqh  ilmlarini  o’rgangan.  Uning 

mashhur  ustozlaridan  Abu  Hanifa  va  Molik  ibn  Anas  kabi  sunniy  yo’nalishning 

ikki  mazhabining  (hanafiya  va  molikiya)  asoschilarini  ko’rsatish  mumkin. 

Abdulloh ibn al­Muborak al­Marvaziy o’nga yaqin asarlar yozgan bo’lib, ularning 

aksar  qismi  hadis  ilmiga  bag’ishlangan.  Yurtimizdan  chiqqan  yana  yirik  bir 

muhaddis  imom  ad­Dorimiy  (798­869)  Samarqand  yaqinidagi  Dorimda  tavallud 

topgan.  Bu  olimning  qalamiga  mansub  asarlar  ichida  uning  hadis  ilmining  turli 

masalalariga  bag’ishlangan  asarlari  asosiy  o’rin  egallaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda 

allomaning eng mashhur asari «Al­Musnad» bo’lib, bu asar «Sunan ad­Dorimiy» 

nomi bilan mashhur. Asarning ikki jilddan iborat nashri 1996 yilda  Livan poytaxti 

Bayrutdagi  «Dor  al­kutub  al­ilmiyya»  matbaasida  chop  etilgan.  Ushbu  asar 

muqaddima va ko’plab kitoblardan iborat bo’lib, o’z navbatida har bir kitob ham 

ko’p sonli boblardan tashkil topgan. E’tiborli tomoni shundaki, Imom ad­Dorimiy 

o’z  asari  «Sunan»da  keltirilgan  hadislarni  deyarli  u  yashagan  davrda  faoliyat 

ko’rsatgan  buyuk  muhaddislar  –  al­Buxoriy,  Muslim  ibn  al­Hajjoj,  Abu  Dovud 

as­Sijistoniy,  at­Termiziy,  an­Nasoiy,  Ibn  Moja  va  boshqa  ko’plab  taniqli 

hadisshunoslar o’z asarlarida keltirganlar. «Hovlisida xurmo daraxti bor xonadon 

ahli hech qachon och qolmaydi» yoki «eng yaxshi nonxurush (priprava) sirkadir» 

kabi hadislarni yuqorida zikr qilgan ko’pchilik muhaddislar Imom ad­Dorimiydan 

rivoyat qilganlar. 

Payg’ambarimiz  Muhammad  alayhissalomning  olti  yuz  mingga  yaqin 

muborak hadislarini yodlarida saqlagan benazir alloma imom al -Buxoriy hazratlari 

haqida uning zamondoshlaridan biri taniqli olim Amr ibn Ali al -Qallosning «Imom 

al-Buxoriy  bilmagan  hadis-hadis  emas»,  -degan  yuksak  va  samimiy  bahosiga  bir 

e’tibor  bering-a!  Bundan  ayon  bo’ladiki,  buyuk  muhaddis  imom  al-Buxoriy 

hazratlari  Payg’ambarimiz  alayhissalomning  muborak  tillaridan  sodir  bo’lgan 

barcha  hadislardan  xabardor  bo’lgan  ekanlar-da!  Arab  olimining  bu  yuksak 

e’tirofini  barcha  muhaddislarning  imomi  (imomu-l-muhaddisiyn),  hadis  ilmining 

sultoni (amiru-l-mu’miniyn fi-l-hadiys), butun dunyoning imomi (imomu-d-dunyo)  

degan  o’ta  sharafli    rutbaga  sazovor  bo’lgan  imom  al-Buxoriy  hazratlarining  aql 

bovar  qilmaydigan  darajadagi  noyob  ilmiy  salohiyatiga  xolisona  baho, 

umumbashariy ta’zim va ehtirom deb izohlash mumkin.  

Payg’ambarimiz  alayhissalom  hadislarining  asliyatini  ilmiy  asosda  aniqlash 

va jamlash masalasida imom al-Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir.  Bu yo’nalishda 

buyuk muhaddis birinchilardan bo’lib ishlab chiqqan talab va qonun -qoidalar hadis 

ilmida  «Imom  al-Buxoriy  shartlari»  («Shurut  al-imom  al-Buxoriy»)  yoki  «Sahih 

al-Buxoriy  shartlari»  («Shurut  «Sahih  al-Buxoriy»)  deb  atalib,  undan  keyingi 

barcha  muhaddislar  tayanib  asarlar  yarat adigan  asosiy  dasturulamal  vazifasini 

o’tagan. 

Buyuk muhaddisning qalamiga mansub yigirma beshdan ortiq asarlar mavjud 

bo’lib,  ularning  aksariyati  hadis  ilmi  va  uning  turli  masalalariga  bag’ishlangan. 




Mana  shu  asarlar  ichida  uning  «al­Jome’  as­Sahih»  asari  islom  dini  ta’limotida 

Qur’oni karimdan keyingi o’rinda turadigan ikkinchi muhim manba sifatida yuqori 

baholanib  kelinmoqda.  Bashariyat  tarixidagi  eng  buyuk  siymolardan  biri 

hisoblangan imom al­Buxoriy ming afsuski sobiq tuzum davrida o’z maqomlariga 

munosib  hurmat­e’tibor  ko’rmadilar.  Faqat  mustaqillik  sharofati  bilan  buyuk 

muhaddisga  hurmat  bajo  keltirildi.  Chunonchi,  O’zbekiston  hukumatining  qarori 

bilan  1998  yilning  kuzida  buyuk  alloma  tavalludining  1225  yilligi  (hijriy  hisobda) 

keng  ko’lamda  nishonlanib,  uning  hayoti  va  benazir  ilmiy­ma’naviy  merosini 

o’rganishda e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Respublikamiz 

Prezidenti  Islom  Karimovning  bevosita  rahnamoligida  Imom  al­Buxoriyning 

Samarqand  yaqinidagi  Xartang  qishlog’ida  joylashgan  maqbarasi  zamonaviy, 

betakror  sharqona  uslubda  batamom  qayta  qurilib,  musulmon  olamining  eng 

tabarruk ziyoratgohlaridan biriga aylandi. 

Yurtimizdan  chiqqan  buyuk  muhaddislardan  yana  biri  Abu  Iso  Muhammad 

at­Termiziy  (824­892)dir.  Imom  at­Termiziy  asarlarining  ichida  eng  mashhuri 

shubhasiz  «Al­Jome’»  bo’lib,  u  oltita  ishonchli  hadislar  to’plamlaridan  biridir. 

Ushbu  asar  ilmiy  adabiyot  va  manbalarda  «Al­Jome’  as­sahih»,  «Jome’ 

at­Termiziy»,  «Sunan  at­Termiziy»  nomi  bilan  ham  atalib,  Payg’ambar 

alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi. 

Imom  at­Termiziyning  mashhur  asarlaridan  yana  biri  «Ash­shamoil 

an­nabaviya»  («Payg’ambarning  shakl­  shamoyillari»)  bo’lib,  ba’zi  manbalarda 

«Ash­shamoil  an­nabiy  sallollohu  alayhi  vasallam»  nomi  bilan  ham  keltiriladi. 

Nomidan  ham  ko’rinib  turibdiki,  bu  asar  Payg’ambar  alayhissalomning  shaxsiy 

hayotlari,  u  kishining  suvrat  va  siyratlari,  ajoyib  fazilatlari,  odatlariga  oid  408 

hadisi sharifni o’z ichiga qamragan manbadir. Bu o’rinda shuni ta’kidlash  kerakki, 

Payg’ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to’plash bilan 

juda  ko’p  muhaddislar  shug’ullanganlar  va  bu  xildagi  hadislar  turli­tuman 

kitoblardan o’rin olgan. Lekin at­Termiziy asarining afzalligi shundaki, u hadislarni 

muntazam  ravishda  to’plab,  muayyan  tartibga  solgan  va  yaxlit  bir  kitob  holiga 

keltirgan.  Muhammad  alayhissalomning  hayotiga  doir  muhim  manba  sifatida 

«Ash­shamoil  an­nabaviya»  azaldan  islomshunos  olimlar,  tadqiqotchilarning 

diqqatini o’ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar 

ham yozilgan. Ushbu asarning tili ravon, uslubi g’oyatda oddiyligini ham qayd qilib 

o’tish o’rinlidir.  Asarning fors va turk  tillariga tarjima qilinishi ham unga bo’lgan 

qiziqishning kattaligidan dalolat beradi.  

«Ash­shamoil  an­nabaviya»ning  birinchi  qismida  keltirilgan  hadisi  shariflar 

Payg’ambarimiz  alayhissalomning  suvrat  (tashqi  qiyofa)lariga,  ikkinchi  qismida 

keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyolari­yu axloqiy fazilatlarini bayon qilishga 

bag’ishlangan. 



«Ash­shamoil  an­nabaviya»ning  XVI  asrga  oid  bir  qo’lyozmasi  Toshkentda, 

O’zbekiston  musulmonlari  idorasi  kutubxonasida  saqlanmoqda.  1980  yilda 

Toshkentdagi  musulmonlar  diniy  idorasi  buyurtmasi  bilan  «Ash­shamoil 

an­nabaviya»ning  ushbu  qo’lyozmasi  ofset  tariqasida  nashr  etilgan  bo’lib,  unga 

qisqacha  so’zboshi  O’rta  Osiyo  va  Qozog’iston  musulmonlari  diniy  boshqarmasi 

hay’atining sobiq raisi, marhum muftiy Ziyouddinxon ibn Eshon Boboxon hazratlari 

tomonidan yozilgan. 

«Ash­shamoil  an­nabaviya»  so’nggi  yillarda  ham  Toshkentda  bir  necha  bor 

nashr  etildi.  Bundan  tashqari  allomaning  1200  yillik  yubileyi  (1990)  munosabati 

bilan gazeta va jurnallarda asar va uning muallifi haqida ko’plab maqolalar chop 

etildi,  Surxondaryo  viloyati  Sherobod  tumanida  joylash gan  maqbaralari 

mustaqillik  yillarida  batamom  qaytadan  ta’mirlanib,  qutlug’  ziyoratgohga 

aylantirildi. 


Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish