1. Xioniylar, kidariylar va eftaliylar. Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy rivoji


Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana20.09.2021
Hajmi0,67 Mb.
#179717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-мавзу

2.Turk hoqonligi. Hoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va madaniy 

rivoji. 


Markaziy  Osiyo  davlatchiligi  tarixida  Turk  xoqonligi  davlati  muhim  o’rin  egallaydi. 

Turk xoqonligi hususidagi manbalar yetarli bo’lsada, lekin ularning ko’pchiligida bir-biriga 

qarama-qarshiligi  ma’lumotlar  bor.  Birinchi  navbatda  VII-  VIII  asrlarda  to’plangan 

manbalar  ancha  qimmatlidir.  Bu  epikgrafik  yodgorliklar  O’rxun-Enesey  runiy  yozuvlari,  

Xitoyning  “Tan  xonadoni  tarixi”  VII-IX  asr  tarixiy  manbasi  VI  asr  ohirida  yashagan 

Vizantiyalik tarixchilar Menandir, Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna 

Efessiylarning tarixiy asarlaridir. 

Shuningdek, bu to’g’ridagi ma’lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X 

asr) o’lkamiz fuzalolaridan Abu Rayxon Beruniy, Narshahiy (X asr) va boshqalar asrlarida 

ham  uchraydi.  Keyingi  vaqtda  bu  masalaga  yanada  e’tibor  ko’chaydi.  Arxeolog  olimlar, 

tarixchilar,  adabiyotshunoslar,  antropologlar  bu  xususida  yangi  tadqiqotlar  olib 

bormoqdalar.  Turklar,  turkiy  qabilalar  tarixi  masalasi  Toshkentda  o’tkazilgan  III  jahon 

Turkologiya anjumanida ham keng muhokama etildi.  

“Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Manas”, “Dada qo’rqut”  kabi umumturkiy xalq dostonlari, 

O’rtaasrlardagi  Mahmud  Qoshg’ariy,  Ahmad  Yugnakiy,  Yusuf  Xos  Hojib  va  boshqalar 

asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to’g’risida turli ma’lumotlar keltiriladi. 

XI  asrda  yashagan  alloma  Mahmud  Qoshg’ariyning  zamondoshi  Yusuf  Xos  Hojib 

o’zining “Qutadg’u bilig” (Saodatga yo’llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp 

Er To’nga to’g’risida shunday deb yozadi: “u bilimdon, zakovatli, katta hunar egasi edi, bu 

fazilatlari  uning  shon-shuhratini  dunyoga  taratgan.  U  turk  beklarining  sarasi,  ovozasi 

olamni  tutgan,  hunari  talay  edi.  Uning  tengi  topilmasdi.  Forslar  uni  Afrosiyob  deb 

atashgan”.  

Tarixda turklarning kelib chiqishi hususida ko’plab afsona, rivoyatlar ham mavjuddir. 

Abu  Ishoq  Nishopuriy  jam  qilgan  (VIII  asr)  “Qissai-al  anbiyo”  asarida  turklarning  kelib 

chiqishi Nuh payg’ambarga borib taqaladi. 

Xitoy yozma manbalarida Turklar “xun” nomi ostida eramizning 92 yilida Oltoyning 

etaklariga  kelib  o’rganishganligi  va  jujanlardan  ruxsat  olib  ular  uchun  temir  qazib 

chiqarishni boshlaganlari haqida ma’lumot berildi. Bu ulug’ Ashin urug’i nomi bilan avval 

boshda atalib kelgan. Xitoylar Ashin qabilasini “Tu-kyu”, deb ham yuritilgan. P. Pel’o bu 

so’zni “Turk-yut” (ya’ni turkiylar) deb izohlagan. “Turk” atamasi kuchli, baquvvat degan 

ma’noni anglatadi. 

Avval  bu  urug’ga  berilgan  turk  atamasi  keyinchalik  ularga  yaqin  turgan  barcha 

qabila-urug’larga ham umumiy nom sifatida aytilib ketilgan. 

Ashin urug’idan bo’lgan Asan (Asyan), va Tuu, (460-545) turkiy qabilalari ittifoqiga 

asos  soladilar.  Tuuning  o’g’li  Bumin  (bu  turkcha  nom,  xitoycha  Tumin)  o’ziga  Tele 

qabilasini  buysundiradi.  Endilikda  ancha  mustahkamlangan  bu  qabilalar  ittifoqi  o’zlari 

qaram bo’lib turgan jujanlardan xalos bo’lish yo’lini qidirishadi. Bumin 551 yili Markaziy 

Osiyodagi eng kuchli bo’lgan jujanlar xonini mag’lub etadi. 




O’sha  yili  Bumin  yangi  davlat  –Turk  hoqonligiga  (551-744)  asos  soladi.  Ili  daryosi 

bo’yida hukmdor deb e’lon qilingacha “Ilixon” degan unvonni oladi. Turklar hukumdori 

o’zini hoqon (turkcha-qag’an) deb yurita boshlaydi. Oltoydagi O’tukan shahri yangi Turk 

hoqonligining poytaxti qilib belgilanadi. Bumin o’z ukasi Istemiga (Istemi-turkcha, Sedimi-

xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan yunoncha) birinchi sarkarda, davlatning birinchi 

amaldori darajasiga to’g’ri keluvchi “Yabg’u”  (bahodir) unvonini berib u bilan birgalikda 

o’z davlatini kengaytirish payiga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, 

turkash, uzli qabilalarini o’ziga buysundiradi. 

Muqanxon hukmronligi davri turk hoqonligini eng qudratli pallaga olib kirdi. 554 yil 

Muqan  hoqon  Sharqqa  yurish  qilib  Uzoq  Sharq  o’lkalarini  o’ziga  buysundiradi  va  Tinch 

okeani qirg’oqlariga chiqadi. U O’rxun, Tug’la, Selenga daryolari bo’ylaridagi qabilalarni, 

Yenisey  daryosi  bo’ylaridagi  qirg’izlarni,  Baykal  atroflaridagi  uyg’urlarni  o’ziga 

bo’ysundiradi. Muqan hoqon eftalitlar davlatini tugatish uchun 544 yil Eron shohi Xusrav 

I Anusheronga elchi jo’natadi. 

588 yil turklar Ural va Volga bo’ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko’chmanchi 

ovarlar bilan to’qnashadi. Turklar eftalitlar va ovarlarga qarshi kurashishda Vizantiya va 

Eron  bilan  do’stonaaloqani  mustaxkamlashga  harakat  qila  boshlaydilar.  Vizantiyadan 

foydalangan Eron eftalitlardan Toharoston, Chag’aniyon, Qobul atrofdagi yerlarni tortib 

oladi. 

563  yildan  eftalitlarga qarshi  shimoldan  turklar  Choch  vodiysiga  bostirib  kiradilar. 

Tez  orada  ular  tomonidan  Samarqand,  Kesh,  Naxshab    egallanadi.  Eftalitlar  Xuttalon, 

Termiz,  Balx,  Amul,  Zamm  shaharlaridan  yordam  olib  Buxoro  yaqinida  katta  jangga 

tayyorgarlik ko’rdilar. 8 kunlik shiddatli jangda eftalitlar turklardan yengiladilar. 

Turklar  tezlik  bilan  harakat  qilib  iloji  boricha  eftalitlarning  yerlarini  ko’proq  o’z 

qo’llariga  olishga  harakat  qiladilar.  Amudaryoning  janubiy  sohiligacha  bo’lgan  yerlar, 

Eron,  uning  shimoliy  sohillaridan  Kaspiygacha  bo’lgan  yerlar  turklar  qo’liga  o’tadi. 

Birmuncha vaqt eftalitlarning qolgan-qutgani Zarafshon vohasida yashab turklarga soliq 

to’lab  turadi.  Janubdagi  yarim  mustaqil  eftalitlar  yerlari  sosoniylar  tomonidan  bir  oz 

vaqtdan  keyin  butkul  bo’ysundirilib  olinadi.  Eftalitlar  davlatining  mag’lubiyatidan  so’ng 

bevosita ittifoqchilar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’la boshlaydi. 

Hoqonlikning  bevosita  g’arbiy  qismini  boshqarib  turgan  Istami  va  bosh  hoqon 

Muqanxon ham savdo yo’li va uning ahamiyatini yaxshi tushunib bu masalani tinchlik bilan 

hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg’u Sug’d ixshidiga bu masalani hal etish 

vazifasini topshiradi. Eronga mashhur Sug’d savdogari va diplomati Moniax boshchiligida 

elchilar  guruhi  jo’natilgan.  Xusravshoh  o’z  atrofidagi  amaldorlarning  maslahatiga  kirib, 

sug’diylar  olib  kelgan  ipakliklarni  sotib  olib,  so’ng  uni  elchilar  ko’z  o’ngida  yig’ib  yoqib 

tashlaydi. 

Istami  bu  voqeadan  so’ng  qattiq  ranjisa-da,  Xusravshoh  huzuriga  2-marotaba  o’z 

elchilarini  yuboradi.  Bu  elchilar  guruhi  endilikda  faqat  turklardan  iborat  bo’lib,  uning 



natijasidan  yaqin  oradagi  siyosat  namoyon  bo’lishi  kerak  edi.  Bu  safar  turk  elchilari 

zaharlab o’ldiriladi. Ularning faqatgina bir nechasigina hoqon huzuriga yetib keladi. O’z 

ishlarini sosoniylar “Turklar issiq ob-havoni ko’tarisha olmadilar” deb berkitishadi. Istami 

Husrav  I  Anushervon  qo’shinlarini  tor-mor  qilib  Eronning  shimoliga  bostirib  kiradi. 

Eftalitlar o’z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o’z qo’llariga qaytarib oladi. 

Eron  tinchlik  sulhiga  kelishib  40000  Vizantiya  tillasi  to’lash  majburiyatini  oladi.  Undan 

so’ng Eron bilan Vizantiya o’rtasida ham urush boshlanib, ketib, sosoniylar davlati juda 

nochor ahvolga tushib qoldi. 

576 yili Muqan hoqon va Istami yabg’ularning vafotidan  so’ng Turk hoqonligining 

ta’siri  ancha  zaiflasha  boshlaydi.  Eron  sarkardasi  Bahrom  Chubin  Chur-Bag’a  hoqon 

qo’mondonligidagi 30000 kishilik turk qo’shinini tor-mor qiladi. Chur Bag’a jangda halok 

bo’ladi.  Bahrom  Chubin  Buxoro  yaqinidagi  Poykend  shahriga  bostirib  Hoqon  hazinasini 

esa Eron shohi Xurmuzdga yuboradi. 

Muqon hoqon vafotidan (576 yil) so’ng taxtga uning ukasi Arslon To’ba o’tirdi. Arslon 

To’la buddiylikka berilgan bo’lsa-da, mamlakatni mustahkamlash uchun TSi saltanati bilan 

shartnoma tuzadi. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish 

choralarini  ham  ko’rdi.  Ammo,  581  yilda  Arslon  To’ba  vafot  etgach  Turk  hoqonlari  

o’rtasida  o’zaro  kurashlar  avj  olib  ketdi.  Bu  kurashlar  natijasida  hoqonlik  ikki  qismga: 

sharqiy  va  G’arbiy  qismga  bo’linib  ketdi.  Sharqiy  hoqonlik  Xitoy  va  Mo’g’ulistoni  bir 

qismini o’z ichiga olib uni Arslon To’baning kichik o’g’li Ishbara boshqara boshlaydi.  

Ikkinchi  hoqon  g’arbiy  yerlarini-Ettisuv,  Markaziy  Osiyoning  asosiy  qismi,  Sharqiy 

Turkiston,  hozirgi  Qozog’iston  tasarrufini  olgan  Istami  yabg’uning  o’g’li  Qora  Cho’rin  

boshqarar edi. Qora Cho’rin  Istamining vafotidan (576 yil) so’ng bu lavozimiga o’tirgan 

bo’lib, boshqa hoqon va xonlar ichida eng qobiliyatlisi va tadbirkor edi. Keyingi xonlar-

To’mon va Amroq edi. Ulardan tashqari yana kichik 4 ta xon bo’lgan. Bu hokimlar o’rtasida 

zimdan adovat kezar, ularning ko’pi bir-biriga dushman bo’lib, qulay vaziyat kelishini kutib 

turar edilar. O’zaro kurashlar natijasida mamlakat ichida ham ahvol keskinlashib, iqtisodiy  

tanazzul boshlanib ketdi. 

Shu  vaqtda  keskin  vaziyat  paytida  turkiy  shahzoda  Obro’y  boshchiligidagi  xalq 

harakati (585-586 yillar) bo’lib o’tdi. Obro’y harakati to’g’risida uzuq-yuluq ma’lumotlar 

saqlanib  qolgan.  Xususan  Abdurhmon  Muhammad  Nishopuriyning  (XI  asr)  “Hazinat-al-

ulum” asaridagi bu masalaga bag’ishlangan parcha Narshahiyning “Tarixi Buxoro” asariga 

kiritilgan. Uning yozishicha Obro’yning qarorgohi Poykandda bo’lib, u boy zodagonlar va 

savdogarlar ustidan qattiq nazort o’rnatgan. Bunga chiday olmagan zodagonlar Turkiston 

tomoniga yo’l olishgan. Obro’y atrofida esa qashshoq dehqonlar guruhlari yig’ila borgan.   

O’zaro muttasil urushlar hamda taxt talashishlar mamlakatni parchalanib ketishi va 

ma’naviy iqtisodiy inqiroz holatiga olib keldi. Qora Cho’rin  qarib qolgan vaqtida taxminan 

600  yillarga  kelib  o’zini  xoqon  deb  e’lon  qiladi.  Qora  Cho’rin    Bug’u  xoqon  (qahramon 

xoqon)  degan  nomni  olgan  edi.  Xoqonlikdagi  og’ir  vaziyatdan  foydalangan  Xitoy 

imperatori  ichki  nazolar  keltirib  chiqarishga  harakat  qiladi.  582-603  yillardagi  o’zaro 




urushlardan  so’ng  603  yil  xoqonlik  to’la    mustaqil  2  qismga:  Sharqiy  va  G’arbiy 

qismlargaaylandi. G’arbiy xoqonlik ta’siri ostida Yettisuv, Chu vodiysi, Volga, Irtish, Ishim 

daryolari  bo’yidagi  yerlar,  Markaziy  Osiyoning  kichik  yarim  mustaqil  davlatlari  uning 

tarkibida bo’ldi. 

Feodal  munosabatlar  rivojlanayotgan  G’arb  hoqonligining  ijtimoiy  tarkibi  ham, 

siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmdorlik jarayonida 

turklarning  bir  qismi  o’troqlashadi,  qolganlari  yerli  chorvadorlar  bilan  aralashib  ketadi. 

O’troq hayotning an’anaviy –ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv  tarkiblari asta-sekin 

o’zgarib,  turklarning  ijtimoiy  va  siyosiy  mavqei  mustahkamlanib  boradi.  Turklar  siyosiy 

hayotda faol qatnashib, Markaziy Osiyo siyosatining hamma jabhalarida teng qatnasha 

boshladilar. Hoqon Sheguy vafotidan keyin (618 yil) hokimiyati kelgan To’n yabg’u (To’n 

bahodir) davrida G’arbiy hoqonlik yana kuchayadi.  




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish