1. Xitoy xalq respublikasi haqida umumiy tafsilot. Xitoy xalq respublikasining iqtisodiyoti. O'zbekiston Xitoy diplomatik aloqalarda



Download 26,69 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi26,69 Kb.
#711313
Bog'liq
O\'zbekiston Xitoy munosabati


MAVZU: O'zbekiston-Xitoy munosabatlari
Reja:
1.Xitoy xalq respublikasi haqida umumiy tafsilot.
2.Xitoy xalq respublikasining iqtisodiyoti.
3.O'zbekiston Xitoy diplomatik aloqalarda

Ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida Xitoyda amalda 3 ta hokimiyat bor edi. Bular — 1) Xitoy-dagi Yaponiya ma'muriyati; 2) mamlakat shimoli va shimoli-sharqida qaror topgan Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) boshchiligidagi hokimiyat; 3) mamlakat janubi-g'arbidagi Chan Kayshi hukumati (Gomindan hukumati).


Yaponiya tor-mor etilgach, uning Xitoydagi ma'muriyati ham quladi. 1946-yilning yozida Gomindan armiyasi XKP armiyasi egallab turgan hududga hujum qildi. Shu tariqa fuqarolar urushi boshlandi. Bu urush 1949-yilning kuzigacha davom etdi. Nihoyat, urushda Gomindan armiyasi yengildi. Uning qolgan qismi Chan Kayshi boshchiligida Tayvan orolida (AQSH panohida) joylashib oldi.
XKP hokimiyatni to'Ia egallagach, 1949-yilning 1 -oktabrida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil etildi. XKP mamlakatda sotsializm qurilishini e'lon qildi. 1950-yil 30-iyundagi qonun asosidagi islo-
hot natijasida katta yer egaligi tugatildi. Dehqonlarga 47 mln. ga yer bo'lib berildi. 1950-yilda Tibet bosibolindi. DaiayJama Hindistonga qochdi. 1956-yilgacha qishloq xo'jaligi shirkatlari tuzildi. Bir vaqtning o'zida mamlakatda
industrJashtirish ham boshlandi. Bu borada SSSR XXR ga katta yordam ko'rsatdi. Uning yordami bilan 250 dan ortiq yirik sanoat korxonalari qurildi. XXR da ham xalq xo'jaligi, SSSR da bo'lgani kabi, besh yillik rejalar asosida rivojlana boshfadi. 1953— J 957-yilJarda birmchi besh yillik rejani bajarish uchun kurash bordi. Bu reja muvaffaqiyatli bajarildi. Bu muvaffaqiyat XKP rahbariyatini ruhlantirib yubordi. Barcha komrnunistik partiyalarga xos bo'lgan xomxayollik XKP rahbariyatini (Mao Szedun boshchiligidagi) ham chetlab o'tmadi.
1958-yilda XKP «Katta sakrash» deb atalgan (1958-1962) yangi bosh yo'Ini tasdiqladi. Uning mazmuni iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, katta sakrashni amalga oshirish va kommunistik jamiyat qurishdan iborat edi.
«Insoniyatning baxtli kelajagi», deb e'lon qilingan kommunizmni qurishning asosiy vositasi haq to'lanmaydigan mehnat bo'lishi zarur edi. Bu narsa «uch yillik qattiq mehnat — o'n ming yillik baxt-saodat» shiori ostida o'tishi kerak edi. Qishloq xo'jaligi shirkatlari o'rniga o'rtacha 20 ming dehqonni birlashtirgan xalq kommunalari tuzildi. Unda hamma narsa umumiylashtirildi. Mahsulotni hammaga baravar taqsimlash tamoyili joriy etildi. Sanoat 6,5 baravar, qishloq xo'jaligi 2,5 baravar oLsishi mo'ljallandi. Dehqon mehnati qattiq tartibga bo'ysundirildi. Ular ishga saf tortgan hoida borardilar. Biroq tez orada «Katta sakrash» barbod bo'Idi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Hatto, ayrim hududlarda ocharchilik ham boshlandi. Sanoat ishlab chiqarishi ham pasaydi. Shu tariqa iqtisodiy inqiroz yuz berdi. Oqibatda Mao Szedun siyosatiga qarshi muxolifat vujudga keldi. U Mao Szedun siyosatini qattiq tanqid qila boshladi. Bunga javoban Mao Szedun qatag'on siyosatini qo'lladi. Bu siyosat Xitoy tarixiga, «buyuk proletar madaniy inqilobi» nomi bilan kirgan. 1966-yildan boshlangan va 1976-yilgacha davom etgan «Madaniy inqilob», aslida, jamiyatdagi Mao Szedun siyosatiga qarshi kuchlarni amalda yo'q qilishni anglatar edi. Buning oqibatida ko'plab partiya, davlat va harbiy kadrlar qatag'on qilindi. Xitoy chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshdan kechira boshladi. «Xunveybin» lardan 100 mln. ga yaqin kishi jabr ko'rdi. Mamlakat 500 mlrd. yuan zarar ko'rdi.
1976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi.
To'rtlar to'dasi (bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar keltirganlikda» ayblanib, qamoqda olindi.
Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga «pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida qatag'on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92 yoshida vafot etdi) XKP yangi rahbariyati Mao Szedun yo'lini xato deb e'lon qildi. «Katta sakrash» va iqtisodiyotning to'Ia daviat nazoratiga olinganligi mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi.
1978-yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqiab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'ii tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet e! sarmoyasining mamlakat iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o'rniga oila pudrati joriy etildi. Shu yo'l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash vazifasi hal etildi.
Sanoatda ham chuqur islohotlar o'tkazildi. Chunonchi, davlat korxo-nalari xo'jaiik hisobi asosida ishlaydigan bo'ldi. Kichik va o'rta tadbirkorlikka keng yo'l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Yangi siyosat o'z samarasini bermay qolmadi. 80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko'mir, televizor, shoyi-gazlama, sement ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’zini o'zi ta'minlaydigan bo'ldi. Bular, o'z navbatida, aholi turmush darajasining o'sishiga olib keldi.
90-yillarda mamlakatda po'lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o'g'it ishlab chiqarish, ko'p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To'qimachilik sanoati mahsuiotlari jahon bozorini egalladi. An'anaviy hunarmandchilik; ipakdan, suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo'ldi. Dengiz mahsulotlari, dorivoro'simliklar, yog'och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko'paydi. Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi.
1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich — islohotni jadallashtirish va chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o'tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o'z ichiga oladi. Amalda shunday bo'lmoqda ham.
Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida olamshumul muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo'ldi. Xitoyda ishlab chiqarish qoldiqlarini qayta ishlash keng yo'lga qo'yildi. Xitoy har yili rivojlangan davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd. dollarga chiqindi sotib oladi.
Hatto 1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati 1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo'jaiik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go'sht, yog'-moy, ko'mir, po'lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo'yicha Xitoy dunyoda birinchi o'ringa chiqdi.
Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o'ringa chiqdi.
Xitoyning iqtisodiy tavaqqiyotiga ta'sir ko'rsatayotgan eng muhim sabablardan biri davlatning to'g'ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor xo'jaiigini yo'lga qo'ygan daviatlarning tajribalarini ijodiy o'zlashtirib, o'tgan yillar davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko'plab qonun, nizom, qoida va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarxarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson o'tish va uning mo'tadil rivojlanishini kafolatlagan.
90-yiilardan belgilangan «Sotsialistik bozor xo'jaligiga o'tish»ning mazmuni shuki, qishloq xo'jaiigini tartibga solish, yerni ayrim xonadonlarning yakka xo'jaiik yuritishiga asoslangan oilaviy pudrat deb atalgan usulda ishlash, dehqonlarning tomorqa uchastkalarini kengaytirish, yordamchi hunarmandchilikni rivojlantirish, ortiqcha mahsulotni bozorda dehqonning o'zi sotishi imkoniyatini yaratishni ko'zda tutadi.
Shaharlarda «direktiva asosida rejalashtiriladigan sohani qisqartirish», sanoat korxonalarini «mustaqil xo'jaiik tashkilotlariga» aylantirish, tovar munosabatlarini rivojlantirish, «narx-navo davlat yo'li bilan bir xil belgilab qo'yiladigan sohani toraytirish», chog'roq xususiy va jamoa korxonalari, kosibchilik ustaxonalari faoliyatini, asosan xizmat ko'rsatish va savdo-sotiq xususiy korxona egaligini rivojlantirish, mamlakat iqtisodiga chet el sarmo-yasini jalb qilish xo'jaiik tizimi islohotining bosh bo'g'ini bo'ldi.
XXR rahbariyatining so'zlariga qaraganda, mamlakatdagi sotsialistik asosda bozor iqtisodiga o'tkazish quyidagi bosqichda amalga oshirilmoqda: 200Q-yilgacha sanoat va qishloq xo'jaligining yalpi mahsuloti 4 baravar ko'payib, xalq turmushi o'rtacha ma'murchiligiga erishildi.
Navbatdagi bosqich 2021-yilgacha (XKP ning 100 yilligi) Xitoyni o'rtacha rivojlangan mamlakat darajasiga ko'tarish.
2049-yilgacha (XXRning 100 yilligi) Xitoyni yuksak darajada rivojtangan zamonaviy davlatga aylantirish vazifasi qo'yilgan.
Xitoyda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunlar ikkiga: fuqarolik qonunlari va iqtisodiy qonunlarga bo'Iinadi. Ular bozor subyektlarini, ya'ni korxonalarning vujudga kelishi, ularni boshqarish ishlarini zamonaviylashtirish va faolligini ishga solishni, o'zgartirilishi, bekor qilinishi, qonunni buzuvchilarning javobgarligini o'z ichiga oladi.
Shuningdek bozor tartibini muqim ushlab turish, bozorning rolidan to'liq foydalanish, monopoliya va noqonuniy raqobatni cheklash, mahsulot sifatiga kafolat berish, iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, patent va tovar markasini berish, turli shartnomalar tuzish, ijaraga berish, aksiya savdosi bilan shug'ullanish, chek hujjatlarini tartibga solish, uy-joy, tijorat hamda bularni buzuvchilarni qanday jazolash haqida maxsus qonunlar mavjud bo'lib, ularning bajarilishi qattiq nozorat
Korrupsiya va poraxo'rlik eng og'ir jinoyat hisoblanadi. 2004-yilda yuzlab kishilar poraxo'rlik uchun otishga hukm qilindi.
Ayni paytda bozor boyliklarini joylashtirishda makro jihatdan nozorat qilish. davlatning umumiy manfaati va kelajagini, xalq xo'jaligining uzluksiz, muhim, to'g'ri yo'ldan rivojlanib borishini kafolatlash, ijtimoiy taraqqiyot va xalq xo'jaligi rejasini tuzish to'g'ri statistika qilish, soliqni tartibga solish, bahoni belgilash va nazorat qilish masalalari aniq tartibga solingan. Ijtimoiy kafolat ham qonun orqaii himoyalangan. raqobat jarayonida xavf-xatar yuzaga kelsa, davlat bu ishga aralashadi.
2004-yil 21-sentabrda 78 yoshli Szyan Szemin Markaziy harbiy kengash raisi lavozimidan iste'fo berdi. XXR raisi Xu Szintao bu lavozimni ham egalladi.
Urushdan keyin Xitoy Sovet davlati bilan yaqin munosabatda bo'ldi. Yuqorida aytib o'tilganidek.
1950—1960-yillarda sovet davlati 250 dan ortiq korxona qurishda ko'maklashdi. П mingdan ortiq sovet mutaxassislari ishladi. Lekin 60-yillardan xitoy — sovet munosabatlari buzildi. 1962-yilda Himolaydagi chegara masalasida Hindiston bilan Xitoy o'rtasida qurolli mojaro kelib chiqdi. 60-yillarda Xitoy Vetnamga iqtisodiy va harbiy yordam ko'rsatdi. 70-yillardan Xitoy AQSH bilan munosabatlarini yaxshiladi. 1971-yilda AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo'yicha yordamchisi G. Kissinjer maxfiy ravishdi Xitoyga keldi va ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, Xitoyni Sovet davlatiga qarshi qo'yishda katta xizmatlar qildi.
1972-yili AQSH Prezidenti A. Nikson Xitoyga rasmiy tashrif buyurdi. 1979-yilda Xitoy bilan AQSH o'rtasida diplomatik munosabatfar o'rnatildi. 1979-yilda Vetnam Kambojadagi xitoyparast «qizil kxmerlar» hukumatini ag'darib tashlagandan keyin Xitoy Vetnamga qarshi harbiy harakat uyushtirdi.
Mao Szedun vafotidan keyin sovet — xitoy munosabatlarida biroz iliqlik paydo bo'ldi. M. Gorbachyovning 1989-yiidagi Xitoyga rasmiy safaridan keyingina sovet — xitoy munosabatlari yaxshilandi.
1997-yili Buyuk Britaniya Xitoyga Gonkongni qaytarib berdi. XX asr oxiriga kelib Xitoy dunyoning barcha davlatlari bilan yaxshi munosabattar o'rnatdi. Bu narsa jahonda Xitoy obro'si o'sishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
1992-yil martda O'zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning Xitoyga rasmiy safari bo'ldi. Bu safar davomida 16 ta hujjat imzolandi. XXR raisi Li Shankun Xalq majlislari uyida O'zbekiston delegatsiyasini qabul qilish marosimida: «Xitoy bilan O'zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabat-larning ko'pgina masaialarini hal etishlari mumkin. Chunki bundan awal ham ikkala mamlakat o'rtasida yaxshi munosabatlar o'rnatilgan edi», — deb ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikka katta baho berdi.
Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda qator bitimlar, jumladan, axborot ayirboshlash, radio-televideniye, banklar, transport, aloqa, sarmoyalarni rag'batlantirish, hamjihatlik, tovarlar yetkazib berish va davlat krediti, sog'liqni saqlash, ta'lim hamda sport masalalari bo'yicha tuzilgan shartnomalar va bitimlar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tardi.
1992—1993-yillarda Xitoy tomoni ajratgan kredit hisobidan respublika-mizga minglab tonna guruch, 15000 tonna choy keltirdi. O'zbekiston Xitoyga «11-76» samolyotlarini yetkazib bermoqda. 1994-yilda O'zbekiston hududida 78 o'zbek — xitoy qo'shma korxonasi faoliyat ko'rsatdi. Jumladan, Urganch Ipak ishlab chiqarish birlashmasida «Suju» firmasi bilan hamkoriikda velyur, pambarxit kabi materiallar ishlab chiqaradigan korxona qurildi. Toshkentdagi 59-maktab xitoy tilini o'rganishga ixtisoslashgan litseyga aylantirildi.
1994-yil aprelda XXR Davlat Kengashi rahbari Li Pen O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi va qator bitimlar imzolandi. Jizzaxda Xitoyning «Nunkel» firmasi bilan hamkoriikda yog'och tolali plita ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
XX asr 90-yillarning oxirlari — XXI asrboshlarida O'zbekiston Prezidenti Xitoyga bir necha bor rasmiy vizit bilan bordi, bu tashriflar ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik va do'stlik aloqalarini rivojlamirishda muhim rol o'ynadi.
2005-yil bahorida XXR hukumati raisi Xu Szintao boshliq Xitoy delegatsiyasi O'zbekistonda bo'ldi. Xavfsizlik masalasi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik bo'yicha fikr almashildi. O'zbekiston Prezidenti­ning 2005-yil mayidagi Xitoyga rasmiy tashrifi natijasida qator bitimlar irnzolanib, Xitoy O'zbekistonga 1,5 mlrd. dollar miqdorida kredit ajratadigan bo'ldi. Ushbu mablag' xalq xo'jaligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Demak, Xitoy bilan O'zbekiston o'rtasida iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnikaviy aloqalar tez rivojlanib bormoqda.

Shunday qilib, Xitoy Xalq Respublikasi XX asrning ikkinchi yarmida murakkab yo'lni bosib o'tdi. Totalitar sotsializm yo'li maqbul emasligini, uning xalq ehtiyojlarini qondirolmasligini isbot qildi. Xitoy sotsialistik rahbarlikka o'zgartishlar kiritib, uni bozor iqtisodiga moslashtirgan va katta yutuqlarni qo'lga kiritgan yagona davlatdar. Bunga u kommunistik mafluira yakka hokimligini tugatib, iqtisodni siyosatdan ustun qo'yganligi tufayli erishdi. Mamlakatga chet el investitsiyasi kiritilishiga yo'I ochilib, xususiy-lashtirish keng yo'lga qo'yildi, shu sababli xususiy xo'jaliklar roli o'sdi. Agar 1980-yilda davlat sektorida sanoat mahsulotlarining 80 foizi ishlab chiqarilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 90-yillarda 50 foizni tashkil etdi. 1990-yillardan «Sotsialistik bozor xo'jaligi» ga o'tish va XXI asrda Xitoyni rivojlangan davlatga aylantirish boshlandi. Bugungi Xitoy — iqtisodiyoti gurkirab rivojlanayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy yakkapartiyaviylik va totalitar tartib saqlangan holda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich qaror toptirilayotgan davlatdir. Bugungi Xitoy — BMT Xavfsizlik Kenga-shining doimiy a'zosi bo'lgan, qudratli, yadro quroliga ega davlatlardan biridir.


2.Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) – hozirgi kunda iqtisodiyoti, aytish joiz bo`lsa, “so`nggi kosmik tezlikda” o`sib borayotgan mamlakat. Xitoyning bu harakati kimlarnidir hayratga, kimlarnidir qo`rquvga solayotgani, ayni paytda, uni atroflicha o`rganib chiqishni talab qiladi. Zero, uning g`ayritabiiy iqtisodiy o`sishi va faol diplomatiyasi nafaqat Sharqiy Osiyo, balki butun dunyodagi vaziyatni tubdan o`zgartirmoqda. Yaqin o`nyilliklar ichida mamlakatning hayratlanarli darajada kuchga va ta`sirga ega bo`lishi barcha mamlakatlar uchun tahliltalab mavzuga aylangan. G`arb analitiklarining “Xitoyning o`sishi, shubhasiz, XXI asrning buyuk voqealaridan biri bo`ladi” deya bashorat qilishi bejiz emas, albatta.
Ba`zi kuzatuvchilarining fikricha, Amerika davri oxirlamoqda va dunyo “G`arbdan Sharqqa ko`chmoqda”.
Xitoy 1970 yillar oxirlari(1979)da ma`muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tgan. Bungacha markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyot mamlakat rivojlanishida kutilgan natijalarni bermadi (sanoat mahsulotlarining ¾ qismi shu tizimga tegishli bo`lgan). O`zgarishlarni baholash uchun quyidagi faktlarni keltirish kifoya: 1954-1979 yillarda YAIMning yillik o`rtacha o`sishi 5.9%(aholi jon boshiga 3.8%) bo`lgan bo`lsa, 1979-1995 yillarda bu ko`rsatkichlar mos ravishda 10.0% (8.5%) ni tashkil qilgan (ilova).
Xitoy ushbu iqtisodiy reformasida markaziy o`rinni xususiy sektor egallaydi. Hozirda YAIMning 70%i xususiy sektor hissasiga to`g`ri keladi.

3.O'zbekiston va Xitoy aloqalari. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyo-satining asosiy yo'nalishlaridan bin Sharq va Tinch okeani havzasi mamlakatlari bilan aloqalar o'rnatish va rivojlantirishga qaratilgan. Bu mamlakatlar orasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan davlatlararo aloqa o'rnatish alohida ahamiyatga ega.O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki paytlar-dayoq O'zbekiston va Xitoy o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi. 1992— yil 2-3-yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo'ldi, shu kunlari ikki mamlakat o'rtasidadiplomatikmunosabatlar o'rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi.


1992— yil 12-14-mart kunlari O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning XXR ga davlat tashrifi ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog'ida hamkorlikning turli sohalari bo'yicha 20 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to'g'risida, qishloq xo'jaligida hamkorlik to'g'risida, sarmoyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish to'g'risida bitimlar bor edi.1994— yil 18-20-aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O'zbekistonga davlat tashrifi paytida O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transporti aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy tomoni O'zbekistonda tayyorlanayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo'ldi.1994— yil 24-25-oktabr kunlari O'zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va muhim ahamiyatga molik bo'lgan hujjat-«O'zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasida o'zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o'zaro manfaatli ham-korlikni rivojlantirish to'g'risida bayonnoma» imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o'rtasida konsullik shartnomasi imzolandi. Islom Karimovning 1999— yil 8- 10-noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari chog'ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, telekommunikatsiya sohalarida hujjatlar imzolandi. Ikki tomonlama aloqalar yanada kengaydi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan 78 ta O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi ikki mamlakat o'rtasida hamkorlikning rivojlanib borayotganining dalilidir.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao davlat tashrifi bilan 2004— yil 14-iyun kuni O'zbekistonga keldi. Ikki davlat boshliqlari uchrashuvida O'zbekiston-Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi. 2004— yil yanvar-aprel oylarida o'zaro savdo hajmi 134 mln. AQSH dollariga etganligi, umumiy qiymati 100 mln. AQSH dollariga teng ikki tomonlama loyihalar amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Ikki mamlakat to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya sohalarida hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Muzokaralar yakunida O'zbekiston bilan Xitoy o'rtasida sheriklik munosabatlari, do'stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mus-tahkamlash to'g'risida Qo'shma deklaratsiya imzolandi. Ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida narkotik vositalarining, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va suiiste'mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid, Toshkentda Konfutsiy nomidagi institutni tashkil etish bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi bitimlar-jami 10 ta hujjat imzolandi.Xitoy rahbari ta'kidlaganidek, o'zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama manfaatdorlikka tayangan O'zbekiston-Xitoy munosabatlari xalqlarimiznig umumiy mulkidir.
Download 26,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish