1. Xususly kapltal hisobining maqsad hamda vazlfalarl Ustav kapitali shakllanishi va o‘zgarishini hisobda aks ettirish



Download 55,79 Kb.
bet1/4
Sana17.07.2022
Hajmi55,79 Kb.
#814123
  1   2   3   4
Bog'liq
Xususiy kapital va uning o\'zgarish hisobi


Mavzu: Xususiy kapital va uning o'zgarish hisobi
Mundarija:
Kirish
1. Xususly kapltal hisobining maqsad hamda vazlfalarl
2. Ustav kapitali shakllanishi va o‘zgarishini hisobda aks ettirish
3. Qo‘shilgan varezerv kapitali xarakatini hlsobda aks ettirish
4. Maqsadll tushumlarnl buxgalterlya hisobida aks ettirish tartlbl
5. Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari hisobi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.
Хo’jalikning xususiy kapitallari uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo’lib, u ustav, qo’shilgan va rezerv kapitallarini va taqsimlanmagan foydani o’z ichiga oladi.
BHMAga muvofiq grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar ham korxonaning xususiy kapitaliga taalluqli bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Bozor munosabatlari xususiy mablag’lar harakati, ya’ni manbalar bo’yicha o’sish, ularning yil boshiga va yil oxiriga qoldig’ining har bir turi bo’yicha ishonarli, to’la iqtisodiy axborotni tezkorlik bilan olish hamda foydalanishni talab etadi.
Хususiy kapital ko’rsatkichlari korxona faoliyati bilan bevosita qiziqtiruvchilar tomonidan tartibga solinib nazorat qilinsa, o’z mablag’lar manbaining qolgan tarkibiy qismlarida tashqi su’yektlarning (bilvosita qiziquvchilarning) ishtiroki nazarda tutiladi.
Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning asosiy ko’rsatkichlaridan biri ustav kapital hisoblanadi va uning qiymati korxonaning ustavida belgilanadi.
Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi.

Ustav kapitali nodavlat sektorida bir qancha jismoniy va yuridik shaxslarning hissasiga asoslanib tashkil etilgan mablag’lar manbaini ko’rsatib, ular aksionerlik jamiyati va shu kabi boshqa mulkchilik shakllarida namoyon bo’ladi. Shu bilan birgalikda ustav fondi atamasi ham mavjud.
Ustav fondi davlat sektoriga qarashli korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladigan atama bo’lib, unda byudjet tomonidan ajratilgan mulk ko’rsatiladi.
Хususiy kapital tarkibida ustav kapitali bilan tenglashtiriladigan aksionerlik kapitali atamasi ham mavjuddir. Ammo ustav kapitali bilan aksionerlik kapitalining o’xshashlik tomonlari bilan birgalikda quyidagi farqlar ham majud:

aksionerlik kapitali faqat aksionerlarning mulkdagi hissasini ko’rsatsa, ustav kapitali barcha sarmoyadorlar summasini belgilaydi;
ustav kapitali aksionerlik kapitalidan mazmuni va ko’lami bo’yicha farq qiladi;
aksionerlik kapitali faqat aksiya chiqarish va joylashtirish bilan ham shakllantiriladi;
ustav kapitalini foyda hisobiga o’stirish mumkin bo’lsa, aksionerlik kapitalini qayta oshirish yo’llari bilan ko’paytirish mumkin;

aksionerlik kapitali – aksionerlik jamiyatlari (ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yopiq turdagi aksionerlik jamiyati)ni tashkil etishdagi mablag’lar manbaini shakllantirsa, ustav kapitali-ham xususiy va aralash korxonalarda qo’llaniladi.
Хususiy kapital tarkibida qo’shilgan va zaxira kapitali, shuningdek taqsimlanmagan foyda ham alohida ko’rsatkich sifatida hisobga olinadi.
Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal qimatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.
Zaxira kapitali esa mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi.
Тaqsimlanmagan foyda foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Korxonaning ustav faoliyatini amalga oshirish, jamoada ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida ustav kapitali, zaxira kapitali va qo’shilgan kapital yaratiladi. Тaqsimlanmagan foyda esa korxona faoliyati natijasida vujudga keladi. Ularni tekshirishdan maqsad korxonaning barqaror faoliyat qilishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishini ta’minlashdan iborat.
Maqsadli tushum va fondlar, ya’ni «Grantlar, subsidiyalar va qaytarilmaydigan yordamlarni xususiy kapital sifatida aks ettirish uchun quyidagi shart sharoitlar asos bo’ladi:
-ma’lum shartlar bajarilganida qaytarib bermaslik;
-subsidiyalar va grantlarni jalb qilish uchun xarajatlar qilinmaydi, demak, ular daromad hisoblanmaydi (mos kelish tamoyildan kelib chiqib).

Тa’kidlash joizki, subsidiyalaar va grantlar turli nodavlat tashkilotlar va fondlar tomonidan korxonalarga ma’lum dasturlarni amalga oshirishlari uchun beriladi. Shuningdek, Davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul hamda moddiy ko’rinishda tekinga berilgan yordamdir. Хususiy kapital tarkibida kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar ham hisobga olinadi hamda ular xarajatlar va to’lovlarni bir tekisda ishlab chiqarishga kiritish masqadida, belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar va ularning harakati haqida axborotlarni o’zida umumlashtiradi. Jumladan:
asosiy vositalarni ta’miri bo’yicha rezerv qilinadigan xarajatlar; vaqtinchalik (titulli) bino va inshootlarni tiklash bo’yicha xarajatlar va hokazolar.



Download 55,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish