1. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Oʻzbekiston iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va maʼnaviy hayotida inqirozning kuchayib borish sabablari


,,  Paxta  ishi”kompaniyasi  va  uning  respublikadagi  siyosiy  va  maʼnaviy



Download 161,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.08.2021
Hajmi161,72 Kb.
#155179
1   2   3   4
Bog'liq
oʻz eng yang tarixi2

2.,,  Paxta  ishi”kompaniyasi  va  uning  respublikadagi  siyosiy  va  maʼnaviy 

hayotga ta'siri.

 

Xalq 


boshiga 

tushgan 


kulfatlar 

arimasdan 

navbatdagi 

sinovlar 

boshlandi.O`zbekistonda “o‘zbeklar ishi”, “paxta  ishi” deb  atalgan jinoiy ishlar 

to‘qib  chiqarildi.  Moskvadan  yuborilgan  Gdlyan  va  Ivanov  guruhi 

O`zbekistonning  boshiga  tushgan  kulfat  bo‘ldi.  Guruh  a’zolari  hech  kim  bilan 

hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan 

tortib O`zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash 

uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. 

O`zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi 

davri  avj  oldi.  Ming-minglab  iqtidorli,  rahbarlik  mahoratini  puxta  egallagan 

rahbar  kadrlar,  mirishkor  paxtakorlar,  ter  to‘kib  mehnat  qilgan  halol  kishilar 

qamoqqa  olindi.  Hibsga  olingan  respublika  partiya  va  davlat  organlarining 

rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda 

ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar 




ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va 

“aybnoma” tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi.  

Butun  SSSRda  bo‘lganidek,  O`zbekistonda  ham  kamchiliklar,  qo‘shib 

yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu 

illatlarni o‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi 

keltirib chiqargan edi. O`zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilishni 

so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 

Yuz  minglab  fuqarolar  O`z  KP  MQga,  mahalliy  hokimiyat  organlariga  o‘z 

haqhuquqlarining,  qonuniy  manfaatlarining  buzilganlagini  shikoyat  qilib 

koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Norozilik ayniqsa xotinqizlar 

orasida  ko‘paydi.  1986-1987  yillarda  respublikada  270  nafar  ayol  o‘zinio‘zi 

yondirib  yubordi.  Bu  holat  ularning  sha’ni  qadr-qimmatining  toptalishi,  haq-

huquqlarining buzilishiga nisbatan songgi norozilik ifodasi edi.  

Xalqning  juda  boy  tarixi  va  madaniyatini,  o‘lkaning  o‘ziga  xos  noyob 

xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik 

qilgan  ayrim  mahalliy  amaldorlar  xalqning  urf-odatlari,  an’analarini  oyoq  osti 

qildi.  Xalqimizning  boy  madaniyati  va  ma’naviy  qadriyatlari  kamsitildi.  Ona 

tilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy 

libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot 

etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid 

ostiga olindi, shafqatsiz jabzolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir 

qildi,  siyosiy  loqaydlikni  kuchaytirdi.  Ko‘plab  olimlar,  yozuvchilar  va  boshqa 

ijodiy xodimlar mislsiz aziyat chekdilar. Ularning ko‘pchiligi mahalliychilikda, 

milliy  cheklanganlikda,  xurofot-bid’atga  berilganlikda,  sinfiy  va  partiyaviy 

tamoyillardan  og‘ishlikda,  o‘tmishni,  xonlar  va  amirlar  hayotini  bo‘rttirib 

ko‘rsatishda ayblandilar. Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, 

noxush holatlarni, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, 

xalqning o‘zligini anglashga ko‘maklashdi.  

 


Download 161,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish