1. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Oʻzbekiston iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va maʼnaviy hayotida inqirozning kuchayib borish sabablari


Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati



Download 161,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.08.2021
Hajmi161,72 Kb.
#155179
1   2   3   4
Bog'liq
oʻz eng yang tarixi2

    3.Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq II sessiyasida  ,, Oʻzbekiston 

Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisida” gi Deklaratsiya qabul qilindi.1990-yil 20-

iyunda ,, Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligi toʻgʻrisida” gi Deklaratsiya sessiyada 

qizgʻin muhokama qilindi va bir ovozdan maʼqullandi. 

Mustaqillik Deklaratsiyasi xalqimizning xohish-irodasiga toʻla mos keladigan 

oliy  maqsad,12  moddadan  iborat  boʻlib,  ularda  quyidagi  muhim  tartib  qoidalar 

belgilab qoʻyilgan: 

Oʻzbekiston SSR davlat suverinniteti Oʻzbekiston SSR demokratik davlatining 

oʻz  hududida  barcha  tarkibiy  qismlarida  va  barcha  tashqi  munosabatlarida  tanho 

hokimligi; 

Oʻzbekiston SSR davlat davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning 

muhokamasiga qoʻyilmay turib oʻzgartirilishi mumkin emas; 



SSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasiga 

muvofiq  Oʻzbekiston  SSR  Oliy  Kengashi  tomonidan  tasdiqlanganidan  keyingina 

Oʻzbekiston hududida kuchga kiradi

Oʻzbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga Oʻzbekiston SSR ichki va tashqi 

siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. 

       Mustaqillik  Deklaratsiyasining  qabul  qilinishi  mamlakatimizning  tom 

maʼnodagi  haqiqiy  mustaqillikka  erishish  yoʻlida  katta  muhim  ahamiyatga  ega 

boʻldi. Shundan e'tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotiga 

doir masalalar mustaqil hal etila boshlandi. 

   1990-yil oktabri oxirida O'zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala 

yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan 

ahvoldan chiqishning yo'lini...  

respublikaning  iqtisodiy  mustaqilligiga  erishish  asosida  iqtisodiy  islohotlarai 

chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi.  

1991-yil  15-fevralda  O'zbekiston  Oliy  Kengashi  «O'zbekistonning  davlat 

ramzlari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:  

«Mustaqillik  to'g'risidagi  Deklaratsiyaga  amal  qilib,  O'zbekiston  SSR  Oliy 

Kengashi qaror qiladi:  

1. 

O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O'zbekiston 



SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy  Qonuni)ning  yangi  loyihasini  tayyorlovchi 

komissiyasiga O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga 

doir  takliflar  hamda  ular  to'g'risida  Nizomlar  tayyorlash  topshirilsin.  Komissiya 

respublika jamoatchili-gi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko'rsin.  

2. 

Bu boradagi takliflar matbuotda e'lon qilinib, umumxalq muhokamasi 



uyushtirilsin».  

O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  qabul  qilgan  Qonunlar,  O'zbekiston 

Prezidentining  Farmonlari,  hukumat  qarorlari  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib,  ular 

respublikaning  iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan  mustaqil  rivqjlanish  yo'liga  bevosita 

qaratila boshladi.  

Masalan,  1989-yil  20-oktabrida  o'n  birinchi  chaqiriq  O'zbekiston  SSR  Oliy 

Sovetining  o'n  birinchi  sessiyasida  «O'zbekiston  SSR  Konstitutsiyasi  (Asosiy 

Qonuni)ga  o'zgartirishlar  va  qo'shimchalar  kiritish»  to'g'risidagi  masala  maxsus 

muhokama etildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida hisobot 

berishi majburiy qilib qo'yildi.  

1990-yil  23-martida  O'zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Komitetining 

Plenumi  bo'ldi.  Unda  O'zbekiston  SSRning  siyosiy  suvereniteti  masalalariga  oid 

muammolarni  tahlil  etishga  va  konsepsiyalarini  ishlab  chiqishga  jiddiy  e'tibor 

berildi. Plenum yangilanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o'rni 

va  mavqeyi,  uning  davlat  hokimiyati  idoralari  va  jamoat tashkilotlari  bilan  o'zaro 

munosabati prinsiplari to'g'risidagi masalalarini muhokama qilib, buyruqbozlikdan, 

ma'muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi.   

Ana  shu  obyektiv  holatni  hisobga  olib,  1990-yil  24-martida  XII  chaqiriq 

O'zbekiston  SSR  Oliy  Sovetining  birinchi  sessiyasi  bo'ldi.  Sessiya  O'zbekiston 



tarixida  birinchi  marta  Prezidentlik  lavozimini  ta'sis  etish  to'g'risida  qaror  qabul 

qildi.   

O'zbekiston  SSR  Oliy  Soveti  Rayosati  a'zolari,  komissiya  rais-lari  va 

muovinlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish 

va so'ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb topdilar.  

19-iyun  kuni  40  dan  ortiq  deputat,  doimiy  komissiyalarning  raislari, 

huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko'rib chiqdi. Natijada bu 

masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi.  

«Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-

band  muhokama  qilindi,  har  bir  millat  o'z  taqdirini  o'zi  belgilashi,  Deklaratsiya 

qoidasi  bilan  kafolatlanishi  qayta-qayta  ta'kidlandi.  Unda  o'zbek  xalqining  asrlar 

davomida  qo'lga  kiritgan  davlat  qurilishi  va  madaniy  taraqqiyot  borasidagi  boy 

tarixiy tajriba-si va an'analari hisobga olinishi uqtirildi.  

1991-yil 19-21-avgustida Moskvada davlat to'ntarishi qilish-ga urinib ko'rildi. 

Ulaming  maqsadlari  Ittifoq  hududida  yashovchi  barcha  xalqlarning  mustaqillikni 

qo'lga kiritishlariga, o'z taqdirlarini o'zlari hal qilishlariga yo'l qo'ymaslik edi.  

Shuni  ham  aytish  kerakki,  to'ntarishni  uyushtirgan  kishilar  mamlakatda  yuz 

bergan boshboshdoqlik va parokandalik cho'qqisiga chiqqan bir paytdan foydalanib 

qolmoqchi bo'lishdi. Ammo qayta qurish yillarida ko'zi ochilgan xalqni endi eski 

tuzum doirasiga kiri-tishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi.   

O'zbekiston  Prezidenti  I.  Karimov  Hindiston  safaridan  qaytgani  hamonoq  - 

19-avgust kuni kechqurun respublika rahbarlari va Tosh-kent shahri faollari bilan 

uchrashib,  qat'iy  tarzda  O'zbekiston  nuq-tayi  nazarini  ma'lum  qildi.  Respublika 

rahbariyati: «Markazdan, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonunga xilof ko'rsatmalarni 

baja-rish  mum  kin  emas»,  -  deb  hisobladi.  20-avgustda  O'zbekiston  SSR  Oliy 

Kengashi 

Rayosati, 

O'zbekiston 

SSR 

Prezidenti 



huzuridagi 

Va-zirlar 

Mahkamasining  Qoraqalpog'iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahri 

rahbarlari ishtirokida  qo'shma  majlis  bo'ldi. Unda  O'zbekistonning  mustaqillikka 

erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.  

I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston mustaqilligi 

haqida  Qonun  qabul  qilish  masalasini  keskin  qo'ydi.  Chunki  har  bir  milliy 

respublikaning  chinakam  teng  huquqliligi  va  mustaqilligi  ta'minlangandagina 

tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to'siqlar 

olib tashlanishi, har bir respublika  so'zda emas, balki amalda  tenglar orasida  teng 

bo'lishi lozim edi.  

Ayni  shu  maqsadlami  ko'zlab,  O'zbekiston  Oliy  Kengashining  XII  chaqiriq 

navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o'z ishini boshladi.  

O'zbekistonning  mustaqil  davlat  deb  e'lon  qilinishida  maz-kur  sessiya  katta 

tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O'zbekiston  

Respublikasining 

davlat 

mustaqilligi 

to'g'risida»gi 

hamda 


«O'zbekiston 

Respublikasining  Davlat  bayrog'i  to'g'risida»gi  masalalar  kun  tartibiga  qo'yilib, 

qizg'in muhokama qilindi.  

 

Qliy   Kengash   deputatlari   moddama-modda   muhokamadan  



so'ng  


«O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  Mustaqilligi  to'g'risida»gi  qonunni  qabul 

qildilar. So'ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to'g'risidagi Bayonot qabul qilindi. 

O'zbekiston SSRning nomi O'zbekiston Respublikasi deb o'zgartirildi. Mustaqillik 

e'lon qilin-gan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, 

deb e'lon qilindi.  

O'zbekiston  Respublikasi  mustaqilligi  haqidagi  bu  hujjatlar  o'zbek  xalqining 

asriy orzusi ro'yobga chiqqanligining huquqiy ifo-dasi bo'ldi.  

«O'zbekiston  Respublikasining  Davlat  Mustaqilligi  asoslari  to'g'risida»gi 

qonun  g'oyat  katta  ahamiyatga  ega  bo'lganligi  uchun  bu  muhim  hujjat  haqida 

batafsil  to'xtash  lozim.  Mazkur  qonun  aso-sida  O'zbekistonning  huquqiy  holati 

tubdan  o'zgardi.  O'z  mohiya-tiga  ko'ra  bu  hujjat  respublika  uchun  vaqtincha 

konstitutsiya roli-ni ham o'ynaydigan bo'ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren 

O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.  

Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo'lga kirit-gan mustaqillik 

erki qonun bilan mustahkamlab qo'yildi.  


Download 161,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish