1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tushunchasi, faoliyat turlari, obʼektlari, mezonlari va axamiyati


-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish



Download 73,76 Kb.
bet8/11
Sana06.04.2022
Hajmi73,76 Kb.
#532211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja

3-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish
12. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Yakka tartibdagi tadbirkor xodimini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechikmay soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasi orqali eksterritorial tarzda taqdim etadi.
14. Xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizaga yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining nusxasi ilova qilinadi.
15. Davlat soliq xizmati organi tomonidan xodimni hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza olingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha QR-kod qo‘yilgan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasi (keyingi o‘rinlarda — hisobga qo‘yish kartochkasi) yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovasiga jo‘natiladi.
16. Hisobga qo‘yish kartochkasi xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatiga beriladi.
17. Amal qilish muddati tugagan hisobga qo‘yish kartochkasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
O‘z kuchini yo‘qotgan hisobga qo‘yish kartochkasini qayta tiklash uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq shaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali eksterritoriallik tamoyili asosida ariza jo‘natiladi.
Mazkur arizaga asosan davlat soliq xizmati organi tomonidan bir ish kunidan kechiktirmasdan yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovasiga ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq hisobga qo‘yish kartochkasi jo‘natiladi.
18. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor shaxsiy kabineti yoki mobil ilovasi orqali soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish joyidagi davlat soliq xizmati organiga xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda bir ish kunidan kechiktirmasdan eksterritorial tarzda yuboradi.
Davlat soliq xizmati organi xabarnoma qabul qilingan kunning o‘zida xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini bekor qiladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnomani o‘z vaqtida yubormaslik, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblashni to‘xtatib turishga asos bo‘lmaydi.
19. Hisobga qo‘yish kartochkasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan hollarda davlat soliq xizmati organi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki mobil ilovasiga jo‘natilgan kartochkadan qayta chop etish orqali foydalanilishi mumkin.
20. Davlat soliq xizmati organlari yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollangan xodimlari hisobini belgilangan tartibda yuritadi.

Download 73,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish