1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tushunchasi, faoliyat turlari, obʼektlari, mezonlari va axamiyati



Download 73,76 Kb.
bet10/11
Sana06.04.2022
Hajmi73,76 Kb.
#532211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja

5-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat shartnomasini tuzmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar aniqlangan taqdirda, yakka tartibdagi tadbirkor xodimlar sonini yashirganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
26. Xodimlarni ishga jalb qiladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda soliqlar va yig‘imlarni hisoblashning to‘g‘riligi hamda ularning qonunchilikka muvofiq o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan javobgardirlar.
27. Yakka tartibdagi tadbirkorning xodimi savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini buzgan taqdirda, unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda javobgarlik choralari tatbiq etiladi. Bunda, moliyaviy sanksiya xodimni ishga jalb qilgan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan qo‘llaniladi.
28. Davlat soliq xizmati organlari qonunchilikka muvofiq soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.


4. Rivojlangan davlatlarda YaTTlarni solikka tortishda amaldagi holati
“2020 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan summalari tasdiqlandi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar koʼp yillar mobaynida qatʼiy belgilangan soliq toʼlab kelishdi. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida bunday soliq boʼlmaydi – uni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi (JShDS) almashtiradi. 100 mln soʼmgacha aylanmaga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar, qonun loyihasida nazarda tutilganidek, tanlash huquqiga ega boʼladilar: uni belgilangan stavka boʼyicha yoki qatʼiy belgilangan summa bilan toʼlash.
Bunda 2020 yil uchun JShDSning qatʼiy belgilangan summalari YaTTning talay faoliyat turlari boʼyicha sezilarli pasaytirilgan. Masalan, Toshkent shahrida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qiluvchilar 25% kam, dehqon bozorlarida qishloq xoʼjaligi mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 37,5% kam, gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar – 2 baravar kam toʼlaydilar. Poytaxtda maishiy xizmatlar koʼrsatuvchi YaTT uchun JShDSning qatʼiy belgilangan summalari 28,6%ga kamayadi.
Bunda jismoniy shaxs:
a) bir nechta faoliyat turi bilan shugʼullangan taqdirda, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida soliqning qatʼiy belgilangan summasini toʼlaydi
b) tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalar va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʼgʼrisida maʼlumotnoma (axborot) taqdim etishi kerak;
v) davlat roʼyxatidan oʼtkazilmagan joyda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, soliqning qatʼiy belgilangan summasini roʼyxatdan oʼtkazilgan joyda va faoliyatni haqiqatda amalga oshirayotgan joyda belgilangan stavkalar orasida eng yuqori stavka boʼyicha roʼyxatdan oʼtkazilgan joyda toʼlaydi.
g) I yoki II guruh nogironi boʼlgan shaxslar, faoliyat turi va uni amalga oshirish joyidan qatʼiy nazar, qatʼiy belgilangan summaning 50%ini, biroq BHMning 50%idan koʼp boʼlmagan miqdorda toʼlaydi.
Eʼtibor bering! Hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovarlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda "Hunarmand" uyushmasi aʼzolari qatʼiy belgilangan soliq summasini toʼlashdan ozod etiladi.
Bolalar oʼyin avtomatlari bilan bogʼliq xizmatlar koʼrsatuvchi jismoniy shaxslar har bir jihozlangan oʼrin (birlik) uchun qatʼiy belgilangan summani toʼlaydilar. Bolalar oʼyin avtomatlari bilan bogʼliq xizmatlarni koʼrsatuvchi yuridik shaxslar aylanmadan soliqni yoxud Soliq kodeksida belgilangan tartibda umumbelgilangan soliqlarni toʼlaydilar.Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari JShDS 12% stavkasida soliqqa tortiladi.

XULOSА
Iqtisodiyotdagi soliq yuki davlat soliq siyosatining natijasi boʼlib, soliq tizimining sifatini ifodalaydi. Shu bilan birga, olinayotgan soliqlar darajasi, bir tomondan, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligiga, boshqa tomondan davlatning moliyaviy resurslarga boʼlgan ehtiyoji miqdori bilan belgilanadi. Shu bois, soliq yukining ogʼirligini kamaytirish davlat xarajatlarini qisqartirish bilan bogʼliq boʼladi. Umuman olganda, mamlakatda soliqlar va toʼlovlarning stavkalari pasaytirilishi va ularni undirish mexanizmlarini takomillashishi amaldagi soliq yukining kamayishiga va byudjetga toʼlovlarning vaqtida kelib tushishiga ijobiy taʼsir koʼrsatmoqda. Shunisi eʼtiborliki, tahlil qilinayotgan davrlarda soliq stavkalarining bir necha foizga kamayishi ushbu soliq turlari boʼyicha byudjetga tushumni kamaytirmadi. Аksincha, soliq tushumlari absolyut miqdorda oshishi kuzatilmoqda. Bu soliq yukining pasayishi bilan iqtisodiyotning barqaror rivojlanayotganligidan darak beradi.



Download 73,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish