1. Yalpi Ichki Mahsulot mohiyati


Yalpi ichki mahsulot va uni hisoblash usullari



Download 36,36 Kb.
bet3/10
Sana15.06.2022
Hajmi36,36 Kb.
#673625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Asqarova O\'g\'iloy

2. Yalpi ichki mahsulot va uni hisoblash usullari. 


Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;

  1. Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ

  1. Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = C + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
3 ) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
Ko’plar YaIMni iqtisodiyot ahvolini eng yaxshi ko’rsatkichi deb hisoblaydilar. AQSh iqtisodiyot vazirligi tomonidan xar uch oyda hisoblanadigan statistik ma’lumotlar iqtisodiy faoliyat natijalarini yagona qiymat ko’rsatkichida aks ettirishga mo’ljallangan. YaIM ni aniqroq quyidagicha tasavvur etish mumkin:

  • Barcha iqtisodiy agentlarning yalpi daromadi;

  • Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga xarajatlarning umumiy hajmi.

YaIM iqtisodiyot ahvolini tavsiflashi mumkin, chunki odamlar kam daromadga qaraganda ko’prog’ini afzal ko’radilar. Shunga o’xshash, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi qanchalik yuqori bo’lsa, shaxsiy, ishlab chiqarish va davlat ehtiyojlarini qondirish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
YaIM bir vaqtning o’zida ham iqtisodiyotdagi daromadni, ham ishlab chiqarishga xarajatlar hajmini o’lchaydi, chunki oxir-oqibat bu miqdorlar bir xil: butun iqtisodiyot uchun daromadlar hajmi xarajatlar hajmiga teng bo’lishi lozim. Bunga ishonch hosil qilish uchun, biz milliy hisobchilikni, YaIM va u bilan bog’liq boshqa bir qator ko’rsatkichlarni o’lchashning statistik tizimini o’rganishimiz lozim.
YaIM iqtisodiyotdagi pul oqimlarini ifodalaydi. Biz uni ikki usul bilan hisoblashimiz mumkin. YaIM – bu non ishlab chiqarishdan olingan yalpi daromad bo’lib, u ish haqi va foyda yiqindisiga teng- pullar doiraviy aylanish chizmasining yuqoridagi yarmi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM – bu nonni sotib olishga qilingan xarajatlarning umumiy hajmidir-pullar doiraviy aylanish chizmasining pastki yarmi. Shunday qilib, biz yo firmalardan uy xo’jaliklariga pullar oqimini yoki uy xo’jaliklaridan firmalarga pullar oqimini olishimiz mumkin.
Daromadlar va xarajatlar tengligi hisobga olish qoidalaridan kelib chiqadi: mahsulotlarni sotib olishga barcha xarajatlar albatta bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadi hisoblanadi. Bu qoidaga muvofiq, xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradigan xar qanday bitim natijasida daromad o’zgarishi ham yuz beradi va daromad o’zgarishiga olib keluvchi xar qanday bitim natijasida xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradi. Faraz qilaylik, masalan firma uy xo’jaliklariga 1 ta nonni ko’proq ishlab chiqaradi va sotadi. Bu operatsiyada nonga xarajatlarning umumiy miqdori ko’payadi, biroq bunda daromadlarning umumiy hajmi ham o’zgaradi. Agar firmaga qo’shimcha nonni ishlab chiqarish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash talab etilsa, unda ish haqining umumiy miqdori oshadi. Agar firma qo’shimcha nonni qo’shimcha xodimlarni jalb etmay ishlab chiqarsa (ishlab chiqarish jarayonini samaraliroq qilib), unda foyda ko’payadi. Ikkala holda ham xarajatlar ham, daromadlar ham bir xil miqdorga ko’payadi.
Faqat non ishlab chiqarilayotgan gipotetik iqtisodiyotda biz YaIMni nonni sotib olishga qilingan barcha xarajatlarni qo’shib oddiygina hisoblashimiz mumkin. AQSh YaIMni hisoblash ancha qiyin vazifani o’zida aks ettiradi. Bunday yirik va murakkab iqtisodiyotda YaIMni hisoblashda tovar va xizmatlarga qilingan xarajatlarni to’g’ridan to’g’ri qo’shiladi deb fikr yuritib bo’lmaydi. Bu kitobda biz YaIMni hisoblashning to’liq uslubiyatiga kirib bormasakda, YaIM tushunchasi haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun uni shakllantirishning asosiy tamoyillarini bilish kerak.
Faraz qilaylik,faqat bitta tovar turi ishlab chiqarilayotgan iqtisodiyotda firma nonni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun qo’shimcha ishchilarni yollaydi, ularga ish haqi to’laydi, keyin esa qo’shimcha ishlab chiqarilgan nonni firma sota olmaydi. Umumiy qoida shundan iboratki, firma tovarlar zahiralarini ko’paytirganda, zahiralarga investitsiyalar hajmi ham xarajatlar tarkibiga, ham daromadlar tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, agar ishlab chiqarish natijasida zahiralar qo’shimcha o’sishi yuz bersa, bunda YaIM xuddi bevosita sotish uchun ishlab chiqarilgani kabi ortadi.

Download 36,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish