1. Yashirin iqtisodiyot haqida. Yashirin iqtisodiyot sabablari. Yashirin iqtisodiyot oqibatlari



Download 25,01 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2022
Hajmi25,01 Kb.
#568374
  1   2
Bog'liq
YASHIRIN IQTISODIYOT


MAVZU: HUFYONA IQTISODIYOT,MOHIYATI VA KELIB CHIQISH SABABLARI,TARKIBIY QISMLARI.

REJA:
1.Yashirin iqtisodiyot haqida.
2.Yashirin iqtisodiyot sabablari.
3.Yashirin iqtisodiyot oqibatlari

Iqtisodiyot — yunoncha "oykos" va ("nemein" so'zidan olingan) "nomiks" soʻzlari birlashmasidan kelib chiqqan boʻlib, "oykonomia", ya'ni uy xoʻjaligini boshqarish degan maʼnoni anglatadi. "Ekonomika" soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda "iqtisodiyot" atamasiga oʻzgaradi. Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni oʻrganuvchi fan.
Yashirin iqtisodiyot, xufiya iqtisodiyot — ishtirokchilar tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliqlar toʻlanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiy faoliyat turlari. Yashirin iqtisodiyot oshkora payqab boʻlmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, isteʼmol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar boʻlib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Yashirin iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud.
YA.i. murakkab koʻp bosqichli hodisa, uning tur va shakllari xilmaxil. Yashirin iqtisodiyot maqsadi, faoliyati va iqtisodiyijtimoiy oqibatlariga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi: 1) jinoiy iqtisodiy faoliyat. Bu mutlaqo maʼn etilgan, qonun yoʻli bilan taʼqib etiladigan ishlar bilan shugʻullanish, mas, narkobiznes, pornobiznes, qurol biznesi va h.k.; 2) gʻayriqonuniy, gʻayriiqtisodiy usullar bilan daromadlarni qayta taqsimlab oʻzlashtirib olish, mas, oʻgʻirlik, bosqinchilik, reket, poraxoʻrlik; 3) ikkilamchi iqtisodiyot — kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf beradigan, lekin rasman ruxsat etilmagan va davlat roʻyxatidan oʻtmagan iqtisodiy faoliyat. Ularga yashirin tadbirkorlik, 1—2 va 5—10 kishi band boʻlgan yashirin kichik korxonalar faoliyati kiradi. Yashirin tadbirkorlik xizmati koʻrsatish, q.x., qurilish, savdo, kiyimkechak ishlab chiqarishda keng tarqalgan; 4) rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga qoʻshimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qoʻl urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qoʻshimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish; 5) mansabni suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xattiharakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi poraxoʻrlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib subsidiyalar olishni kiritish mumkin; 6) qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat, bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos boʻlib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qoʻshib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar Yashirin iqtisodiyot dagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qatʼiyan taqiqlanadi, hamma choralar bilan unga qarshi kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy boʻlsada kishilar talabehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantiriladi.
YA.i. miqyosi yashirin iqtisodiy aylanma, yaʼni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi. Aylanma xufiyona boʻlganidan uning aniq hisobkitobi boʻlmaydi. Buning oʻrniga uni taxminan baholash usuli qoʻllaniladi. Ayrim hisobkitoblarga koʻra, oʻtgan asr oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5% ga teng boʻlgan. BiroqYa.i. miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Yashirin iqtisodiyot eng rivojlangan mamlakatlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. Mas, 1999-yil Misr va Nigeriyada u yalpi ichki mahsulotning 70% ga teng boʻldi. Yashirin iqtisodiyot hissasi eng kam boʻlgan mamlakat Osiyoda Yaponiya (1—2%), Gʻarbiy Yevropada Shveysariya hisoblanadi. MDH mamlakatlarida Yashirin iqtisodiyot darajasi oʻrtacha. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mas, AQSH va Italiyada Yashirin iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi tegishlicha 6,4 va 11,4% ni tashkil etdi (1997).
21-asrga kelib iqtisodiyotining globallashuvi oqibatida Yashirin iqtisodiyot milliy doiradan chiqib xalqaro darajaga koʻtarildi. Yashirin iqtisodiyot globallashuvi bu bir mamlakatdagi Yashirin iqtisodiyot boshqa mamlakatga koʻchirilishida, nojoʻya biznes ishlari bilan shugʻullanuvchi xalqaro firmalarning paydo boʻlishida koʻrinadi. Bunga misol qilib xalqaro narkobiznesni, yashirin qurol savdosini, ishchi kuchining yashirin migratsiyasini uyushtirishni, offshor zonalar orqali gʻayri qonuniy yoʻllar bilan topilgan pulni "halollab" olish kabilarni koʻrsatish mumkin. Bular xalqaro hamjamiyatga katta xatar tugdiradi. Pulni chet mamlakatga yashirin chiqarib "halollab" olishga qarshi kurash maqsadlarida xalqaro hamjamiyat maxsus tashkilot — Xalqaro moliyaviy harakatlar guruhini tashkil etgan


Yashirin iqtisodiyot iqtisodiy hodisa bo‘lar ekan, uning iqtisodiy ildizlarini topish kerak. Bu ildizlar pul munosabatlarining o‘zida joylashgan, pul universal to‘lov vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilishadi, pul boylikning timsoli, boylik to‘plashning eng qulay shakli.

Har qanday mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday imkoniyatlarni yuzaga chiqarishda yashirin iqtisodiyotni legallashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Yashirin iqtisodiyotning mavjudligi, uning ko‘lami, ta’sir doirasi, hisobga olinmagan iqtisodiy faoliyatni legallashtirish chora-tadbirlari samarasi mamlakat rivojiga ijobiy ta’sir qiladi.


2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham iqtisodiy salohiyatni aniqlash va mavjud imkoniyatlarni to‘laqonli ishga solish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish vazifalari yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Yashirin iqtisodiyot – bu moddiy ne’matlar va xizmatlarni iqtisodiyot sub’yektlari tomonidan yashirin tarzda ishlab chiqarish, alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar amalda mavjud, lekin hisobga olinmagan, qonunchilikni chetlab o‘tish mumkin bo‘lgan, nolegal daromad topish usulidir.
Yashirin iqtisodiyot mavjudligining ob’yektiv va sub’yektiv sabablari bor. Ob’yektiv sabablari – bu davlatning iqtisodiyotga haddan ortiq aralashuvi, qonunchilikning nomukammaligi, turli to‘siqlarning mavjudligi, iqtisodiy faoliyat turlarini hisobga olishning metodologik ishlanmalarini yaratilmaganligi, biznes muhitining yaxshi emasligi, soliq yukining yuqoriligi va boshqa ob’yektiv holatlardir.

Download 25,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish