1. Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi


Teng va tobe aloqani misollar asosida qiyoslang



Download 84,56 Kb.
bet17/23
Sana20.04.2022
Hajmi84,56 Kb.
#567742
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Oraliq HO\'AT

20. Teng va tobe aloqani misollar asosida qiyoslang.
Teng aloqalar
a) tenglanish. Har bir sintaktik konstruktsiya ikki komponentli bo‘ladi: so‘z so‘z (so‘z birikmasida va sodda gapda bular
kengaygan holatda ham bo‘la oladi) yoki gap + gap (qo‘shma gap). Tenglanish aloqasining xususiyatlaridan biri aloqaning ochiq yoki yopiq bo‘lishidir. Yopiq aloqada ikki komponent bog‘langan bo‘ladi (Havo yoqimli, lekin sovuqroq), ochiq aloqada bir qancha komponentlar bog‘langan bo‘ladi (Bahor. Mayin shamollar, tiniq suvlar, toza havo, ko‘m-ko‘k osmon ...). Bunda komponentlarning soni-miqdori mundarija bilan bog‘liq.
Ochiq va yopiq aloqalar, bu aloqalar natijasida hosil bo‘lgan
sintaktik konstruktsiyalar bir-biridan turli belgilar bilan
farqlanadi: ochiq aloqalarni biriktiruvchi bog‘lovchilar, ayiruvchi bog‘lovchilar; yopiq aloqalarni esa zidlovchi bog‘lovchilar ifodalaydi. Yopiq aloqalar tobelanish aloqasi bilan umumiy belgilarga ega. Masalan, ular ikki komponentnigina bog‘laydi.
Tenglanish aloqasi grammatik jihatdan teng huquqli komponentlarning aloqasi bo‘lib, bunda: 1. Uyushiq bo‘laklar; 2. Qo‘shma gapning predikativ qismlari; Z. uyushmagan, biroq bir xil funksiyada keladigan bo‘laklar (ajratilgan izohlovchilar) bir tizimda kela oladidar; Tolib aka, qorovul, kengashga azo bo‘lib kirdi. Teng munosabatdagi sintaktik birliklar ko‘pincha bir xil
grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir
xil so‘roqqa javob bo‘ladi. O‘zaro teng bog‘lovchilar, sanash ohangi va teng bog‘lovchi vazifasidagi boshqa vositalar yordamida bog‘lanadi. Masalan: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U).
O‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik shakllar boshqa bir
umumiy sintaktik shakl bilan tobe munosabatda bo‘ladi.
Yani: Olimlar, fozillar, shoirlar shahri.
Ayrim tilshunoslar o‘zaro teng munosabatda bo‘lgan sintaktik
birliklar o‘rtasida shakliy bog‘lanishning mavjudligini inkor
qiladilar. A.M.Peshkovskiy fikricha, Salim, Karim, Halim kelishdi kabi qurilmalarda Salim, Karim, Halim bo‘laklari bitta keldi bo‘lagi ustidan hokimlik qilish tufayli o‘zaro bog‘lanadi. Aslida esa uyushiq bo‘laklar o‘rtasida shakliy bog‘lanish yo‘q, ular birgalikda keldi bo‘lagi bilan aloqaga kirishadi.
Tobe (ergash) aloqalar xususida
Hokim-tobelikni belgilashda komponentlarning faqat ichki
mano tomoni asos qilib olinmaydi. Aks holda Navoiyning g‘azali (G‘azal Navoiyniki), Karimning o‘g‘li (o‘g‘il Karimga qarashli), daraxtning bargi (barg daraxtniki) kabi birikmalarda aniqlovchi komponent hokim, aniqlanmish komponent tobe hisoblangan bo‘lar edi. Holbuki, grammatika til faktlarini o‘rganayotganda, uning formasini, grammatik manosini ham hisobga oladi.
Gapdagi ayni bir so‘z boshqa bir so‘z uchun hokim, ikkinchisi uchun
esa tobe bo‘lib kelishi mumkin. Masalan, Navoiyning g‘azalini o‘qidi gapida g‘azal so‘zi Navoiyning g‘azali birikmasida hokim,
g‘azalini o‘qimoq birikmasida esa tobe. Ergashtiruvchi vositalar (kelishik, ko‘makchilar) bilan shakllangan tobe komponentlar bu vositalarni hokim so‘z talabi bilan qabul qiladi. Masalan: sizni ko‘rmoq, sizga aytmoq, sizdan olmoq, siz bilan bormoq, siz uchun olmoq kabi. Konponentlar ichki mano yakinligi tufayli munosabatga kirishganda, hokim-tobelikni ko‘rsatuvchi formal ko‘rsatkich bo‘lmaydi. Bunday holda birikmaning semantikasidan bilib olish mumkin:
chiroyli kitob – belgi kitobga oid, tez yurmoq – hrakatga
oid. Hokim-tobelikni aniqlashda so‘z tartibi ham katta rol o‘ynaydi. O‘zbek tilida ko‘pincha tobe komponent hokim komponentdan
oldin keladi: xushbichim ko‘ylak, kitobdan o‘qimoq. Bazan poetik
asarlarda stilistik talablar bilan komponentlarning odatdagi
o‘rni almashib qo‘llanadi: Vatanim mening, gulistonim mening hokim-tobe). Bazan tartibning o‘zgarishi bilan so‘z birikmasi gapga aylanib qolishi mumkin: tiniq osmon – osmon tiniq.
Ergash so‘zli birikmalarda tobe komponent bazan uyushib yoki kengayib, yoyiq shaklda kelishi mumkin. Birikmaning bunday shakllanishi ham hokim komponint talabi bilan bo‘ladi, hokim vaziyatdagi so‘z bir necha uyushiq komponentlarni o‘ziga tobelantirib keladi: aqlli, o‘qimishli va go‘zal qiz, shirin so‘z odam va h.k.Bu xil birikmalardagi tobe komponentlar bulinmas, yaxlit birlik sifatida bosh komponentga bog‘lanadi. Birdan ortiq bo‘linmas birikmalar uyushib hokim so‘zga bog‘lanib kelishi ham mumkin: uzun bo‘yli, qora qosh yigit, surnay pochali shim kiygan yigit.
Birikma tarkibidagi elementlarning hokim-tobeligi absolut yoki nisbiy bo‘lishi mumkin. Birikma ikki komponentli bo‘lsa, hokim-tobelik absolut bo‘ladi: mehribon ona, ona-absolut hokim. Birikma ikkidan ortiq komponentli bo‘lsa, komponentlar orasidagi hokim-tobelik munosabati nisbiy bo‘ladi: xalqimiz mehnatining tuganmas durdonalari. Bu yerda durdonalari – absolut hokim, xalqimiz – absolut tobe, tuganmas – absolut tobe, mehnatning nisbiy hokim; bu so‘z xalqimiz komponentiga nisbatan – hokim, durdonalari komponentiga nisbatan – tobe. Bu kabi munosabatlarda tobe vaziyatdagi sintaktik shakl hokim vaziyatdagi sintaktik shaklning "bo‘sh o‘rinlari" ni to‘ldiradi, uning shakliy va mazmuniy kengaytiruvchilarini yuzaga chiqaradi.
21. Nomustaqil kesim shakllari va ularning qo‘shma gaplarni shakllantirishdagi ahamiyati.
Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalari o‘z voqelanishi uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Men kecha maktabga bordim. 2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. Yomg‘ir yog‘masa edi, ekin-tikin ishlarini saranjomlab olgan bo‘lur edik.
Birinchi gapning kesimi (bordim) o‘z ma’nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog‘masa edi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma’nolari uchun boshqa gap talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va yog‘masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma’nosi boshlanadi, saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimlari yordamida, saranjomlab olgan edik kesimning ma’nosi esa undan oldindagi yog‘masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi va uchinchi gapning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gapdagi kesimdan shart emas, balki istak ma’nosi yuzaga chiqadi: O‘qituvchi kelsa. Yomg‘ir yog‘masa edi. Saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon, boshqacha bo‘lsa ham, ma’nosini voqelantira olmaydi. Ma’nosini yordamchisiz voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MКSH) deyiladi.
Boshqa gaplarsiz, ya’ni qurshovsiz o‘z ma’nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma’no kelib chiqadigan kesimlik shakli nomustaqil kesimlik shakli (NКSH) deyiladi.
Кesim – tasdiq/inkor, zamon, modallik, shaxs/son (ya’ni kesimlik kategoriyasi) ma’no va shakllariga ega bo‘lgan so‘z, gap markazini tashkil qiluvchi bo‘lak.
Nutqimizda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili (nutqi) uchun to‘liqsiz gap. Кesim gapning shunday konstruktiv bo‘lagiki, u o‘zini shakllantiruvchi grammatik kategoriya – kesimlik kategoriyasi voqelanishiga ega. Shu sababdan hamma vaqt gapda kesim tarkibi murakkab.
O‘zbek tilidagi ayrim gaplarda eganing qo‘llanilishi shart bo‘ladi: 1. Otam – o‘qituvchi. 2. Men – yahudiy. (G‘.G‘ul.) Bunda [m] tushirilgan bo‘lib, uning vazifasi ega va kesim birligidan iborat bo‘ladi. Bu turdagi gaplarning kichik qolipi [E-WP] ko‘rinishida. Qolipning bu turi o‘zbek tilining tipologik sintaktik belgisi bo‘la olmaydi. Chunki o‘zbek tilidagi gaplarning aksariyati [WPm] minimal qolipi va uning kengayishi asosida hosil bo‘ladi.
22. Muallif gapi va ko‘chirma gap. Ularning nutqiy ifodalanishini izohlang.

Download 84,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish