1. Yordamchi so‘zlarning shakliy xususiyatiga ko‘ra guruhlanishi



Download 84,56 Kb.
bet18/23
Sana20.04.2022
Hajmi84,56 Kb.
#567742
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Oraliq HO\'AT

KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAPLAR
Ko'p hollarda jonli nutqda birovning gapini boshqa kimgadir aytamiz, to'g'rimi? Shunda birovning gapi KO'CHIMA GAP deyiladi, so'zlovchining nutqi esa MUALLIF GAPI deyiladi. Ko'chirma gap va muallif gapining umumiyligiga KO'CHIRMA GAPLI QO'SHMA GAP deyiladi. Juda oddiy mavzu.
Masalan: "Bugungi topshiriqlarni bajarmadim" , --- dedi Munisa.
Ushbu jumlada qo'shtirnoq ichidagi qismi KO'CHIRMA GAP, tiredan keyingi qismi MUALLIF gapidir.
Ergashgan qo'shma gaplarning bosh gap qismi va ergash gap qismi turlicha joylashgani kabi Ko'chirma gapli qo'shma gapning KO'CHIRMA GAP qismi va MUALLIF GAPI qismi turlicha joylashadi.
ya'ni quyidagicha to'rt xil holatda joylashadi: 1.holat. M gap va K gap 2.holat. K gap va M gap 3.holat. M gap K gap M gap 4.holat. K gap M gap K gap
Bu to'rt xil ko'rinishning ichida tinish belgilarining qo'llanilishi ham turlicha va buni alohida - alohida o'rganamiz.
BIRINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan keyin ikki nuqta qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak, yoki buyruq gap bo'lsa, yopilgan qo'shtirnoqdan keyin NUQTA qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida UNDOV va SO'ROQ belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: M: "K". M: "K?" M:"K!" Oxirgi ikki qolipdan keyin nuqta qo'yish xato. Endi qoliplarga mos misollarni keltiraman. Yozuvchi dedi: "Xalq yaxshilarni qo'llab-quvvatlaydi". O'rtog'im dedi: "Kim shaharga ketmoqchi?" Yig'layotgan bolakay dedi: "Unutmayman sizni hech qachon!"
IKKINCHI HOLAT: Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin TIRE qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida bosh harflar bilan yoziladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin VERGUL qo'yiladi. Agar ko'chirma gap his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, qo'shtirnoqning ichida SO'ROQ yoki UNDOV tinish belgilari qo'yiladi. Qolipi quyidagicha: 1."K",--- M. 2."K?" --- M. 3."K!" --- M. ikkinchi va uchinchi qoliplarda qo'shtirnoq va tire o'rtasida VERGUL qo'llash xato. Qoliplarga mos misollar keltiraman. 1."Insonlarga yaxshilik qilishni yoqtiraman", --- dedi Sohiba. 2."Topshiriqlarni qachon bajarasiz?" --- dedi muallim. 3."Haydamang meni uyingizdan!" --- dedi Mustafo.UCHINCHI HOLAT. Ko'chirma gap muallif gaplarining orasida kelganida ko'chirma gapdan oldingi muallif gapidan so'ng IKKI NUQTA qo'yiladi. Ko'chirma gapdan keyin kelgan muallif gapidan oldin TIRE qo'yiladi. Ko'chirma gap doimgidek qo'shtirnoq ichida, bosh harfda yozib boshlanadi. Agar ko'chirma gap his-hayajonsiz darak yoki buyruq gap bo'lsa, qo'shtirnoqdan keyin(ya'ni tiredan oldin) VERGUL qo'yiladi. Agar his-hayajonli darak yoki buyruq gap bo'lsa, yoki so'roq gap bo'lsa, UNDOV yoki SO'ROQ kabi tinish belgilari qo'shtirnoq ichida qo'yiladi. (bunday holda qo'shtirnoq va tire orasida vergul qo'yilmaydi)
1. M : "K", --- M.
2. M : "K?" --- M.
3. M : "K!" --- M.
Masalan:TO'RTINCHI HOLAT.
K gap M gap K gap. qolipida tinish belgilari quyidagicha qo'llaniladi
Muallif gapi ko'chirma gaplar ichida kelganida QO'SHTIRNOQLAR har doim gapning BOSHIDA ochilib, gapning OXIRIDA yopiladi. "Kgap Mgap Kgap" Ana, ko'rdingizmi, jumlaning orasida hech qachon qo'shtirnoq lar qo'llanilmaydi. Eslab qoling, muallif gapining har ikkala tomonida, albatta, TIRE tinish belgisi qo'yiladi. (muallif gapidan keyin tire qo'yilmasidan oldin VERGUL yoki NUQTA qo'yilishi mumkin va buni quyida to'liq o'rganasizlar)
Agar muallif gapidan oldingi ko'chirma gap SO'ROQ gap, yoki his-hayajonli darak gap va buyruq gap bo'lsa, ulardan so'ng(ya'ni tiredan oldin) So'roq yoki undov belgisi qo'yiladi va bunda muallif gapidan keyingi ko'chirma gaplar, albatta, BOSH HARF bilan yozib boshlanadi. (Bunday gaplarda muallif gapidan so'ng har doim nuqta va tire qo'yiladi)

Download 84,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish