1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


Sinf (ajdod) qarag’aysimonlar - pinopsida



Download 398,5 Kb.
bet13/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Sinf (ajdod) qarag’aysimonlar - pinopsida
Bu sinf vakillari asosan Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Ularning Yer sharida 8 ta oila, 55 ta turkum va 600 ga yaqin turlari uchraydi.
Sinf ikkita kenja sinfchaga: kordaitkabilar (Cordaitidae) va qarag'aykabilar (Pinidae) ga bo'linadi. Kordaitkabilar sinfchasining vakillari karbon davridan permning oxirigacha o'sib, keyinchalik qirilib ketgan.
Ular bitta qabila (kordaitnamolar - Cordaitales) va bitta oiladan (Kordaitdoshlar - Cordaitaceae) iborat bo'lgan. Kordaitlar yirik daraxtlar bo'lib, ularning balandligi 20 metrdan to 30 metrgacha yetgan. Poyasida ikkilamchi ksilema ham yaxshi taraqqiy etgan bo'lgan. Barglari bir necha sm dan to 1 metrgacha uzunlikda va 1-2 sm kenglikda bo'lib, ular qalami, nashtarsimon, ellipssimon, teskari tuxumsimon shakllarga ega bo'lgan. Barglarning oralig’ida joylashgan qubbalarining uzunligi 30 sm gacha yetgan. Keyingi ma'lumotlar bo'yicha Shimoliy Amerikadan topilgan kordaitlarning urug'larida murtak izlari borligi aniqlangan. Strobillari bir jinsli bo'lgan. Kordaitlarga urug'li qirqquloqlardan kelib chiqqan deb qaraladi.

Sinfcha (ajdodcha) Qarag'aykabilar - Pinidae.
Bu sinfcha 7 ta qabila, 7 ta oila va 55 ta turkumga mansub 560 dan ziyod turni birlashtiradi.
Ilmiy manbalarda keltirilgan 7 qabiladan 2 tasi bizgacha yetib kelmagan, qolgan beshtasi quyidagilardan iborat:

  1. Araukariyanamolar-Araucariales 2 ta turkum, 35 ta tur dan iborat. Ularga Janubiy Yarim shardagi tropik xududlarda tarqalgan daraxtlar kiradi.

  2. Qarag'aynamolar - Pinioles qabilasi.

  3. Sarvnamolar - Cupressales qabilasi.

  4. Tissnamolar - Taxales doim yashil daraxt va butalardan tashkil topgan. Qabila 2 ta oilaga mansub 20 ta turni uz ichiga oladi. Ular asosan Shimoliy Yarim shardagi issiq xududlarda tarqalgan.

  5. Podakarpnamolar - Podocarpales qabilasi ochiq urug'li o'simliklarning eng takomillashgan guruhini o'z ichiga oluvchi bitta oila (Podakarpdoshlar - Podocarpaceae), 9 ta turkum va 140 ta tur dan tashkil toptan. Ular asosan janubiy Yarim sharda tarqalgan.


Qarag'aykabilar sinfchasiga kiruvchi turlar Shimoliy Yevrosiya va Shimoiy Amerikada katta o’rmonlarni hosil etadi. Janubiy Yarim sharda esa ular ko'proq mo’tadil iqlimli joylarda tarqalgan. Ayniqsa, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Janubiy Amerikada ko'p uchraydi. Ko'pchilik endemik turkumlari va barcha relikt turkumlari Tinch okeani atroflari bo'ylab tarqalgan. Ayniqsa, Xitoyning Janubiy-Sharqiy va markaziy qismda, Tayvanda, Yaponiyada, Yangi Kaledoniya, Tasmaniya, Shimoliy Amerikaning Tinch okeani qismida, Chili janubida, Yangi Zelandiyada, yangi Gvineyada tarqalgan.
Qarag'aykabilarning ko'pchilik turlari baland bo’yli, ayrimlari esa gigant daraxtlardan iborat. Masalan: Kaliforniyada o'suvchi doim yashil sekvoyaning (Seguoia sempervirens) balandligi 142 m gacha, poyasining diametri esa 10 metrgacha yetgan. Meksika taksoidiumi (Taxodium mucronatum) poyasining diametri 16m, mamont daraxti (Seguoiadendron giganteum) poyasining yo’g'onligi esa 12 m ga yetgan. Mamont daraxtlaridan ayrim turlarining 3000 dan ziyod yoshda ekanligi aniqlangan. Qarag'aykabilar orasida yoshi jihatidan eng kattasi Shimoliy Amerika qarag'ayi (Pinus longaeva) sanaladi. Nevida Sharqida topilgan daraxtning yoshi taxminan 4900 yoshga teng deb aniqlangan. Gigant daraxtlar bilan bir qatorda, ular orasida podakarpdoshlar oilasiga mansub yer bag'irlab o'sadigan turlari ham bor. Bu sinfcha vakillarida o’zak qavat kam taraqqiy etgan. Uni tashqi tomonidan yaxshi rivojlangan ikkilamchi yog'ochlik o’rab olgan. Undan so'ng kambiy, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan. Poyani tashqi tomonidan qalin po’stloq qavat qoplab olgan. Ularga hos belgilardan yana biri po’stloq va yog'ochlik qavatida smola yo'llari (kanallari) ning bo’lishidir.
Sinfcha vakillarining barglari asosan ignasimon yoki tangachasimon. Eng yirik ignasimon barg Shimoliy Amerikada o'suvchi botqoq qarag'ayi (Pinus palustris) niki bo'lib, uning uzunligi 45 sm ga yetadi.
Aksincha ko'pchilik sarvlarning barglari kichik tangachasimon bo'lib, shoxchalar bilan qo'shilib o'sgan. Qarag'aykabilar asosan urug'lari orqali ko'payadi. Qubbalari ayrim jinsli. Ayrim vakillarida bir necha qubbalari tup bo'lib, murakkab qubbalarni hosil etadi. Har bitta daraxtda juda ko'p sondagi mikrosporalar hosil bo'ladi. Tise, kiparis va archalarda mikrosporalar shamol yordamida urug' ko'rtakka borib tushgandan so'ng gametofit hosil bo'ladi.
Sinfcha vakillarining urg'ochi (urug'chi) qubbasi ham xilma-xil. Tisslarda qubba taraqqiy etmagan.
Qarag'aykabilar asosan shamol yordamida changlanuvchi o’simiklar bo'lganligi sababli erkaklik (changchi) qubbalarida hosil bo'ladigan changlar havo oqimi bilan urg'ochi (urug'chi) urug'kurtakning chang yo'li orqali chang kamerasiga borib tushadi. Changlanishdan so'ng ma'lum vaqt o’tgandan keyin urug'lanish jarayoni boshlanadi. Biroq qarag'ay turkumi vakillarida urug'lanish jarayoni 12-14 oy o’tgandan so'ng ro’y beradi.
Urug'lanish jarayonidan so'ng urug'kurtakdan urug' hosil bo'ladi. qarag'aykabilarning urug'i 3 tadan to 18 tagacha urug' pallaga ega va urug' tangachasi qo'shilib, bitta-bittaga aylangan, qoplagich tangacha bargi yog'ochlangan yoki yumshoq etli (archa)larda.
Sarv (Kiparis) turkumi (Cupressus) - 15-20 ta turga ega. Ular O'rta Yer dengizi atrofida Ximolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O’zbekistonda ham manzarali o'simlik sifatida o'stirilmoqda.
Tuya (Thuja) turkumi bir uyli daraxt bo'lib, butalar bo'lib, 6 turga ega. Shulardan Sharq tuyasi (Thuja orientalis) assosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda ko'rsatilishicha Sharq tuyasi - Savr O’rta Osiyoda islom diniga qadar ham muqaddas daraxt sifatida o'stiriladi
Archa (Juniperus) turkumiga 14 ta tur kiradi. Shundan 3 ta turi: Zarafshon archasi (J.zeravchanica), yarim sharsimon (J.semiglobosa) va Turkiston archasi (J.turkestanica) O’zbekistonning tog'li xududlarda tarqalgan. Bundan tashqari Virgin archasi (J.virginia) manzarali o'simlik sifatida respublikamiz shaharlarida o'stirilmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o'simliklar. Ularda erkaklik (changchi) qubbalari kichik bo'lib, mikrosporafillarida 2-6 ta mikrosporangiyalar hosil bo'ladi. Ularning erkaklik qubbalari 1 yil daraxtda qishlab, ikkinchi yilning bahorida pishib yetilib va changlar (mikrosporalar)i atrofga tarqaladi.
Urg'ochi (urug'chi) qubbalari qisqargan novdalarning qo'ltig'ida kuzda hosil bo'ladi. Ular dastlab vegetativ kurtaklarga o’xshash bo'ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar yetiladi. Urug'lanishdan keyin yumshoq etli urg'ochi qubbalarda urug' hosil bo'ladi. Urug' ko'pincha ikkinchi yili yetiladi.
Archalar tog'lik tumanlarda eroziyaga qarshi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o'zidan fitonsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom-ashyo, manzarali o'simliklar sifatida ham katta rol o'ynaydi.
6. MAGNOLIYAGULLILAR, LAVRNAMOLAR, NILUFARNAMOLAR QABILASI.

Reja:




  1. Magnоliya qabilarning tavsifi, qabila va оilalari, ularning tavsifi.




  1. Lavrnamolar tavsifi, uning qabila va оilalari, ularning tavsifi.



  1. Nilufarnamolar tavsifi, uning qabila va оilalari, ularning tavsifi.



Magnoliyasimonlar sinfi (ajdodi) taksonlarga boyligi bilan aloxida o'rinda turadi. U 8 ta sinf (ajdod)cha, 128 ta qabila, 429 ta oila, 10000 turkum va taxminan 190000 turni o'z ichiga oladi.
Sinf (ajdod) chalar:

  1. Magnoliyakabilar - Magnoliidae

  2. Ayiqtovonkabilar -Ranunculidae

  3. Chinnigulkabilar - Caryophyllidae

  4. Temirdaraxtkabilar –Hamamilididae

  5. Dilleniyakabilar-Dilleniidae

  6. Ra'nokabilar -Rosidae

  7. Yalpizkabilar (labgullilar) - Lamiidae

  8. Qoqio’tkabilar (murakkabgullilar) - Asteridae



Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish