10 – variant chegaralangan leksikani misollar yordamida izohlang



Download 11,7 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi11,7 Kb.
#642431
Bog'liq
3-fakultet 1822-422 guruh Yunusmetova Dildora 10 variant


Guruh-422
Talaba -Yunusmetova Dildora.
10 – VARIANT


1. Chegaralangan leksikani misollar yordamida izohlang.
1.1Ishlatilish doirasi chegaralangan leksemalar dialektga, kasb – hunar leksemasiga va jargon – argolarga xos so’zlardir.
Dialektal leksika ishlatilish territoriyaga ko`ra chegaralangan so`zlar bo`lib, ular adabiy tilga kirmaydi. Ma’lum bir xududdagi kishilar nutqida qo`llanib, ulargagina tushunarli bo`lgan so`zlar sheva so`zlari deyiladi. SHeva so`zlari yig`indisi dialektizm deb yuritiladi.Misollar: qorinja (chumoli), g`o`z (yong`oq), karvich (g`isht) – Xorazm; norbon (narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) – Buxoro; mishiq (mushuk) - Farg`ona; inak (sigir), mo`rcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida.


1.2Kasb-hunar leksikasi. O`zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug`ullanib keladi. SHuning uchun O`zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so`zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o`zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so`zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog`chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog`och, bandak, bog`ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so`zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola 4.gazcho`p (asbob) kabi maxsus so`zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo`llanadi va ular uchun tushunarlidir.


1.3.Jargon va argolar. O`tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab yuruvchi gadoylar, o`g`rilar, firibgarlar o`z niyatlarini xalqdan yashirish uchun o`zlariga tushunarli so`z va iboralardan foydalanganlar. Masalan, oftobi olam (podsho), husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe’ qiling (bildiring), mal huz emas (mulohaza qilingan emas), ne’mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu’ aylang (umid bilan kuting), tanzil (foyda).


O`g`rilar, qimorbozlar orasida qo`llanadigan so`zlar argolar deb yuritiladi; loy (pul), xit (militsioner), bedana (to`pponcha), xitola (o`g`irla), zamri (jim tur), atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.


Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo`lgan: yakan (pul), joyi (yo`q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz (ming so`m), saru nimsar (bir ming besh yuz so`m), kapara (olti ming so`m).
2. Berilgan matndagi xatolarni aniqlab, to`g`ri variantini yozing.

Kamtarlikni qarama-qarshi tomoni takabburlikdir. Ularning biri insonning insonga yaqinlashtirsa, ikkinchisi uzoqlashtiradi. Shuning uchun bir-biri bilan kelisha olmaydi. Agar kamtarlik g‘olib chiqsa, takabburlik sendan uzoqlashadi. Xitoy xalqida shunday maqola bor: “Dono bo‘may turib, kamtar bo‘lish mumkin, kamtar bo‘may turib, dono bo‘lish qiyin”. Darhaqiqat, kamtarlik o‘z qadrini, boshqalarni qadrini bilishga qodir bo‘lgan fazilatdir. Kamtar murodiga yetadi, manman esa uyatga qoladi. Kamtarlik va kamsuqumlilik odam fe'l-atvoridagi fazilatlarni bo‘rttirib ko‘rsatadi va ularga kishilar e'tiborini qaratadi.


2. Kamtarlikning
Insonni insonga
Bo'lmay ,Bo'lmay
O'zining qadrini
Boshqalarning
3. Quyida berilgan gaplarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni izohlang.

1. Imzoga qo‘l qo‘yish mahalida gurs etib yerga quladi


2. Xalqimiz bildirgan ishonchni sidqidildan bajarishdir. Xalqimiz bildirgan ishonchni sidqidildan bajarishdir.

1. Imzoga qo‘l qo‘yish mahalida gurs etib yerga quladi


2. Xalqimiz bildirgan ishonchni sidqidildan bajarishdir. Xalqimiz bildirgan ishonchni sidqidildan bajarishdir.


4. Ishonchnoma namunasini yozing.
4.ISHONCH XATI


Men, Toshkent shahridagi 64-sonli o`rta umumta’lm maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi Yunusmetova Dildora Rustamovna Guliston shahridagi Abdulla Qodiriy nomli o`qituvchilar malakasini oshirish instititiga ikki oylik malaka oshrish kursiga yuborilganligim tufayli 2022 - yil fevral-mart oylari uchun oylik maoshimni onam Raxmatova Sanobar Valiyevna olishiga ishonch bildiraman.
2022.12.01 imzo Yunusmetova D.R.
Ingliz tili fani o`qituvchisi D.R.Yunusmetovaning imzosini tasdiqlayman. Toshkent 64-o`rta umumta’lim maktabi direktori POLVONOVA D.S. imzo


2022.15.01.


5. Quyidagi she'riy parchada qo‘llangan tasviriy vositalarni aniqlang.

Lahjalar birlashdi – til bo‘ldi yirik,


Oftobday bo‘yladi “Qutadg‘u bilik”.
Mahmud Koshg‘ariydan to‘q bo‘ldi ilik.
Ahmad Yassaviyim hikmati tirik
Otini keng yo‘lga solgan o‘zbekman. (Azim Suyun)
1.Oftobday - metofora
2.,,Qutadg‘u bilik”. -metonimiya.
Download 11,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish