10-laboratoriya mashg`uloti. Mavzu: Toza virus preparatlarni olish usullarini o’rganish. Virusga qarshi himoyaning nomaxsus omillari



Download 37,6 Kb.
bet4/6
Sana16.04.2022
Hajmi37,6 Kb.
#556615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 mavzu Toza virus preparatlarni olish usullarini o’rganish

Virus ingibitorlari
Bular virusotrop moddalar bo‘lib, viruslar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va ularning faolligini susaytiradi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra virus ingibitorlari proteinlar, lipoproteidlar yoki mukopolisaxaridlardir. Ular doimo zararlangan organizm qon zardobida, to‘qimalarda, sekretlarida yuqori konsentratsiyada bo‘ladi va organizmga kirgan virusning yo‘lidagi birinchi to‘siq hisoblanadi.
Virus ingibitorlarining ta’sir mexanizmi antitelolar ta’sirini eslatadi va viruslarning neytrallanishi bilan tugallanadi. Ular virusning hujayradan tashqaridagi shakllari bilan bevosita ta’sirlashadi. Ingibitorlar bilan bloklangan viruslar o‘z hayot faoliyatini saqlab qoladi. Lekin antitelolardan farqli ravishda, virus ingibitorlari viruslarning turli xil guruhlariga nisbatan keng miqyosda ta’sir qiladi, masalan, mukopolisaxaridli ingibitorlar orto- va paramiksoviruslarning barchasiga ta’sir qiladi.
Komplement tizimi
Ayrim viruslar alternativ yoki klassik yo‘l bo‘yicha komplementni faollash qobiliyatiga ega, chunki ular o‘zida S1q komplement komponenti uchun retseptor vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan oqsillarni saqlaydi (masalan, retroviruslar). Klassik yo‘l bo‘yicha – antitelo bilan birikib virus superkapsidining emirilishi – virolizga yoki viruslardan zararlangan hujayraning sitoliziga olib keladi.
Biroq komplement virusga qarshi himoyaning asosiy omillariga kirmaydi, chunki komplement tizimining etishmovchiliklarida ham og‘ir virusli infeksiyalarga moyillik kuzatilmagan.
Me’yoriy (tabiiy) killerlar
Me’yoriy killerlar (MK) virusga qarshi himoyaning erta ta’sir qiluvchi mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ular o‘zida intakt organizmda hosil bo‘lgan azurofil donadorlikka ega yirik limfotsitlarning maxsus subpopulyasiyasini ifodalaydi. Ko‘pchilik MK T-hujayra markerlariga ega emas, lekin IgG G‘s bo‘lagi uchun retseptorlarga ega. Faol MK viruslar bilan zararlanishning birinchi kunidanoq topiladi, chunki MK maxsus antitelolar bilan oldindan faollashtirishni talab qilmaydi. Erkin viruslarning glikoproteidlari ham, zararlangan hujayra yuzasiga ekspressirlangan virus glikoproteidlari ham MK faolligini keskin oshiradi. SHu tufayli ham viruslar bilan zararlangan hujayraning MK me’yoriy (sog‘lom) hujayralar MK idan farqlanadi. MKning funksional faolligini γ -interferon ham kuchaytiradi.
MK nishon-hujayrani tanib va unga yaqinlashishi uning retseptorlari hisobiga sodir bo‘ladi. Nishon-hujayra bilan ta’sirlashuvida MK sitoplazmatik granulalari nishon-hujayra membranasini jarohatlaydi. Bu jarayonda asosiy rol perforin yoki S8,9 komplement komponentlari bilan o‘xshashlikka ega bo‘lgan sitolizinga tegishlidir. Ular nishon-hujayra membranasida bo‘lib, transmembrana kanalini shakllantiradi va viruslardan zararlangan hujayrani lizisga olib keladi.
SHu bilan birga, MK ning muhim vazifalaridan yana biri, bu - antiteloga bog‘liq hujayraviy sitotoksiklik (ABHS) hisoblanadi.
SHunday qilib, MK ning viruslarga qarshi faolligi ham organizmda, ham maxsus antitelolar ishtirokida namoyon bo‘ladi.
Makrofaglar
Virusga qarshi immunitetning omillaridan biri makrofaglar hisoblanadi. Ular virus antigenlarini tanib olishda antigenni taqdim qiluvchi (tanituvchi) hujayra hisoblanib, immunitetni kuchaytirishda qatnashadi.
Makrofaglar organizmni viruslardan ozod qilishda qatnashadi. Ular ham opsonin (Ig, C3b) yordamida, ham odatdagi fagotsitoz yo‘li bo‘yicha viruslarni qamrab oladi. SHuningdek makrofaglar sitotoksik faolikkni namoyon qilib viruslardan zararlangan hujayralarni buzadi. Makrofaglarning sitotoksik faolligi nomaxsus xarakterga ega va infeksion jarayonning dastlabki bosqichlarida namoyon bo‘ladi.

Download 37,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish