10-Ma’ruza: Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni hisoblash



Download 495,5 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi495,5 Kb.
#642644
Bog'liq
10-Ma’ruza


10-Ma’ruza: Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni hisoblash.

Reja:


  1. Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni turlari.

  2. Markaziy cho‘ziluvchi elementlarni hisoblash.

Markaziy cho‘ziluvchi elementlar deb, shunday konstruksiyalarga aytiladiki, ularda cho‘zuvchi kuch N ning yo‘nalish nuqtasi bo‘ylama armaturadagi teng ta’sir etuvchi kuchlanish yo‘nalishi nuqtasi bilan mos keladi.
Markaziy cho‘ziluvchi elementlarga arka tortqilari, planda aylana shaklidagi rezervuarlar, bunkerlar, siloslar, bosimli trubalar devorlari va boshqalar kiradi. Markaziy cho‘ziluvchi elementlar alohida sterjenlar yoki payvandlangan sinchlar bilan armaturalanadi. Bunda ishchi armatura element ko‘ndalang kesimi bo‘yicha tekis joylashtiriladi. Kesim kengligi katta bo‘lsa (silindr rezervuar devorlari) payvandlangan to‘rlardan foydalaniladi va konstruksiya yuzasiga joylashtiriladi. Bunda himoya qatlami qalinligi mumkin darajada kami qabul qilinishi shart.
Markaziy cho‘ziluvchi elementlarda bo‘ylama armaturalar cho‘zuvchi kuch N ni qabul qilish uchun mo‘ljallanadi. Ko‘ndalang kesim cho‘zilgan sterjenli elementlar to‘g‘riburchakli, qo‘shtavrli, quvur ko‘rinishidagi va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin.

35–rasm. Nomarkaziy simmetrik armaturalangan to‘g‘riburchakli elementlarni mustahkamligini hisoblash blok–sxemasi.


36–rasm. Nomarkaziy simmetrik armaturalangan to‘g‘riburchakli elementlarda profili armaturaning ko‘ndalang kesim yuzasini hisoblash blok–sxemasi.
Tayyorlash sharoitining qulayligi va ekspluatatsiya qilish afzalligiga ko‘ra boshqa shakllardan ko‘ra to‘g‘ri burchakli kesimli konstruksiyalar ko‘proq qo‘llaniladi.
Cho‘zilgan elementlarni armaturalash xarakteri siqilgan elementlar kabi bajariladi. Bo‘ylama ishchi armaturani kesim tomonlari bo‘yicha cho‘zilish yuzasiga perpendikulyar o‘rnatiladi va payvandlangan yoki to‘qilgan xomutlar bilan bog‘lanadi. Cho‘ziluvchi elementlarda imkoni boricha armatura sterjenlarining yaxlit bo‘lishiga harakat qilish kerak. Zarurat bo‘lgan holatda sterjenlar payvandlanib ulanadi. Faqat plitali elementlarda, aylana rezervuarlar, trubalar, bunkerlar, siloslar devorlarida armaturani payvandsiz ulash yordamida choklarning bir–biridan qochishi cheklanadi. Bir kesimda ulanadigan sirti tekis bo‘lgan sterjen kesimi yuzasi 25% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bir kesimda ulanadigan sirti davriy profilga ega bo‘lgan sterjenlarkesim yuzasi umumiy yuzaning 50% dan ortiq bo‘lmasligi shart. Ko‘ndalang armatura (xomut) konstruktiv tartibda o‘rnatiladi va u xama bo‘ylama armaturani qamrab olishi kerak.
Xomutlar oralig‘i element kesimi eng kichik o‘lchamining ikkilanganidan ortiq qabul qilinmaydi.
Cho‘ziluvchi elementlar uchun beton sinfi armaturalanishiga bog‘liq holda belgilanadi. Asosan, sinflari: V15...V22,5 betonlar qabul qilinadi. Katta oraliqli fermalar uchun beton sinfi V30 dan past bo‘lmasligi, bosim trubalari va silindr rezervuarlar uchun beton sinfi V20 dan past bo‘lmasligi kerak.
Mavzu bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash uchun blits-so‘rov savollari:

1. Cho‘ziladigan elementlarga misollar keltiring?


2. Markaziy cho‘ziladigan elementlar uchun mustahkamlik shartining yozing?
3. Nomarkaziy simmetrik armaturalangan to‘g‘riburchakli elementlarni mustahkamligini hisoblash?
4. Nomarkaziy simmetrik armaturalangan to‘g‘riburchakli elementlarda profili armaturaning ko‘ndalang kesim yuzasini hisoblash?

Download 495,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish