10-ma’ruza: Yordamchi so’zlar. Alohida so‘zlar



Download 79,5 Kb.
bet1/2
Sana06.07.2022
Hajmi79,5 Kb.
#745145
  1   2
Bog'liq
10-mavzu


10-ma’ruza: Yordamchi so’zlar. Alohida so‘zlar

Rеjа:


  1. Ko’makchilar.

  2. Vazifadosh ko’makchilar.

  3. Boglovchilar.

  4. Yuklamalar.

  5. Alohida so’zlar.

Tayanch so`z va iboralar:
Yordamchilar, ko’makchi, sof komakchi, vazifadosh ko’makchi, chegara, maqsad, o’xshatish, mavzu, yo’nalish.
Bog’lovchi, teng bog’lovchi, ergashtiruvchi bog’lovchi, ayiruv bog’lovchisi, biriktiruv bog’lovchisi, inkor bog’lovchisi, zidlov, shart, aniqlov, o’xshatish, yuklama, so’z-yukama, affiks-yuklama, ayiruv-chegaralov, kuchaytiruv-ta’kid, so’roq-taajjib.
Modal so’zlar, vazifadosh, sof, taqlid, undov, ovozga taqlid, holatga taqlid, buyruq-xitob, his-hayajon, urf-odat undovlari, mimemalar.
Yordamchi so’zlar
Mustaqil so'zlar orasidagi grammatik munosabatlarni ta'minlab, ular orasidagi modal ma'nolarni ifodalovchi lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan so'zlar yordamchi so'zlar deyiladi. Yordamchi so'zlar garchand mustaqil ma'no ifodalamasa-da, gapda turli grammatik munosabatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ular so'zlarni o'zaro biriktirish, so'z va gaplarni bog'lash, so'z va gaplarga qo'shimcha ma'no berish vazifalarini bajaradi.
Bajaradigan vazifasiga ko'ra yordamchi so'zlar quyidagicha: ko'makchilar, bog'lovchilar, yukJamalar.
Ko'makchilar haqida ma'Iumot
Ot yoki otlashgan so'zdan keyin kelib, shu so'zni boshqa bir so'z bilan birikishini ta'minlaydigan yordamchi so'zlar ko'makchilar deyiladi. Ko'makchi o'zidan oldin kelgan so'z bilan birgalikda fe'lga bog'lanadi. Ko'makchili so'zning boshqa so'z bilan bog'lanishi boshqaruvli bog'lanishdir. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zning ma'nosini to'ldirib keladi va shu boisdan o'zi bog'langan so'z bilan birgalikda bir gap bo'lagi bo'lib qoladi. Ko'makchilar lug'aviy ma'no ifodalamaydi, biroq grammatik ma'no bildiradi. Masalan, uchun sabab ma'nosini, tornon yo'nalish ma'nolarini anglatuvchi ko'makchilardir. Masalan, Samiev bu ishning muhimligini bilgani uchun telefon go'shagini ko'tarib, kerakli bo'lim bilan suhbatlashib topshiriq berdi. (T. Mal.)
Ko'makchilar ko'pincha kelishik qo'shimchalariga sinonim holda qo'llaniladi. Masalan, xat ruchka bilan yozildi. Xat ruchkada yoztldi. Kitobni o*zim uchun oldim. Kitobni o'zimga oldim.
Ko'makchi aslida boshqa biror so'z turkumlaridan ko'makchiga aylangan so'zlardir. Ularning ayrimlari o'z mustaqil ma'nosini yo.'qptib, ayrimlari mustaqil ma'nosini qisman saqlagan holda ko'makchiga o'tgan. Ko'makchilar mustaqil ma'nolarini yo'qotish xususiyati va qaysi so'z turkumlaridan o'tganligiga ko'ra quyidagicha:
1. Sof ko'makchilar. 2. Ot ko'makchilar. 3. Fe'l ko'makchilar. 4 Ko'makchi otlar. Sof ko'makchilar o'z lug'aviy ma'nolarini butunlay yo'qotib tamoman ko'makchiga aylangan so'zlardir: uchun, bilan, kabi, sayin, singari, sari, uzra, qadar, orqali, dovur kabi.
Bu ko'makchilar boshqa so'zlar bilan birikib, turli grammatik munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Ot ko'makchilar ot yoki ravishdan ko'makchiga siljigan so'zlardir: burun, ilgari, oldin, keyin, so'ng, tashqari kabi. Fe'l ko'makchilar fe'lning ravishdosh va sifatdosh shakllaridan ko'makchiga o'tgan: qarab, ko'ra, yarasha, bo'ylab, qaraganda kabi Ko'makchilar kelishikdagi otlarni boshqa so'zga tomon boshqaradi. Ko'makchilarning kelishikdagi otlarni boshqarishi quyidagicha: bosh kelishikdagi so'zni boshqaradigan ko'makchilar: bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sari, bo'ylab, uzra, b) jo'nalish kelishigidagi otni boshqaradigan ko'makchilar: tomon, qadar, dovur, qarab, qaraganda, ko'ra, yarasha; c) chiqish kelishikdagi otni boshqaradigan ko'makchilar: birin, ilgari,oldin, keyin, so'ng, buyon, boshqa, tashqari. Ko'makchi otlar. O'z lug'aviy ma'nosini qisman saqlagan bo'lib, ba'zi xususiyatlariga ko'ra ko'makchiga siljib qolganligi uchun ko'makchi vazifasida qo'llaniladigan otlar ko'makchi otlar deyiladi. Ko'makchi otlar o'zidan oldingi so'zlar bilan qaratqich qaralmish munosabati asosida birikib, butunlikni tashkil etadi. Quyidagi so'zlar ko'makchi otlardir: old, orqa, ket, o'rta, ich, opa, tag, ust, tepa, to'g'ri, yuza, haq, xusus, huzur.
Ko'makchi otlar qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishiklari qo'shimchalarini olgan holda qo'llanadi. Masalan:
Nizomjon nimalar bo'layotganiga tushunolmay, hamon supa oldida garang turardi. (S,A.) Balki u alam ustiga yolg'on gapirgandir, a ? (T. Mal.) Tushga yaqin yomg'ir tindi -yu, bulutlar orasidan ko'm-ko'k ocmon va issiq yoz oftobi ko'rindi. (P.Q.) Ular ma'no jihatdan quyidagicha: 1. Vertikal yo'nalishdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: ost, ust, tag, tepa. 2. Gorizontal yo'nahshdagi o'rinni ifodalovchi ko'makchi otlar: old, orqa, ort, ket, ora, o'rta, yon, uch, tashqari, huzur. 3. Fikming nima haqida ekanligini ifodalovchi ko'makchi otlar: to'g'ri, xusus, yuza.

So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplami bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagibo'libkelmaydi. Bog'lovchilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: Yakka bogfclovchilar, takrorlanuvchi bog'lovchilar.


Yakka bog'lovchilar: va, ham, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, balki, basharti, shuning uchun kabi. Takrorlanuvchi bog'lovchilar nutqda takror holda ishlatiladi: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir, na (yo, yoki bog' lovchilari yakka holda ham ihlatiladi). Yo boshiga tushgan tashvish bilan bo'lib shogirdini chaqirgani yodidan ko'tarildimikan? (O.Yo.)
Bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplami qay tarzda bog'lashiga ko' ra ikki xit: ter^ bog'lovchilar, ergashtiruvchi bog'lovchilar. Teng bog'lovchilar gap bo'laklari va gaplarni grammatik jihatdan tenglanish asosida munosabatlari bo'lmaydi. Teng bog'lovchilarning quyidagi turlari bor: birikiruvchi bog'lovchilari, zidlov bog'lovchilari, ayiruv bog'lovchilari, inkor bog'lovchisi.
Biriktiruv bog* lovchilari: va, ham, hamda. Bu bog'lovchilar uyushiq bo'laklami va gaplarni bog'laydi. Masalan. xayriyatki hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta'zim qilish odat tusiga kirib qolgan. (P.Q.) Bu bog'lovchilar o'mida -da, -u, yu yuklamalari ham ishlatiladi. Haligi yigit boshini ko'tarib Saidiyga bir qaradi~da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A.Q.)
Zidtov bog'lovchilari: ammo, lekin, biroq Bu bog'lovchilar mazmunan bir-biriga rid qo'yilgan gap vagap bo'lakJarini bog'lavdi. Tavbal Oradan shuncha yil o'tib ketibdi. lekin unutmabdi. (0'.U.)
-u, -yu yuklamalari zidlov bog'lovchisi vazifasida qollaniladi. Biroz mizg'ib olmoqchi boldi-yu. tanasining zirqirab og'riganidan ko'zilmadi.(S.A.)
Ayiruv bog'lovchilari: yo, yoki, goh, dam, ba'zan, bir. Bu bog'lovchilar asosan takrorlangan holda qo'llamh'b, gap bo'laklari va gaplarni bir-biridan ajratish hamda galma-gal yuz bcradigan voqea-hodisalami ifodalovchi gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladi. Saltanat gohi g' amgin kulimsirab gob xomush beg'libor qizlik onlarini o'ylar edi.(0'.U.)
Inkor bog`lovchisi: na. Bu bog'lovchi uyusbiq bo'lak va gaplarni bo'lihsizlik, inkor mazmuni asosida bog'laydi. Uning qilayotganishlariniko'rib nayaxshi, nayomon derdi. (S.A.)
Ergashtiruvchi bog`lovchilar qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi: agar, basharti, chunki, go*yo, go*yoki, garchi, toki, shuning uchun, —ki , (-kim). Bu bog'lovchilar qo'shma gap tarkibidagi gaplarni tobelash asosida bog'laydi. Ergashtiruvchi bog'lovchilar gaplarni mazmunan bog'lashiga ko'ra quyidagicha: aniqlov bog'lovchisi, sabab boglovchilari, maqsad boglovchisi, chog'ishtiruv bog*lovchUari, shart va to'siqsizlik bog'lovcm'lari;
Aniqlov bog'lovchisi. -ki (-kim). Bu bog'lovchi eng ko'p qo'llaniliadi.Aniqlov bog'lovchisi deyarli ergashgan qo'shma gaplarning har xil turlarini o' zaro bog'lab, gapning biror bo`lagini izohlab, aniqlash uchun ishlatiladi. Oradan ikki oy o'tdi hamki inspektor chiqmadi. (A Q ) Sabab bog'lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki. Bu bog'lovchilar ergashgan qo'shma gap tarkibidagi asosiy fikrningyuzagakelishidagi sababni ifodalash uchun ishlatiladi. Nega yaxshi ishlamaydi! Chunki yaxshi savodli, siyosiy bilimli muxbirlar kam (A. Q.)
Maqsad bogMovchisi toki. Bu bog'lovchi maqsad ma'nosini ifodalovchi ergashgan qo'shma gaplarni bog'lash uchun ishlatiladi.
Chog'ishtiruv bog'lochilari: go'yo, go'yoki. Bu bog'lovchilar voqea -hodisalarni. narsa-predmetlarni o'xshatish uchun ishlatiladi. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarni boglashda qo'llaniladi. “Bog'i maydon” darvozasiga yetganda go'yo yer yutganday yo'q bo'ldi-qo!di:(O.Yo.)
Bu bog'lovchi ko'pincha voqea- hodisaning noaniqligini, gumonligini ifodalashda ham qo'llaniladi. Go'yo Shohruh Mirzo Samarqandga tashrif buyurganida mashhur bir temirchiga qilich buyurgan; temirchi esa qilich yasashdan bosh tortgan.(O.Yo.) Shart va to'siqsizlik bog'lovchilari: agar, agarda, garchi , b ash art i Bu boglovchilar yuzaga chiqishi shart bo'lgan voqea- hodisalarning muayyan fikrga zidligini, ammo lining yuzaga chiqishiga to'siq bo'la olmasligini ifodalaydi.
Shart va to'siqsizlik bog'lovchilari shart va to'siqsiz ergash gaplarni o'zaro bog'laydi.
Yuklamalar haqida ma'Iumot
Fikrning borhqqa bo'lgan munosabatini bildirib, so'z va gaplarga turli modal ma'no qo'shadigan yordamchi so'zlar yuklamalar deyiladi. Yuklamalar o'zi birikkan gapning ma'nosini ta'kidlab, kucha^irib, chegaralab, so'zga ishonch, gumon, tasdiq, inkor ma'nolariiii qo'shish uchun ishlatiladi. Yuklamalar ham gap bo'lagi vazifasida kelmaydi.
Yuklamalar shakl xususiyatlariga ko'ra ikki xil: so'z yuklamalar, affiks yuklamalar. So'z yuklamalar faqat, hatto, agar, nahot, nahotki, xuddi. Bular shakl jihatidan so'zlarga teng kelsa ham vazifa nuqtai nazaridan yuklamadir.
Affiks yuklamalar -gina (-kina, -qina), -mi, -chi, -a, (-ya), -u, (-yu) , -da, -oq, -yo'q, -ku, -dir. Yuklamalar quyidagi modal ma'nolami bildiradi:
1. So'roq va taajjub yuklamalari -mi, -chi, -a (-ya), nahotki. Bu yuklamalar turli so'zlarga qo'shilib so'roq ma'nosini, nahot, nahotki yuklamasi esa taajjubni ifodalaydi. Saltanatning gaplari-chi? Ularda haqiqat yo'g-mi? (0;.U.) 2. Kuchaytirruv va ta'kid yuklamalari -ku, -u, (- yu), -da, oq, (yo'q), -ki (kim), axir, hatto, hattoki. Bu ^klamalar ma'noni kuchaytirish, ta'kidlash uchun ishlatiladi. Tolmas Azimovday insofli odamlar-ku, achinishadi"; (O'.U.) Bugaleshik tezda ochildi-yu, ichkaridan professorlar chiqib keldi. ( O'.U.) 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalar -gina (-kina, -qina)s faqat. Bu yuklamalar narsa-hodisani boshqalaridan ajratish, ish-harakatni chegaralash uchun ishlatiladi. Zebixon bu pachoqqina ko`rimsizgina kamgap bolaning ichida shuncha gap borliginibilmaganekan. (S.A.) 4. Aniqlovyuklamasi xuddi. Gap mazmunidan anglashiladigan voqea-hodisani boshqasiga o'xshatish uchun ishlatiladi. Osmon xuddi tomlarga tegib turganday. (A.Q.) 5. Gumonyuklamasi -dir. Bu yuklama gumon, noaniqlik ma'nolarini ifodalaydi. Shu payt birdan qo'shiq tindi. Nimadir shitirladi. (S.A.)
Affiks yuklamalardan -gina (-kina, -qina), -dir, -oq(-yo'q), -mi so'zlarga qo'shib yoziladi. Shu kuniyoq havoning aynib qolganligiga qaramasdan Naymanga qarab ketdi. (S.A. ) -ku, -chi, - da, -u (-yu), -a (-ya) yuklamalari so'zlardan chizvqcha bilan ajratilib yoziladi. To'ppa-to'g'rikiribkelaverganini-ya. (O'U.) Mulla Fazliddin pastroqda to'xtab, qo'l qovushtirdi -yu, yengil birta'zimbilan javob berdi. (P.Q.)
So'z yuklamalari axir, xatto, hattoki, faqat, nahot, nahotki, xuddi alohida holda yoziladi. Hosili ocrib olingan bug'doyzorlarda, hatto olis y acpndagi bog' larda biron-bir odam qorasi ko1 zga chalinmas, hatto qirlarda mollar ham ko'rinmas edi. (O.Yo.)
Alohida so’zlar
Fikrning voqelikka bo'lgan munosabatini ifodalab, modal ma'no bildiradigan so'ziarmodal so'zJardeyiladi, Modal so'zlar gapning biror bo'lagiga, shuningdek, butun gapga taalluqli bo'lib gapda kirish so'z vazifasini bajaradi. Modal so'ziar mustaqil va yordamchi so'z orasidagi turkumlardan bo'lib, ma'no ifodalamasligi jihatidan yordamchi so'zlarga yaqin, gapdagi grammatik o'rni, grammatik ma'nosi va grammatik vazifasiga ko'ra mustaqil so'zlarga yaqindir.
Modal so'ziar morfologik jihatdan o'zgarmasligi bilan harakterlanadi. Modal so'ziar gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydi. Modal so'ziar quyidagi modal ma'nolarni bildiradi:
1.Fikrning aniqligini bildiradi: albatta, tabiiy, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz. Buni Saltanat kichikligida tushunmasdi, albatta. (O'.U.) 2. Fikrning noaniqligini bildiradi: ehtimol, chamasi, aftidan, shekilli, balki, chog'i kabi Yo yaxshi turmushga haqqi yo'qmi, bu qizlaming? Men haqqi yo'q demadim, shekilli? (O.Yo.) 3. Mavjudlik vatasdiqbildiradi: bor, mayli, xo'p. Odamlar bor, og'zidagini oldirib o*tiradi.(0'.U.) -Mayli, tog'a, sen bir narsani bilib aytayotgandirsan. '(S.A.) Menga yomonlikni ravo ko'rmaysan-ku. Xo'p. (S.A.) 4. Afsuslanish, ajablanish, xursandlikni bildiradi: attang, ajabo, xayriyat,afsus, esiz. Afsuski. yashashhuquqi odam bolasigabir marta berilgan. (S.A.) 5. Fikrga munosabat, umumlashganlik yoki tartibni bildiradi: demak, xususan, jumladan, masalan, xullas, binobarin, zero, zotan, chunonchi, birinchidan, ikkinchidan. Xullas, volidai muhtaramamizning iltimoslari rad etilurmu? (P.Q.) Demak, bu qiz uni surishtirgan, kimligini bilmoqchi bo'lgan.(S.A.) 6. Fikmi eslash ma'nosini bildiradi: aytganday, darvoqe, aytmoqchi. Ha aytgancha. dadam Nizomga Dildordan xat keldi, deb aytib keldilar tinch ekanmi? (S.A.) 7. Mavjud emaslikni bildiradi: yo'q. Yo'q haqiqat hechqachono'z-o'zidan yuzagachiqmagan. (O'.U.) Modal so'zlar gapda kirish so'z bo'lib keladi. Biroq, bor, yo'q, ehtiimol, chamasi, albatta, shubhasiz, xo'p, mayli, ajabo kabi modal so'ziar so'z- gap holida ham qo'llaniladi. - Voajabo! - dedi u bo'g'ilib. (0. Yo.)Xurshida bonu sekin bosh chayqadi: - yo'q... (O.Yo.)
His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib. gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblami ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi.
Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilgandatovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? (O.Yo.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mavjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish" ma'nolarini bildiradi.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ulami, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig`, rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhinidir
His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolami ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? (OMJ.) —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni. og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.Yo.)
3. Ta'kid vataajjublanishma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz! Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab katta ketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan, hayronman! (0'. U.)
4. Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdan keyin idoraga chiqasan, xayr. (S.A.)
Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho^h-ho'sh, kisht-kisht.
Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Sunday holdaundovlar nom o'mida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku. (S.A.)

Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish