10-mavzu: olomon psixologiyasi reja



Download 135,64 Kb.
bet1/6
Sana23.06.2022
Hajmi135,64 Kb.
#697379
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-MAVZU OLOMON PSIXOLOGIYASI


10-MAVZU: OLOMON PSIXOLOGIYASI


REJA:
1. Olomonning umumiy tavsifi. Uning ruhiy birdamlik qonuni.
2. “Olomon” tushunchasi va uning turlari
3. Olomonning ijtimoiy-psixologik belgilari
4. Olomonni harakatga keltiruvchi psixologik mexanizmlar
1. Olomonning umumiy tavsifi. Uning ruhiy birdamlik qonuni.
Olomon deganda oddiy ma’noda millati, kasbi, jinsi va to’planish sabablaridan qat’iy nazar bir joyga yig’ilgan individlar tushuniladi. Psixologik nuqtai nazardan qaraganda esa, bu so’zning ma’nosi umuman boshqacha. Ma’lum sharoitlarda – va faqat aynan shu sharoitlarda - odamlar yig’ini umuman yangi xulq-atvor qirralarini namoyon qiladi. Olomonning xulq-atvori olomondagi alohida olingan har bir individning xulq-atvoridan o’zgachadir. Fikrlovchi shaxs yo’qolib ketadi, olomonning ichidagi odamlarning hissiyotlari va g’oyalari bitta yo’nalishga kiradi.
J amoa joni(ruhi) paydo bo’ladi. Albatta bu jonning umri qisqa, lekin juda ham aniq xarakterga ega. Bunday haloyiqni uyushgan olomon deb atash mumkin. Bu olomon yagona ruhga bo’ysunadi. Hech qanday ikkilanishlarsiz aytish mumkinki, bir joyga to’planib qolgan alohida ko’p individlar uyushgan olomon fe’lini namoyon qilmaydi: buning uchun qandaydir ruhlantiruvchi ta’sir kerak. Fikrlovchi shaxsning yo’qolib ketishi va odamlarning his va fikrlari bir aniq yo’nalishga kirishi olomonni xarakterlovchi bosh qirrasidir.
A lohida – alohida, bir-birini tanimaydigan minglab individlar ma’lum bir vaqtda ma’lum sabablarga ko’ra, aytaylik milliy bayram sababiga ko’ra yig’ilib, ruhlangan olomon kayfiyatini namoyish qilishi mumkin. Bu odamlar olomon fe’lini ko’rsatishi uchun qandaydir ta’sir va tasodif yetarlidir. Ba’zan yuzlab odamlar bir joyga to’planib, sharoit bo’lmaganligi sababli olomon bo’lolmaganligi holda, ba’zan oltita odamdan ham bir ruhdagi olomon paydo bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, ma’lum ta’sirlarning ostida ba’zan butun xalq, olomon so’zining ma’nosini tushunmay turib, o’zi olomonga aylanishi mumkin.
Gustav Lebonning aytishicha, odam olomon tarkibida o’ziga xosligini yo’qotadi, psixik ustanovka shaklidagi har bir odamda turlicha rivojlangan ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, normalar va axloqiy cheklashlar o’chadi. Ongsiz poydevor, har bir odamda uning irqidan, millatidan, jinsidan, yoshidan qat’iy nazar bir xil mazmunga ega bo’lgan hayvoniy mayllar to’plami, ong osti ochiladi, harakatga keladi. Eng asosiysi, har bir olomon ishtirokchisining ongsizlik sohasi yagona bir strukturaga birlashadi.
Buning natijasida, birinchidan ko’pchilik orasida ekanligi tufayli odam o’zida yengib bo’lmas qudrat hissini tuyadi, odamni alohida holatda jilovlab turadigan mas’uliyat kuchi o’chadi.
Ikkinchidan olomon tarkibida yuqumlilik shu qadar yuqori bo’ladiki u har bir olomon ishtirokchisiga gipnotik ta’sir ko’rsatadi, har bir harakat, hissiyot shu qadar kuchli yuqadiki, odam osongina o’z shaxsiy manfaatlarini olomon uchun qurbon qiladi.
Uchinchidan olomon tarkibida odamning ta’sirga beriluvchanligi ortadi, ikkinchi shart yuqumlilik esa ta’sirga beriluvchanlikning ortishi tufayli paydo bo’ladi.
B ir so’z bilan aytganda, olomon tarkibida ongli shaxs yo’qoladi, ongsiz individ ustunlik qila boshlaydi, ta’sirga beriluvchanlik oqibatida butun olomonning fikri va hissiyoti bitta yo’nalishga birlashadi, har qanday yuqtirilgan g’oyani beto’xtov amalga oshirish tendensiyasi paydo bo’ladi. Odam o’z-o’ziga ega bo’lmay qoladi, u irodasiz avtomatga aylanadi.
Olomon psixologiyasining yana bir xususiyati shuki, olomon uchun mantiq mantiqsizlikdan iborat. Uning uchun shubha ham, ishonchsizlik ham yo’qoladi. Har qanday obraz assotsiativ – har bir odamda bir-biriga bog’liq ravishda paydo bo’ladi, har qanday shubha ishonchga aylanadi, har qanday antipatiya –salbiy hissiyot, nafrat tug’diradi.
O lomonning mantiqsizligi, ishonuvchanligi uning kuchli avtoritetga. alohida obro’li shaxsga bo’ysunuvchanligiga sabab bo’ladi. Olomon kuchnigina hurmat qiladi, o’z qahramonidan qudratni, hatto kuch ishlatishni talab qiladi. Bu yerda go’yoki inson psixikasiga xos bo’lgan ikki qarama-qarshi (ambivalent) hissiyot – mazoxizm (azoblanish) va sadizm (azoblash, shafqatsizlik) baravar uyg’onadi. Olomon o’zi shafqatsiz, lekin ayni paytda u o’ziga egalik qilishlarini, uni boshqarishlarini xohlaydi. 
O’zining qoloqligi tufayli olomon har qanday yangilikdan nafratlanadi va har qanday an’anaga bo’yin egadi. Olomonga ta’sir ko’rsatishni xohlagan odam o’z fikrlarining mantiqiyligini o’ylamasligi, o’z fikrini yorqin ranglar, ehtiroslar bilan ifodalashi va har doim bitta fikrni takrorlashiga to’g’ri keladi. Aqlga emas ehtirosga murojaat qilish, ilohiyot pardasiga o’ralgan g’ayritabiiylik olomonni tiz cho’kishga majbur qiladi.
M ak Dugalning ta’kidlashicha olomon psixologiyasining eng hayron qolarli belgisi uning affektivliligi, qahr g’azabining junbushga kelishidir. Qonuniyatga ko’ra g’azablangan odamni kuzatib turgan odamda ham o’z-o’zidan o’xshash holat vujudga keladi va induksiya qonuniga ko’ra individdan individga o’tgan sayin g’azab hissi kuchayib boraveradi. Olomon affekti (g’azabi) shu darajaga yetadiki, u hech qanday ijtimoiy norma, jilovlovchi omilni nazar-pisand qilmay qo’yadi. Olomonning har bir a’zosi boshqalarga taqlid qilishga, ularga jo’rovoz bo’lib hayqirishga harakat qilaveradi.
M ak Dugalning fikricha olomon g’azabining ortib borishiga yuqumlilik va taqlidchanlikdan tashqari yana olomonning alohida har bir odamda cheksiz qudrat va bartaraf qilib bo’lmaydigan xavf taassurotini uyg’otishi ham sabab bo’ladi. Ana shu qonuniyatlarni yaxshi bilgan terrorizm nazariyotchi va amaliyotchilari shafqatsiz terroristik aktlarni amalga oshirishda olomondan ustalik bilan foydalanmoqdalar, do’ppi tor kelib, maqsad amalga oshmay qolsa olomonni o’z maqsadlari yo’lida qurbon qilib, tinch axoliga o’q uzishdi, deb ko’z yoshi to’kishga ham zamin tayyorlab qo’yishmoqda.



Download 135,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish