10-mavzu. Raqobat va yakkahokimlik reja raqobat tushunchasi va uning usullari. Mukammal va nomukammal raqobat


Raqobat- bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o’z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o’zaro bellashuvidir



Download 119,65 Kb.
bet2/14
Sana31.12.2021
Hajmi119,65 Kb.
#210427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-MAVZU. Raqobat va yakkahokimlik

Raqobat- bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o’z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o’zaro bellashuvidir.

Bozor ishtirokchilari g’oyat ko’pchilik bo’lib, bular firmalar, xonadonlar, turli tashkilotlardan iboratdir.Ularning har birini o’z mulki bor, ularning boshqalaridan farqlanuvchi iqtisodiy manfaatlari mavjud. Masalan, O’zbekiston milliy bozorida 2004 yil 21,4 ming mikrofirmalar, 17,3 ming kichik firmalar, 7,4 ming o’rta korxonalar, 17,9 ming yirik korxonalar, 87,5 ming fermer xo’jaliklari, 97,1 ming nafar yakka tartibda mehnat qiluvchilar va 3,8 mln xonadonlar ishtirok etgan.

Ularning manfaatlari xar xil. Manfaatlar aniq iqtisodiy maqsadga aylanadi va shu maqsad yo’lida boshqalar bilan raqobatga kirishiladi. Raqobat manfaatlar to’qnashgan joyda yuz beradi, manfaatlar uyg’unlashgan joyda esa partnyorlik kelib chiqadi.

Raqobat qonuni - bozor tizimining shunday iqtisodiy qonunidirki, unga ko’ra iqtisodiyot sub’ektlarining o’z maqsadlari yo’lidagi o’zaro kurashimuqarrar bo’ladi, bu kurash bozorga xos usullarda olib boriladi va sub’ektlarni iqtisodiy jihatdansaylanib olishini yuzaga keltiradi.

Raqobat qonuni bozor iqtisodiyotining integral qonuni, ya’ni u iqtisodiyotning hamma sohalariga xos bo’ladi.Raqobat maydoni bozor bo’ladi. Bozorda nafaqat ishlab chiqaruvchilar, balki xaridorlar o’rtasida ham raqobat boradi. Defitsitli bozorda xaridorlar ko’proq tovar olish maqsadida kurashga kirishadi. Bunday hol ko’proq bozorga arzonlashtirilgan tovarlar tashlanganda yuz beradi.

Mehnat bozoridagi raqobat ishga yollaovchilar o’rtasida ketganda ular malakali ish kuchini ko’proq sotib olishga intiladilar, chunki bu bilan mehnat unumdorligini oshiradi. Ishchilar o’rtasida yaxshi haq to’lanadigan joyga ega bo’lish uchun kurash bo’ladi.

Moliya bozoridagi raqobat sotuvchilar o’rtasida yuz berganda, qimmatli qog’ozlar emitentlari o’rtasida kurash ketadi.bundan maqsad korporativ aktsiya va obligatsiyalarni qulay narx bilan sotib, ishlab chiqarishga tashqaridan ko’proq pulni jalb etish bo’ladi.

Pul bozoridagi raqobatda banklar va parobanklar (bankdan tashqari institutlar) o’rtasida bo’ladi. Bu yerdagi kurash mijozlar pulini ko’proqbank depozitlariga jalb etish, keyinchalik uni qarz so’rovchilarga qulay sharoitlar bilan berish uchun, shuningdek mijozlarga ko’proq pul operatsiyalari bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatish uchun boradi.

Raqobat kurashining jamiyat tan olgan usullari mavjud, bular jumlasiga Narx bilan raqobatlashuv, sifat bilan, servis bilan va reklama vositasida raqobatlashuv kiradi.




Download 119,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish