10-mavzu. Turizmda investitsiya va investitsion loyihalar


 Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va shakllari



Download 239,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.03.2022
Hajmi239,74 Kb.
#518073
1   2   3   4   5
10.2. Turizm industriyasida xorijiy investitsiyalarning usullari va shakllari
Katta miqdorda xorijiy yordam olayotgan mamlakatlar industrial-sanoat 
taraqqiyotida istalgan sur’atlarga tezda erishmoqdalar (urushdan keyingi yevropa 
va YAponiya). Ammo investorlar (asosan - AQSH, yevropa ittifoqi, YAponiya) bu 
mamlakatlar ichidan ular egallab turgan harbiy-siyosiy yoki energetik-xom-ashyo 
jihatdan muhim va hal qiluvchi pozitsiyalarga qarab alohida strategik mavqega ega 
bo’lgan davlatlarni tanlab oladilar. Bunday davlatlarga moliyalashtirish o’ta 
saxiylik bilan, uzoq muddatga va foizlar nuqtai nazaridan imtiyozli shartlarda 
amalga oshiriladi. Ammo buning salbiy tomoni ham borki, bu investorlarning o’z 
shartlarini qo’yishlari va ularning bajarilishini talab qilishlaridan, ularga qaramlik 
yuzaga kelishidan va hokazolardan iborat. Investitsiyalashning usul va shakllari 
turlicha bo’lishi mumkin. Masalan:
1. Turkiya va maxsus konsortsium (AQSH q 12 Farbiy yevropa mamlakatlari q 
3 ta xalqaro moliyaviy tashkilot), hamkorlar (investorlar) soni ko’payganda 
birinchidan, mamlakatning har bir investorga shaxsan qaramligi kamayadi
ikkinchidan, kerakli miqdorda xorijiy yordam tushumi (inqirozlar davrida iqtisodiy 
yordamning dinamik va barqaror bo’lishi) kafolatlanadi.
2. YAponiya, o’zaro yordam va hamkorlik maqsadlarida faoliyat ko’rsatgan holda, 
investitsiyalashni aktsiyalarni sotib olish va uzoq muddatli qarzlar berish orqali 
amalga oshiradi. Bu yul bilan u o’zini mamlakatning bozori va iqtisodini egallab 
oluvchi emas, balki integratsiya tarafdori qilib ko’rsatadi. Ammo ayni paytda u 
kuplab kompaniyalar aktsiyalarining nazorat paketiga egadir va ularning faoliyatini 
nazorat qilib boradi.
3. Farbiy yevropa investorlarining ana’anaviy usullari xorijiy kompaniyalarning 
mutlaq sohiblari bo’lib olishga qaratilgan.
Iqtisodiy taraqqiyotni eng samarali tashqi moliyalashtirish davlatlararo asosda 
xalqaro moliyaviy tashkilotlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Investitsiyalar:
- beg’araz yordam;
- kreditlar;
- subsidiyalar;
- qo’shma korxonalar;
- aktsiyalarni sotib olish va hokazo.
Investorlar uchun asosiy shartlar:
1) erkin konvertlanadigan valyutadagi foyda;
2) Ichki va tashqi siyosiy vaziyatning barqarorligi.
Investitsiyalashni 
sekinlashtiruvchi 
omillar 
quyidagilardir: 
xom-ashyo 
zaxiralarining 
cheklanganligi; 
ishchi 
kuchi 
sifatining 
pastligi; 
mexnat 
unumdorligining pastligi; valyutaning konvertirlanmasligi; ichki bozorning torligi 
va aholi to’lov qobiliyatining pastligi.


Xozirgi paytda xorijiy investorlar tog’-kon sanoati va tijorat maqsadidagi transport 
vositalarini ishlab chiqarishga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Jahon bankining 
bergan bahosiga ko’ra, 1994-96 yillarda moliyalashtirish ehtiyojlarining 600-
700 mln. 
AQSH 
dollari 
miqdorida 
bo’lishi mo’ljallanmoqda. Bunday 
investitsiyalar uchun asos kuchaytirilib, islohotlar jadallashtirilsa, bevosita xorijiy 
investitsiyalarning kirib kelishi 1997 yilga kelib yiliga 200-250 mln AQSH dollari 
darajasida bo’lishi mumkin.
Demak, shundan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston xorijiy investorlarni o’zining 
tabiiy resurslari va iqtisodiy salohiyati bilan o’ziga jalb qilmoqda.
Ammo investitsiyalashning huquqiy bazasini ta’minlash va qulay muhit yaratish 
uchun mumkin bo’lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim. Barcha to’siqlarni, 
shu jumladan katta ahamiyatga ega bo’lgan byurokratik to’siqlarni oxirigacha 
bartaraf qilish zarur. SHuningdek, axborot bazasi bilan bog’liq katta muammo 
mavjud. O’zbekiston uzoq vaqtgacha axborot vakuumida qolib keldi. Bugun ham 
ahvol deyarli o’zgarmagan. Uzoq vaqtgacha statik kuzatishlar o’tkazilmagan va 
tabiiy va mexnat resurslarining, iqtisodiyotning turli sohalarining holati tahlil 
qilinmagan va hokazo.
Bugungi kunda jahon axborot asri bo’sag’asida turgan bir paytda, O’zbekistonga 
ma’lumotlar banklar, turli kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari suv bilan 
havodek zarurdir, chunki biz rivojlangan kommunikatsiya tarmog’ining xorijiy 
investorlarni qiziqtiruvchi asosiy omil ekanligiga ishonch xosil qilib ulgurdik.

Download 239,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish