10-mavzu. Turizmda investitsiya va investitsion loyihalar


 Turizmda investitsiya loyihalarining rivojlantirilishi



Download 239,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana30.03.2022
Hajmi239,74 Kb.
#518073
1   2   3   4   5
 
10.3. Turizmda investitsiya loyihalarining rivojlantirilishi
 
Turizm loyihalarini rivojlantirish bosqichlarning barchasi tez sur’atlarda o’sib 
bormoqda. Bu yerda eng ma’lum va ahamiyatli muammo quyi tuzilmaning qaysi 
nisbatida turizm investitsiyasi bilan to’g’ridan bog’lanishda bo’lganidir. Biror 
turistik joy uchun qilingan havo maydonining (aeroportning) kengaytirilishi, yangi 
bir quruqlik yo’lining qurilishi ayni vaqtda hamma mintaqa transportiga va boshqa 
sektorlarga foydali bulmoqda. Masalan: turistik muassasalar kompleksi uchun 
ro’yobga chiqarilgan suv va kanalizatsiya kanallaridan, kompleksning joylashish 
nuqtasidan shahar, tuman yoki qishloq aholisi ham foydalanadi. Turistik 
muassasalar qurish uchun qilingan quyi tuzilma investitsiyasi boshqa sektorlarda 
va qo’shni tumanlarda ham foydalanilganidan turistik muassasalar qurilishi sababi 
bilan ro’yobga chiqqan quyi tuzilma investitsiyasi tannarxini faqat u muassasalar 
bilan bog’liq qurish va u muassasalarning tannarxiga qo’shish va tannarx 
xisoblarini bunga ko’ra yuritish noto’g’ridir. Buning aksincha, turistik muassasalar 
asosan shahar mexmonxonalari, shaharning mavjud hamma quyi tuzilish 
imkonlaridan foydalanmoqda. Faqat bu foydalanish mavjud bir davlat xizmati 
investitsiyasidan foydalanish chegarasidan o’tmaydi.
Turizm talabining investitsiyaga ta’siri, har qancha investitsiya loyihalarining 
tayyorlanish bosqichida bozor vazifalarining ichkarisida o’rganilgan bo’lsa ham 
ko’pincha ratsional bo’lmagan omillarga bog’liq bo’lgani uchun o’lchanish va 
baholantirilishi ham qiyindir. Ichki va tashqi turizm talabi faqat daromad kabi 


iqtisodiy omillarning rol o’ynagani bir soha bo’lmasdan moda, ko’rgazma, iste’mol 
havosi, snobizm, ijtimoiy-psixologik omillar kabi bir nechta omil ham turizm 
talabining ta’sirchisidir. Turizm bozorini yaxshi o’rganish, havas anketalarini 
qo’llash, davomli bozor nazorati qilish shartdir. Faqat, turizm sektoridagi 
loyihalarning hech bir vaqt har qaysi bir sektor loyihasi kabi oddiy bir shaklda 
buyurilib qo’lga olinmasligini bilish kerakdir. SHu sababli ham sektorlar orasi 
alternativ investitsiya loyihasi muhokamasini qilish juda qiyindir. Turizm 
investitsiyasi loyihalarining milliy iqtisodga bo’lgan ta’sirlari yuqori, hosil 
qilganlari korxona foydaliligi boshqa sektorlarga qaraganda juda kam 
qanoatlantiruvchi bo’lgani uchun bu loyihalarning baholanishida alternativ 
loyihalar asosiy o’rinni egallaydi va munosib qurilgan va loyihalarning 
rag’batlantirish tadbirlaridan keraklicha foydalanishlari asos qilib olinadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jismoniy rejalashtirish ishlarining bir butunlik 
ichida yuritilishida xisoblanmaydigan foydalar bo’lmoqtadir.
Turizmda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari turizm 
investitsiya loyihalarida bajarila olishning tekshirilishi uchun, oldin investitsiya 
loyihasining ro’yobga chiqarilishi tahlil qilinadi. Undan keyin, rivojlantirish 
ishlarining yuzaga chiqargani natijalar, ma’lum kriteriyalar jihatidan 
mezonlashtirish tahlili tobe tutiladi. SHunday qilib, investitsiya loyihalarining 
moliyalashtirilishi tugatilgan loyihalarning tadbiq qilish sohasiga qo’yilish yoki 
qo’yilmasligi qaror qilinadi, investitsiya alternativlaridan qaysisining yoki 
qaysilarining tanlanishida makro va mikro iqtisodiy yo’nalishidan manfaatli 
bo’lishi aniqlangan bo’ladi.
Loyihani moliyalashtirish operatsiyasining ob’ektiv bir ko’z bilan va 
ma’lum kriteriyalarga asoslanib yuritilishi, beriladigan qarorning to’g’riligi va 
manba ta’minlanishida eng samarali sohalarning belgilanishi majburiydir. 
SHunday ekan loyihani tayyorlagan kishi yoki guruh mavzuga odatlanganligi 
sababida qilingan xatolarni aynan qabul qilish va yangilash orzusida bo’ladi. SHu 
sababli, investitsiya loyihalarini moliyalashtiradigan kishi yoki guruh bilan 
tayyorlangan kishi yoki guruhning farqli bo’lishi mavzusi ustida talabchanlik bilan 
yoritilishi kerak, har qancha turizmda baza yaratish, valyuta kirimini yaratish kabi 
funktsiyalarga sohib bo’lsa ham bu xususiyatlar turizm sohasida qilinadigan har 
qanday investitsiyaning munosib bo’lish yoki bo’lmasligini qaror bera olish uchun 
yetarli soliqlar emasdir. SHu sababli turizm investitsiya loyihalarining hosil 
qiladigani foydalar bilan keltiradigani tannarxlarning qiyoslanish yo’liga ketilishi 
kerak. Xususan, industriya loyihalarining moliyalashtirilishida qo’llanilgan 
uslublar, turizm investitsiyasi loyihalarini moliyalashtirish uchun ham joriy 
qilinadi. Turizmda investitsiya loyihalarining moliyalashtirilishi uchun oldin bozor 
izlanishlari aniqlangan bo’lishi, to’liqlik nisbatlari bilan loyihada qo’llaniladigan 
narxlarning sog’lom va ishonchli soliqlarga tayanib tayanmasligi nazorat qilinishi 
kerak.
Turizmda investitsiya loyihalari, ma’lum bir tovar yoki xizmat ishlab chiqarilishga 
ajratilishi, ko’zlangan manbalarning iqtisodiy va moliyaviy tomondan avantajli bir 
ta’minlanish bo’lish bo’lmasligini ko’rsatishi yuzasidan ro’yobga chiqarilmoqda.

Download 239,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish