10-Mavzu: Xorazmshohlar davlati. Reja


«Ismat ud-Dunyo vad-Din Ulug‘ Turkon malika niso al-olamiyn», «Dunyo va uning



Download 142,55 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana25.02.2022
Hajmi142,55 Kb.
#463879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-mavzu. Xorazmshohlar davlati.

«Ismat ud-Dunyo vad-Din Ulug‘ Turkon malika niso al-olamiyn», «Dunyo va uning 
pokdomoni, Ulug‘ Turkon, olam ayollarining malikasi» 
degan yozuv bitilgan edi) ularga 
tayanib katta hokimiyatga ega bo‘ldi, o‘z homiyligidagi odamlarning yuqori lavozimlarni 
egallashini ta’minladi. Natijada bu alohida turk harbiy-feodal tabaqasi paydo bo‘lishiga olib keldi 
va amalda xorazmshohlar davlatining inqiroziga sabab bo‘ldi. 
1200 yilning avgust oyida Xorazmshohlar taxtiga Takashning o‘g‘li Qutbiddin Muhammad 
o‘tirdi (1200-1221 yy) va otasining Aloviddin laqabini qabul qildi. U taxtga o‘tirishi bilanoq ayrim 
muammolarga duch kelgan bo‘sa-da, ularni zudlik bilan bartaraf etib, 1203 yilda qoraxitoylarning 
yordami bilan Xurosonni bosib oldi. Undan keyin esa Hirot va uning atroflarini egalladi.
Aloviddin Muhammad 1207 yilda Movarounnahrga yurish qilib, Buxorodagi Sanjar 
qo‘zg‘olonini bostirdi va Buxoroni egalladi. Xorazmshoh 1210 yilda qarluqlar bilan ittifoq to‘zib 
qoraxitoylar ustiga yurish qildi. Bu yurish Xorazmshohning g‘alabasi bilan tugadi va u 
qoraxitoylarning O‘zganddagi boy xazinasini qo‘lga kiritdi. Umuman, Aloviddin Muhammad 
1210 va 1212 yillarda qoraxitoylarga ikki marta qaqshatqich zarba berib ularni butunlar tor-mor 
etdi. Buning natijasida uning obro‘yi oshib ketib ikkinchi Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar 
laqablarini olishga mo‘sharraf bo‘ldi. Aloviddin Muhammadning say’i-harakatlari tufayli 1217 
yilga kelib butun Movarounnahr, Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan erlarda 


Xorazmshohlar hukmronligi o‘rnatildi. Ammo, mamlakatning ichki siyosiy holati mustahkam 
emas edi. Bu holat mug‘ul bosqini paytida yaqqol nomoyon bo‘ldi. 
2. Davlat boshqaruvi va siyosiy tizim. Harbiy boshqaruv. 
Xorazmshohlar davlatida 
markaziy boshqaruv idorasi 
«al-majlis ul oliy al faxri at-toji»
deb nomlangan bo‘lib, uni vazir 
boshqargan. 
Vazir 
– mamlakatda sultondan keyingi eng yuqori mansabdor shaxs bo‘lgan. Vazir 
sultonning bosh maslahatchisi bo‘lib, bevosita unga bo‘ysungan. Vazir rasmiy marosimlarda, 
davlatlararo aloqalarda, mustamlakalar bilan olib boriladigan mo‘zokaralarda xorazmshoh 
nomidan ishtirok etib, sulton va rayiat (fuqarolar) o‘rtasida vositachilik qigan. Barcha davlat 
amaldorlari, jumladan, amirlar, beklar va harbiy boshliqlar vazirga bo‘ysungan. Vazirning 
vazifalari qo‘yidagilardan iborat bo‘lgan: 
- ashob ad-davanin yoki devonxonalar amaldorlarining boshlig‘i. YUqori mansabli 
amaldorlarini ishga tayinlagan yoki ishdan bo‘shatgan; 
- davlat amaldorlariga nafaqalar (arzak) va moddiy yordam (mavajib) joriy etish ishlarini 
boshqargan; 
- davlat amaldorlarini hayot uchun zaruriy ozuqa va ashyolar bilan ta’minlanishini 
belgilagan; 
- bojxona va xazina faoliyatini nazorat qilgan; 
- sultonga muntazam ravishda hamrohlik qilgan, ba’zi paytlarda qo‘shin jo‘natib ularga 
boshchilik qilgan. 
Xorazmshohlar davlatida vazirlik lavozimi katta hurmatga ega bo‘lib, o‘rta asr 
manbalarining birida vazir haqida shunday ma’lumot beriladi (Z. Bunyodov bo‘yicha): «eng 
yuksak mahkama – vazorat (vazirlik) bo‘lib, barcha jamoat ishlari hamda odamlar hayotining 
to‘g‘ri yo‘ldan borishi u bilan aloqadordir, buning natijasida mamlakatning chiroyi va martabasi 
ortadi, davlatda tartib va qonunchilik o‘rnatiladi… Vazir – idora qilish qonunlarini biladigan, 
davlat kelajagini biladigan, hayotiy tajribaga boy, yaxshi ishlarga undovchi, shon-shuhrat va 
yutuqlarga etaklovchi, fuqarolar ahvolidan ro‘yi-rost xabardor qilib turadigan, ko‘rsatmalariga 
to‘la ravishda ishonish mumkin bo‘lgan kishi bo‘lishi lozim…» 
Vazirlarga sadr, dastur, xojayi bo‘zruk kabi unvonlar berilgan. Vazir lavozimidagi shaxs 
o‘zining siyohdoni (dovot) va ma’lum xil movutdan o‘ralgan sallasi (dastor) bilan ajralib turgan. 
Ular asosan arab-fors mansabdorlari muhitiga mansub kishilar bo‘lib, arab hamda fors tili, 
ma’muriy ishdagi layoqati, saroy tartib-qoidalarini bilishi shart bo‘gan. Xorazmshohlar 
davlatining vazirlari asosan Xorazm, Buxoro, Nishopur, Isfaxon, Balx, Hirotdan chiqqan arboblar 
bo‘lgan. Xorazm davlatiga qarashli viloyatlarning ma’muriy boshqaruvida ham vazirlar bo‘lgan. 
Ba’zan shaharlarga ham vazirlar tayinlangan bo‘lib, ular o‘sha madaniy va iqtisodiy markazning 
yagona hokimi ham edilar. Xorazmshohlar davlatida vazir lavozimi dastlab Sulton Otsiz 
hukumatida paydo bo‘lgan. 
O‘rta asrlar yozma manbalarida Xorazmshohlar davlat boshqaruvidagi ko‘pgina mansab va 
lavozimlar haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ularning asosiylari quyidlagilaridir: 

Download 142,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish