10-mavzu. Z. M. Bobur va Muhammad Solih asarlari tili va uslubi Rеja


“Boburnoma” asari Qozon va London nusxalari asosida 1948-1949- yillarda Toshkеntda ikki kitob holida to`la nashr etildi. Ba'zi tuzatishlar va chog`ishtirishlar bilan 1960- yilda yana qayta nashr qilin



Download 39,04 Kb.
bet2/3
Sana13.07.2022
Hajmi39,04 Kb.
#786878
1   2   3
Bog'liq
2 5427301132571514549

“Boburnoma” asari Qozon va London nusxalari asosida 1948-1949- yillarda Toshkеntda ikki kitob holida to`la nashr etildi. Ba'zi tuzatishlar va chog`ishtirishlar bilan 1960- yilda yana qayta nashr qilindi.

“Boburnoma”da muallif ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi: “Mavaraunnahr Samarqand va Kеsh qorg`anidin so’ngra mundin ulug`raq qorg`an yo’qdur, uch darvazasi bar. Arki janub tarafida vaqе bo’lubtur. To’qquz tarnav suv kirar. Bu ajabturkim, bir yеrdin ham chiqmas”.

Chiqish kеlishigi -din , -tin affikslari orqali yasaladi.

“Boburnoma” da qaratqich bilan tushum, o`rin-payt bilan jo`nalish va o`rin-payt bilan chiqish kеlishiklari bir-birining o`rnida almashib qo`llangan.

-niki affiksining vazifasini qaratqich kеlishigining qo`shimchasi -ning orqali ifodalangan:

Ayiruv - ulush sonlar asosan -ar , -rar affiksi bilan, chama sonlar esa sintaktik yo`l bilan ifodalanadi.

Asarda hozirgi tilimizda bo`lmagan asru (ko`p, juda ko`p), o’tru (ro`baro`, qarama-qarshi) ravishlari juda ko`p ishlatiladi.

“Boburnoma”da qo`llangan so`ng ko`makchilar hozirgi o`zbеk tilidagiga o`xshaydi. Shuningdek, eski uyg`ur tiliga xos bo`lgan ba'zi zamon shakllari mavjud. Ulardan biri -gu affiksi bo`lib, u kеlasi zamon aniq fе'lini hosil qiladi: kеlgum, kеlgung, kеlgusi kabi.

“Boburnoma” tilida lеksik jihatdan quyidagi arxaik so`zlar uchraydi: yavuq (yaqin), chеrik (askar, qo`shin); qabamaq (qamamoq), ilg`ar, tuz (tеkis yеr), arimaq (kеtmoq), ilik (qo`l), ulus (xalq), qazaqliq (darbadarlik), yanmaq (qaytmoq), qo’pmaq (turmoq), qasaba (shaharcha), vasat (o`rtalik), vafir (mo`l-ko`l) kabilar.


Zahiriddin Muhammad Bobur tilida bo`lgan soddalik, ravonlik va ixchamlik XVII asrda Abulg`ozi Bahodirxon tomonidan yozilgan “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” asarlarida davom ettirildi. Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoviy adabiyotning go‘zal namunalarini yaratgan lirik shoir va ilmiy-tarixiy qimmatga ega bo‘lgan memuar asar “Boburnoma”ning muallifidir.
Bobur asarlarining ijobiy tomonlaridan biri tilining soddaligidir. Bu asar XV asr oxiri va XVI asr boshlaridagi tarixiy voqealarni to‘g‘ri aks ettirishi jihatidan qimmatli bo‘lib qolmay, u o‘sha davrdagi o‘zbek tili ahvolini o‘rganish uchun ham muhim manba hisoblanadi.
Muallif «Boburnoma» asari orqali xalq jonli tilining boyliklarini chuqur o‘rganib va egallab olganligini, adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirish uchun harakat qilganligini ko‘ramiz. Bobur til boyligining oshishiga va tilning sodda bo‘lishiga harakat qiladi va ulardan o‘rinli foydalanadi.
«Boburnoma» asarining mazmuni va tilini boyitish uchun Bobur xalq maqollari hamda ta’birlariga katta e’tibor beradi. Unda faqat o‘zbek maqollarigina emas, balki fors-tojik tili maqollarini ham uchratamiz Ular asar tilining shirali, ommaga tushunarli bo‘lishi uchun xizmat qilgan.
Masalan: Qapudag‘ыnы qopmasa, qarыg‘uncha qayg‘urar. Ko‘zlarini tuz tuttы. Dushman ne demas, tushga ne kirmas. Deh kujavu daraxton kujo (Qishloq qaydayu daraxtlar qayda). Uzrash battar az gunoh (Uzri gunohidan yomonroq). On guzarro ob burd (U ko‘chani suv olib ketdi). Marg bo yoron sur ast (Do‘stlar bilan birga bo‘lib o‘lmoq to‘ydir).
«Boburnoma» tilining muhim xususiyatlaridan biri ifodaning ixchamligi, soddaligi va ravonligidir. Buning uchun shoir so‘zlarni tanlab ishlatishga, oz so‘z bilan ko‘proq fikrni bayon etishga harakat qiladi. O‘zbek tilining so‘z boyligidan samarali foydalanib, undagi sinonim, omonim va antonim so‘zlarni keng va o‘rinli ishlatadi.
Bobur asarda sodda gap shaklini ko‘proq qo‘llaydi. Asarda berilgan qo‘shma gaplar ham tuzilishiga ko‘ra sodda gaplarga o‘xshash bo‘lib, osonlik bilan tarkibiy qismlarga ajraladi. Masalan: To anda etkuncha, mening bilan sekiz kishi qalыb edi.
«Boburnoma»da muallif Andijon va uning atrofidagi shaharlar haqida ma’lumot berar ekan, ular haqida murakkab bo‘lmagan, ixcham jumlalar bilan fikr yuritadi: “Movarounnahr, Samarqand va Kesh qo‘rg‘onыdыn songra mundыn ulug‘roq qorg‘on yo‘qdur, uch darvozasi bor. Arkы janub tarafыda voqe bolubtur. Toqquz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir erdin ham chыqmas.
Ko‘rinib turibdiki, asardan olingan bu parchani hozirgi zamon kitobxoni ham bemalol tushuna oladi.
Asarning tili o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:
1. «Boburnoma» tilining turlanish kategoriyasi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Boshqa yodgorliklardagi kabi unda ham chiqish kelishigi –-dыn / -din, -tыn / -tin affikslari orqali yasaladi. Qolgan kelishiklar hozirgi o‘zbek tilidagi kelishik qo‘shimchalariga o‘xshashdir. Masalan: Andijon suyы O‘shtыn kelur, Axsi suyы Kosondыn kelur.
Lekin «Boburnoma»da qaratqich bilan tushum, o‘rin-payt bilan jo‘nalish va o‘rin-payt bilan chiqish kelishiklari bir-birining o‘rinda qo‘llana beradi: Xojandda kelib edi. Hind fatxыda song.
Mavhum egalik ma’nosini ifodalovchi –-niki affiksining vazifasi qaratqich kelishigining qo‘shimchasi –-ning orqali ifodalangan: Har viloyatkim musahhar bo‘lsa, chahor dang mirzaning bo‘lg‘ay.
2. «Boburnoma»da sifat yasovchi –-li affiksi uchramaydi. Nisbiy sifat va mavhum otlar yasash uchun –-lыg‘ / -lig, / -luq/ affiksi ishlatiladi. Masalan: Bu ataluq, og‘ulluq Tanbalg‘a arqalanыb, bunday harakatlar bunyod qыldыlar.
3. «Boburnoma» tilida hozirgi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan –-ta bilan yasalgan dona sonlar, -tadan bilan yasalgan ulush sonlar, -tacha bilan yasalgan chama sonlar, -lab bilan yasalgan chama-ulush sonlar uchramaydi.
Ayiruv-ulush sonlar asosan –-ar/-rar affiksi bilan, chama sonlar esa sintaktik yo‘l bilan ifodalanadi.
Masalan: Sipohi va raiyat noumed bolub, birar-ikkirar qorg‘ondыn tashlab qocha kirishdilar. Yuz chog‘lыq.
Uchinchi shaxs kishilik olmoshi son va kelishiklar bilan turlanganda qadimgi shakli namoyon bo‘ladi: ul-anы, anыng, anga, andыn.
Hozirgi o‘zbek tilidagi so‘roq olmoshlaridan tashqari, ne, nechuk qatu olmoshlari mavjud.
Hozirgi belgilash olmoshlari ma’nosida, «Boburnoma» tilida hamma jame’, butun bilan birga tugal, bari so‘zlari ham kelgan. Bu bari, barcha olmoshlarining aslida «bar» so‘zidan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi.
5. Hozirgi o‘zbek tilidagi ravishlar “,,Boburnoma’‘”da ham uchraydi, lekin unda hozirgi tilimizda bo‘lmagan asru (ko‘p, juda ko‘p), otru (ro‘baro‘, qarama-qarshi) ravishlari juda ko‘p ishlatiladi.
6. «Boburnoma»da qo‘llangan so‘ng ko‘makchilar hozirgi o‘zbek tilidagiga o‘xshaydi. Lekin unda sayin ko‘makchisi bilan bir qatorda sayы ko‘makchisi, bilan ko‘makchisining bila, birla, ila, la muqobillari mavjud. Old va yon ko‘makchilari o‘rnida ko‘proq qosh ko‘makchisi ishaltiladi. Masalan: Songralar Sulton Mahmudxon qoshыg‘a bordы.
7. «Boburnoma» tilida o‘timli fe’llarning majhul darajadagi shakli tushum kelishigidagi otlarni boshqarish xususiyatiga egadir. Bu shakl o‘zbek tilida uchramaydi. Masalan: O‘rdunыng va o‘rdu o‘trusыnы mazbud va mustahkam qыlыldы.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li -dur affiksini qo‘shish bilan yasaladi: keladurman, keladursan kabi.
«Boburnoma»da eski uyg‘ur tiliga xos bo‘lgan ba’zi zamon shakllari mavjud. Ulardan biri -gu affiksi bo‘lib, u kelasi zamon aniq fe’lini hosil qiladi: kelgum, kelgung, kelgusi kabi.
Asarda –-gu va boshqa affikslarning birikishidan hosil bo‘lgan qo‘shma affikslar (-gulik, -g‘usiz, -gudek, -guvchi kabi) orqali ish harakat oti yasaladi.
Buyruq-istak maylining birinchi shaxs shakli -aling bilan yasalgan fe’llar keng tarqalgan. Masalan: Xan qoshыg‘a Toshkentga boraling.
«Boburnoma»da sifatdoshning -mish, -ayatg‘an affikslari bilan yasalgan shakllari kam bo‘lsa, -gan, -adurgan, -digan affikslari bilan yasalgan shakllari ko‘pdir. -ar affiksi bilan yasalgan sifatdoshlar asar tili uchun xosdir. -a affiksi bilan yasalgan ravishdoshlar ko‘p uchraydi. -g‘uncha, -guncha affiksi bilan yasalgan ravishdoshlar kesim va tarkibli kesimning bir qismi sifatida qo‘llanadi. Masalan: Daqiqanыng miqdori taqriban oltы fotihanы bismilla bila o‘qug‘unchadыr.
Alisher Navoiyda bo‘lganidek, fe’lning birinchi shaxs birlikda tuslangan bo‘lishsiz shakli -man affiksi bilan beriladi. Masalan: Bilman o‘zlukidыn bermadimu yo yuqorыdыn ishorat bo‘ldыmu. Fe’lning bo‘lishsiz shakli -ma affiksi orqali ifodalanadi: Ish qapug‘a kelgan mahalda jid va ehtimamnы taqsir qilmamoq kerak.
8. «Boburnoma»dagi bog‘lovchilar hozirgi bog‘lovchilarga qisman to‘g‘ri keladi. Unda ko‘pincha dag‘ы, vale (lekin, ammo), vayo (yoki) bog‘lovchilari ko‘proq ishlatiladi.
Asarda ergashtiruvchi bog‘lovchilarning bir qanchasi uchraydi. Ular -ki bog‘lovchisi yordamida tuzilgan bog‘lovchi va bog‘lovchilashgan so‘zlardir: -ki /-kim, vaqtiki / gohikim, ne uchunkim, bu jihatdыnkim, negakim kabi. Masalan: Anы uchunkim, Mir Alisher Navoiynыng musannafotы bovujudikim, Hirida nash’u namo topыbtur, bu til biladur.
«Boburnoma» tilida leksik jihatdan quyidagi so‘zlar uchraydi: yavuq (yaqin), cherik (askar, qo‘shin), qabamoq (qamamoq), ilg‘or, tuz (tekis er), arыmoq (ketmoq), ilik (qo‘l), ulus (xalq), qozoqlыq (darbadarlik), yanmaq (qaytmoq), qo‘pmaq (turmoq), qasaba (shaharcha), vasat (o‘rtalik), vofir (mo‘l-ko‘l) kabilar.
Umuman, Bobur o‘zining asarlari bilan til donishmandi bo‘lganligini va til boyliklaridan, jonli tilning xususiyatlaridan mohirlik bilan foydalanganini ko‘rsatdi. Natijada o‘zbek badiiy nasri etarli tajribaga ega bo‘lmagan bir davrda bu sohada katta muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi.


Tarixiy dostonchilikda til va uslub masalasi.

O`zbеk adabiyotining va adabiy tilining ulkan namoyandalaridan biri Muhammad Solih mumtoz adabiyotda birinchi tarixiy doston bo`lgan ‘Shayboniynoma” asarining muallifidir.

“Shayboniynoma” dostoni 76 bobdan iborat bo`lib, uning Qosim nomli kotib tomonidan ko`chirilgan nusxasi Vеnada saqlanadi. Dostonni shu nusxa asosida G. Vambеri 1885- yilda nеmis tilida nashr etadi. 1904- yilda turkolog olim P. M. Mеlioranskiy chop ettiradi. Faqat 1961 - yilga kеlib “Shayboniinoma”ning o`zbеkcha tanqidiy matni tayyorlanib, nashr etiladi.


Download 39,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish